SUVERENITET (fr.
souverainete - oliy hokimiyat) — hokimiyatning ustunligi va
mustaqilligi. S.ni hurmatlash — xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning asosiy
prinsipi. U BMT Ustavi va b. xalqaro hujjatlarda mustahkamlab ko‗yilgan.
Konstitutsiyaviy huquqda davlat S.i, millat S.i, xalq S.i tushunchalari ishlatiladi. Davlat
S.i - hokimiyatning mamlakat ichida oliyligi va tashqi munosabatlarda to‗la mustaqilligi.
Davlat S.i haqidagi g‗oya Jan Boden (XVI asr, Fransiya)ga tegishlidir. Uning fikricha, S.
davlatning eng muhim belgisi hisoblanadi, bunda abadiy, mutlaq, bo‗linmas oliy
hokimiyat nazarda tutiladi. Davlat S.i tushunchasi keyingi davrlarda yanada rivojlantirildi
va boyitildi. O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida davlat S.i alohida bobda o‗z
ifodasini topgan, Konstitutsiyaning 1-moddasida ―O‗zbekiston suveren demokratik
respublika‖ ekanligi qayd qilingan. Millat S.i - millatning to‗la hokimiyatini, uning to‗la
siyosiy erkinligini, o‗z milliy hayotini belgilash real imkoniyatiga egaligini, mustaqil
davlatni tashkil qila olishgacha bo‗lgan huquqqa egaligini bildiradi. Xalq S.i - xalqning
to‗la hokimiyatini anglatadi, ya‘ni xalq jamiyat va davlatni boshqarishda real ishtirok
etish uchun ijtimoiy -iqtisodiy va siyosiy vositalarga ega bo‗ladi. Xalq S.i - barcha
demokratik davlatlarda konstitutsiyaviy tuzum prinsiplaridan biri hisoblanadi.
SUYURG„OL (mo‗g‗ulcha — in‘om, sovg‗a) — biror hukmdor (xon, sulton,
shoh) tomonidan saltanat oldida alohida xizmat ko‗rsatgan arkoni davlat yoki
sarkardalarga berilgan molmulk, ersuv. Mo‗g‗ullar istilosidan so‗ng Movarounnahr,
Dashti Qipchoq, Yaqin Sharq mamlakatlarida rasm bo‗lgan. S.ga beriladigan er
nasldan naslga meros bo‗lib o‗tgan. S. egasi davlatga to‗lanadigan soliklardan ozod
etilib, olgan daromadi va o‗ziga qaram aholidan ixtiyoricha foydalanish huquqiga
ega bo‗lgan. Amir Temur va Temuriylar saltanatida S. keng qo‗llanilgan.
Sohibqiron zabt etgan mamlakatlarning ba‘zi viloyat va tumanlarini shu erlarning
oldingi egalariga, o‗z o‗g‗illari, nevaralari, qarindoshlari, atoqli lashkarboshilar, amir va
beklarga S. tarzida bergan va ular «darbasta S.» deb yuritilgan. Amir Temur o‗zining eng
iste‘dodli sarkardalaridan biri Amir Shohmalikka bir qancha erlarni S. qilib bergan.
Shohrux davrida Shohmalik Xorazm viloyatiga darbasta S. etib tayinlangan.
Shohmalik vafotidan keyin Xorazm uning o‗g‗li Ibrohim Sultonga topshirilgan. XVI-
a.dan boshlab S.ning avvalgi tartibida muayyan o‗zgarish yuz beradi. Shayboniylar va
Ashtarxoniylar davrida ba‘zi qishloqlar, er maydonlari shu erlardan undiriladigan
solikdarning bir qismi ham S. tariqasida beriladigan bo‗lgan. XVIII-a. va XIX-a.ning 1-
yarmida S. mohiyati tubdan o‗zgarib, uning faqat merosiyligi saqlanib qolgan.
SXEMATIK (yun. obraz, ko‗rinish) — eng umumiy, sodda tasavvur beruvchi.