O„ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA‟MURIY-HUDUDIY TUZILISHI — O‗zbekiston hududining ma‘lum qismlarga bo‗linishi. O‗zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining XVI bobi O‗.R.m.h.t.ga bag‗ishlangan. Konstitutsiyaga ko‗ra,
―O‗zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar,
ovullar, shuningdek, Qoraqalpog‗iston Respublikasidan iborat‖ (68-modda). O‗zbekiston
Respublikasining hozirda ma‘muriy-hududiy bo‗linishi mamlakatning ishlab chiqaruvchi
kuchlari ahvolini, ularning joylashish xususiyatini, transport va aloqa vositalarining
rivojlanishi, joylardagi boshqaruvning tashkiliy tuzilishini aks ettiradi. Viloyat
O‗zbekiston Respublikasi ma'muriy-hududiy tizimidagi yuqori bo‗g‗indir va eng yirik
bo‗linma sifatida alohida o‗rin tutadi. Hududiy tizimning qolgan bo‗g‗inlari - tuman,
shahar, shaharcha, qishloq, ovul viloyatning tarkibiy qismlari, ichki bo‗g‗inlaridir.
Qishloq joylaridagi iqtisodiy, xo‗jalik va ijtimoiy-madaniy hayotga tumanlar orqali
bevosita rahbarlik amalga oshiriladi. O‗zbekiston Respublikasidagi shaharlar respublika
bo‗ysunuvidagi, viloyat, Qoraqalpog‗iston Respublikasi va tuman bo‗ysunuvidagi
shaharlarga bo‗linadi. Respublika bo‗ysunuvidagi shaharlar toifasiga aholisi 500 ming
kishidan ortiq yirik iqtisodiy, madaniy, ma‘muriy markaz bo‗lgan shahar (Toshkent
shahri) kiradi. Viloyat, Qoraqalpog‗iston Respublikasi bo‗ysunuvidagi shaharlar
turkumiga, qoida tariqasida, kamida 30 ming aholisi bo‗lgan, muhim ma‘muriy ahamiyat
kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar
kiritilishi mumkin. Tuman bo‗ysunuvidagi shaharlar turkumiga sanoat korxonalari,
kommunal xo‗jaligi, davlat uy-joy fondi, rivojlangan ijtimoiy-madaniy muassasalari,
savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‗rsatish korxonalari mavjud bo‗lgan
hamda aholisi 7 ming kishidan kam bo‗lmagan va uning 2/3, qismini ishchi, xizmatchilar,
ularning oila a'zolari tashkil etgan shaharchalar, aholi punktlari kiradi. Qishloq, ovul,
shaharcha respublika ma‘muriy-hududiy tizimidagi eng quyi bo‗g‗inlar.