2.1.1 Kriptografiya bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotlar Kriptografiya haqidagi ma’lumotlarni uning atamashunosligiga oid ayrim terminlar mazmunini ochib berishdan boshlaymiz.
Axborotlarni himoya qilish— bu tarmoqdagi aloqa hamda axborotlarning uzluksizligi, yaxlitligi va mahfiyligini ta’minlovchi barcha vosita va amallar mamuasi bo‘lib, nosozliklardan asrovchi vosita va funksiyalarni o‘z ichiga olmaydi. Axborotlarni himoya qilish kriptografiya, kriptoanaliz (kriptotahlil) va kompyuterlarga ruhsatsiz kirishdan saqlash kabi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
Kriptografiya – amaliy matematikaning bir bo‘limi bo‘lib, axborotlarni mazmunini yashirish yoki ruxsatsiz foydalanishdan asrash maqsadida axborotlarni bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tkazish uchun mo‘ljallangan modellar, metodlar, algoritm, dasturiy va texnik vositalarni o‘rganadi.
Kriptosistema— bu axborotlarni kriptografik almashtirilishini dasturiy, texnik yoki dasturiy-texnik usullar yodamida amalga oshiruvchi tizimdir.
Kriptoanaliz (kriptotahlil)— bu amaliy matematikaning bitta bo‘limi bo‘lib, kiruvchi yoki chiquvchi signallardan foydalanib maxfiy parametrlarni aniqlab olish (yashirin matnni ochish) maqsadida kriptosistemalarni tahlil qilishga qaratilgan usul, model, algoritm, dasturiy va texnik vositalarni o‘rganadi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, kriptoanaliz matematik ma’noda kriptografiyaga teskari bo‘lgan masalalar bilan shug‘ullanadi. Kriptografiya va kriptoanaliz birgalikda yangi fan — kriptologiyanitashkil qiladi.Kriptologiya tarixini uch bosqichdan iborat deb hisoblash mumkin.
Birinchi bosqich - (eng qadimgi davrlardan to 1949 yilgacha) tor doiradagi, hususiy xamda sodda hisoblashlardan iborat kriptografik va kriptotahlil algoritmlari bilan harakterlanadi va tabiiyki, kompyuterlardan foydalanishni nazarda tutmaydi. Bu bosqichni ko‘pincha kompyuterlargacha bo‘lgan davr deb ataladi.