SH SHAHID (arab. guvoh) — 1) islomda din yo‗lida halok bo‗lgan shaxs. Hadislarda
aytilishicha, o‗z obro‗si yo mol-mulki yoki joni yoxud dini, shuningdek, ahlu oilasining
himoyasi yo‗lida qurbon bo‗lganlar ham Sh.dir. Boshqa bir hadisda vabodan, ichki
xastalik bilan, g‗arq bo‗lib, tom bosib o‗lganlarni Sh. hukmida o‗lganlar deyiladi. Sh.lar
dafn etilishidan oldin yuvilmaydi. O‗zini o‗zi portlatish, o‗ziga o‗zi o‗t qo‗yish, o‗zini
o‗zi boshqa usullarda o‗ldirish Sh. hukmida bo‗lmaydi. Qur‘onda ―o‗zlaringizni (bir-
biringizni) o‗ldirmang!‖ (Niso surasi, 29-oyat) deb, o‗zini o‗zi o‗ldirish shariatda yo‗q
ekanligi bildirilgan; 2) Vatan urushi uchun yoki haqqoniyat yo‗lida qurbon bo‗lgan,
jonini fido qilgan odam. Islom dinida noto‘gri yo‘lni tanlagan mazxablar va diniy
ekstremistik tashkilotlar sh. tushunchasini aks ma‘noda talqin etib kelmoqda. buning
natijasida bunday aqidaparast oqimlar ta‘siriga tushib qolganlar ko‘pchilik orasida o‘zini
portlashini sh.lik deb tushunmoqda.
SHAJARA (arab. daraxt, genealogiya) — kishilarning kelib chiqishi, ajdodlari va
qonqarindoshlik aloqalari majmui.
SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI (SHHT) — tichlik, xavfsizlik va
barqarorlikni mustahkamlash, o‗zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish
maqsadida tuzilgan mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Xitoyning
Shanxay shaxrida 6 mamlakat - Qozog‗iston, Xitoy, Qirg‗iziston, Rossiya, Tojikiston va
O‗zbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan (2001-yil 15-iyun). A‘zo davlatlar:
Qozog‗iston, Xitoy, Qirg‗iziston, Rossiya, Tojikiston va O‗zbekiston. Kuzatuvchi
davlatlar: Hindiston, Eron, Mo‗g‗uliston, Pokiston, Afg‗oniston. SHHTning vujudga
kelish tarixi ―Shanxay beshligi‖ deb atalgan uyushma faoliyati bilan bog‗liqdir. Dastlab
Qozog‗iston, Xitoy, Qirg‗iziston, Rossiya, Tojikiston davlatlari rahbarlari (―Shanxay
beshligi‖) uchrashuvi bo‗lib o‗tgan. SHHTning Dushanba (2000) sammitida O‗zbekiston
Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Ana shu sammitda ―beshlik‖
negizida ko‗p tarmoqli tashkilot tuzish to‗g‗risida taklif ilgari surildi. SHHT
ta‘sischilaridan biri sifatida ishtirok etish haqidagi qarorni O‗zbekiston o‗z milliy
manfaatlaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatni
hisobga olgan holda qabul qildi. Shanxay sammitida (2001-yil iyun) yangi tashkilotning
maqsad va prinsiplarini e‘lon qilgan Deklarasiya, shuningdek, «Terrorizm, separatizm va
ekstremizmga qarshi kurash to‗g‗risida Shanxay konvensiyasi» imzolandi. Mazkur
sammitda tashkilotga oltinchi bo‗lib O‗zbekiston qo‗shildi. Tashkilotning Sankt-
Peterburgda bo‗lgan ikkinchi sammitida (2002-yil iyun) ustav hujjati - SHHT Xartiyasiga
imzo chekildi. SHHTning oliy organi Davlat boshliqlari kengashidir. Tashkilot
strukturasi Hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) kengashi, Tashqi ishlar vazirlari
kengashi,
Tarmoq
vazirliklari
va
idoralari
rahbarlari
kengashi,
Milliy
muvofiqlashtiruvchilar kengashi va doimiy ishlovchi Kotibiyat (Pekin shahrida
joylashgan) hamda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT; Toshkent shahrida
joylashgan)dan iborat.
Hozirgi kunda SHHTdoirasida 130 dan ortiq hamkorlik loyihalari
amalga oshirilmoqda. SHHT faoliyatida: 1) 2004-yili Aksilterror guruhiga birgalikda
349
kurash markazi tuzildi. 2) 2005-yili SHHTning ishbilarmonlar kengashi o‗z faoliyatini
boshladi. 3) 2006-yili Banklararo assotsiyasiyasi faoliyati yo‗lga qo‗yildi. SHHTning
Xartiyasi (Nizom) 2002 yil 7 iyunda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida qabul qilindi.
SHHT tarkibiga kiruvchi davlatlarning hududi Yevrosio hududining 61 foizi, ya‘ni
hududning 3/5 qismi 30,2 mln. km.kv.ni tashkil etadi. Demografik jihatdan esa, dunyo
aholisining to‗rtdan bir qismi (1.5 mln.kishi) tashkilotga a‘zo davlatlar hududlarida
istiqomat qiladi.