Namangan Davlat Universiteti Created by; Abdujalolva Nodira Namangan davlat universiteti talabasi: Abdujalolva Nodira



Yüklə 395,81 Kb.
səhifə3/3
tarix29.12.2021
ölçüsü395,81 Kb.
#48714
1   2   3
O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi Lakomativi

Created by; Abdujalolva Nodira

— Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun muloqot maydonini yaratishga bo‘lgan urinishlar avval ham qilingan edi, ammo ular muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Sizningcha, bunga sabab nima edi? Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Markaziy Osiyoda turli tashkilotlar tashkil etildi, ammo ularning istiqbollari yo‘q edi. 1993 yilda ilk shunday tashkilot — Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston ishtirokidagi Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH) tashkil qilingan edi. Tojikiston ushbu tashkilotga 1998 yilda fuqarolik urushi tugaganidan va mamlakatda tinchlik o‘rnatilgandan so‘ng a’zo bo‘lgan. Ushbu tashkilot 2002 yilgacha faoliyat ko‘rsatdi.

Markaziy Osiyo mintaqasida siyosiy, iqtisodiy, ekologik, transport va xavfsizlik masalalari kabi ko‘pgina muammolar mavjud. MOIH nomining o‘zi esa faqat iqtisodiy masalalarni muhokama qilish bilan cheklanadi. Shu sababli 2002 yilda, O‘zbekiston tashabbusi bilan muhokama qilinadigan masalalar doirasini kengaytirish maqsadida MOIH Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkiloti (MOHT) ga aylantirildi. U 2005 yilgacha faoliyat yuritdi. 2005 yil 6 oktyabrda esa ushbu tashkilotni YevroOsiyo Iqtisodiy Hamjamiyati (2014 yil YevroOsiyo Iqtisodiy hamjamiyati YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqi tuzilganiligi uchun tugatildi — tahr.) bilan birlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Qaror Sankt-Peterburgda davlat rahbarlarining kelishuvlari asosida qabul qilingan. Nega bu mintaqaviy tashkilotlarning istiqboli yo‘q edi? Asosiy sabab — ularda mintaqadagi barcha mamlakatlarning ishtirok etmasligi. Neytral maqomi tufayli Turkmaniston ushbu tashkilotlarda ishtirok etmadi. Agar Markaziy Osiyoga bir organizm sifatida qaralsa, barcha organlar o‘z funksiyasini to‘liq bajarsagina, u ishlaydi. Diplomatik tomondan tahlil qilinsa, Markaziy Osiyo beshta davlatdan iborat: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston. Agar O‘zbekiston biror bir mintaqaviy tashkilot tarkibida bo‘lmasa hech qanday masala, xoh u siyosiy, xoh u iqtisodiy yoki gumanitar xarakterga ega bo‘lsin, har samarali hal qilinmaydi. Bir mamlakatning mintaqaviy tashkilotga qo‘shilmasligi uning to‘liq ishlashi uchun imkon bermaydi.


E’tibor uchun tashakkur

E’tibor uchun tashakkur


Yüklə 395,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin