Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə451/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   447   448   449   450   451   452   453   454   ...   462
LUG\'AT

SHARHLOVCHI
biror narsani, voqea-hodisani tushuntirib beruvchi; izoh 
beruvchi, sharhchi, gazeta, jurnal, radio, televidenie va internet saytlarida muayyan 
voqealar (ijtimoiy, siyosiy, harbiy, iqtisodiy, madaniy, sport va boshqalar)ga 
bag‗ishlangan sharhlar muallifi. Sh. vazifasini biror bir ixtisoslikka ixtisoslangan jurnalist 
bajaradi. Ayni paytda ma‘lum soha egalari, mutaxassislar ham Sh. sifatida faoliyat 
ko‗rsatishi, sohasiga doir voqea-hodisalarni sharhlashi mumkin. 
SHARIAT
— islom davlat siyosatining mazmunini tashkil etuvchi davlatlarda amal 
qiluvchi, Qur‘onga asoslangan diniy va huquqiy qoidalar majmui. 
SHARTNOMA
— 1) keng ma‘noda-bir necha shaxslarning belgilab olingan huquq 
va majburiyatlari bilan bog‗liq bo‗lgan bitimi. 2) Xalqaro sh. teng huquqqa ega bo‗lgan 
bir nechta davlatlarning, xalqaro tashkilotlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy yoki boshqa 
masala yuzasidan teng huquqli kelishuvi. Sh.lar ikki tomonlama va ko‗p tomonlama 
hamda unga qo‗shilishi va tuzilishiga qarab ochiq va yopiq bo‗ladi. 
SHAXS
— alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U o‗zida inson 
mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Sh. ijtimoiy-gumanitar 
fanlarda o‗z yo‗nalishi, tadqiqot ob‘ekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin 
etiladi. U o‗ta murakkab, ziddiyatli, qarama qarshi, o‗zini o‗zi inkor etadigan mavjudot 
sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, ma‘naviy, ruhiy, axloqiy va estetik aql-irok, 
tafakkur ob‘ekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantig‗i 
jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin. 
SHAXS DAXLSIZLIGI 
— har bir kimsaning tug‗ilganidan boshlab tan olinadigan 
uzviy huquqi. Sh.d. jismoniy, axloqiy va ma‘naviy jihatlarga ega. Inson huquqlari 
umumjahon deklarasiyasiga va boshqalar bir qator xalqaro huquqiy hujjatlarga binoan, 
Sh.d. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining II bo‗limida batafsil ifodalangan va 
qonunlar bilan barchaga teng ravishda kafolatlangan. Sh.d.ni hamma shaxslarga, shu 
jumladan, ajnabiy mamlakatlardagi O‗zbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan 
ta‘minlash davlat zimmasidadir. Biror huquq va erkinlikdan sud qarorisiz mahrum 
etishga yoxud ularni cheklashga hech kim haqli emas. Hech bir shaxs qonunga 
asoslanmagan holda hibsga olinishi, qamoqda saqlanishi, ozodlikdan mahrum qilinishi, 
qiynoqqa solinishi, jismoniy yoki ruhiy zo‗ravonlikka, shafqatsiz yoki inson 
qadrqimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   447   448   449   450   451   452   453   454   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin