302
VALYUTA ITTIFOQI
— ikki yoki undan ortiq mamlakatlar hududida yagona
valyutaning joriy etilishi. Mas., Yevropa Ittofoqi davlatlai tomonidan V.i. kelishilgan
bo‘lib, 2001 yildan Ittifoq hududida ―Yevro‖ valyutasi joriy etilgan.
VALYUTA KURSI
— bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida
ifodalangan narxi. V.k.ning qat‘iy qayd etilgan va o‗zgarib turadigan (valyuta bozorida u
yoki bu valyutaga talab yoki taklifga qarab) turlari mavjud. V.k. mamlakatlar
valyutasining xarid kobiliyati, shuningdek xalqaro to‗lov vositalari (mas. SDR, evro)
bilan o‗zaro munosabat va b. omillar (tovarlar narxini milliy valyutada taqqoslash)
asosida belgilanadi. Ularning xarid qobiliyatining o‗zgarishi bilan (inflyasiya darajasi,
to‗lov balanslari holati, turli mamlakatlarda turlicha foiz stavkalarining o‗rnatilishi, jahon
valyuta bozoriaya mazkur valyutaga ishonch darajasi, shuningdek boshka siyosiy
sabablar ta‘sirida) V.k. ham o‗zgarib turadi. Markaziy emissiya banki belgilaydigan
rasmiy V.k.ni hukumat belgilaydigan yoki valyuta bozorida vujudga keladigan erkin
V.k.dan farqlamoq kerak. Bundan tashqari V.k. milliy pul birligining boshqa davlat
valyutasi yoki xalqaro hamda mintaqaviy valyutalar bilan o‗zaro rasmiy o‗rnatilgan
munosabatlar bo‗yicha (―suzib yuruvchi‖, ―sirg‗aluvchan‖ kurs) belgilanishi ham
mumkin (Yevropa valyuta ittifoqida kurslarning tebranishi + 2,25 % doirasida
chegaralangan). Valyuta savdosi amaliyotida valyuta yuqoriroq kurs bo‗yicha sotiladi
(sotuvchi kursi), xarid qilishda esa pastroq (xaridor kursi) kursdan foydalaniladi. V.k.
ikki darajasi o‗rtasidagi farqdan (marja) bankning valyuta savdosidan oladigan daromadi
kelib chiqadi. V.k.ni rasmiy ko‗tarish (revalvatsiya) mamlakatni kapitalni chetga
chikarishdan manfaatdor qiladi, importni qulaylashtiradi, chunki chet el valyutasini
arzonroq xarid qilishga imkoniyat tug‗iladi. V.k.ni rasmiy pasaytirish (devalvatsiya)
mamlakat savdo va to‗lov balansining keskin yomonlashuvi, valyuta rezervining holdan
toyishi bilan bog‗liq holda yuzaga keladi. Chet el valyutasi kursining birjadagi maxsus
idora tomonidan belgilanishi va maxsus byulletenlarda nashr etilishi valyuta kotirovkasi
deyiladi. Bunday byulleten ma‘lumotlari matbuotda ham chop etib boriladi. O‗zbekistan
Respublikasi Markaziy banki davriy ravishda har haftada buxgalteriya hisobi va bojxona
to‗lovlari uchun pul massasi va inflyasiya dinamikasini hisobga olgan holda xorijiy
valyutalarning so‗mga nisbatan kurslarini matbuotda e‘lon qilib boradi.
Dostları ilə paylaş: