TARG„IBOT YURITISH (lot.
propaganda – tarqatilishi lozim bo‗lgan) —
g‗oyalarni omma orasida tarqatish va ommaviylashtirishni amalga oshiradigan (og‗zaki
tarzda yoki ommavviy axborot vositalari yordamida) faoliyatdir. «Targ‗ibot yuritish»
tushunchasi 1662-yilda cherkov umumlashmalarining o‗ziga xos birlashmasini
(kongregatsiyani) hosil qilgan Vatikan tomonidan kiritilgan. Uning vazifasi missionerlik
faoliyati yordamida diniy aqidalarni tarqatishdan iborat bo‗lgan. Siyosiy targ‗ibot yuritish
deganda siyosiy harakatlar sohasida oldindan belgilangan ma‘lum bir natijaga erishish
uchun individlar, guruhlar, jamiyat ongiga tizimli ravishda amalga oshiriladigan ta‘sir
o‗tkazish harakatlari tushuniladi. Targ‗ibot yuritish shartli ravishda «oq», «kul rang» va
«qora» targ‗ibotga bo‗linadi. Oq targ‗ibot odatda rasmiy manba yoki uning organlaridan
birining nomidan olib boriladi. U oshkora bo‗ladi, tekshirilgan ma‘lumotlardan
foydalanadi va o‗zining maqsadlarini niqoblamaydi. Kul rang targ‗ibot ma‘lum bir
axborot manbaini ko‗rsatmaydi, tekshirilmagan ma‘lumotlardan foydalanadi, odamlarni
adashtirishga intiladi. Qora targ‗ibot har doim o‗zining haqiqiy axborot manbaini
yashiradi, tom ma‘nodagi aldovlarga asoslanadi. Rivojlangan demokratik davlatlarda kul
rang va ayniqsa qora targ‗ibot qonun bilan ta‘qiqlangan va ta‘qib qilinadi. Shunga
qaramasdan u amal qiladi va toza faoliyat olib bormaydigan ommaviy axborot vositalari
tomonidan o‗z maqsadlari yo‗lida foydalaniladi.
TARIX (siyosiy tarix) — siyosiy nazariyalar, qarashlar, institutlar va hodisalarning
xronologik ketma-ketlikda va bir-birlari bilan bog‗liqlikda o‗rganadi. Ma‘lum ma‘noda
insoniyatning butun tarixi o‗tmishdagi siyosatdir.
TARTIBOT — davlat tuzumi, boshqaruv, usuli.
TASHQI SIYOSAT — davlat faoliyatining xalqaro maydonda yo‗nalishi. U shu
davlatning boshqa davlatlar va xalqlar bilan munosabatini uning tamoyillari va
maqsadlariga muvofiq amalga oshirishga xizmat qiladi. Bunda turli usullar qo‗llanadi.
286
Eng muhim usul - diplomatiya. Har qanday davlatning tashqi siyosati uning ichki
siyosatining davomi bo‗lib, o‗zida shu davlat va jamiyat belgilarini mujassam etadi.