Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»


GLOSSARIY Absenteizm



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə25/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

GLOSSARIY


Absenteizm (lot. absentia – qatnashmaslik, bosh tortish) — saylovchilarning vakillik organlari yoki mansabdor shaxslarni saylashda, yig‘ilishlarda va h.k.da qatnashishdan bosh tortishi; aholining o‘z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishga befarq qarashi. A. saylov tizimi nodemokratik ko‘rinishiga qarshi aholi noroziligining bir shakli; U quyidagi sabablarga ko‘ra vujudga kelishi mumkin: shaxsda siyosiy madaniyat yetarlicha shakllanmagani; guruhga mansublik hissining yo‘qotilishi yoki umuman bo‘lmaganligi; siyosiy institutlarga ishonchsizlikning nihoyatda kuchliligi; hokimiyatga ta’sir eta olmaslik hissi; hayotdan mamnunlik. Ya’ni absenteizm hayotning ijtimoiy-siyosiy sharoitlaridan o‘ta darajada qoniqmaslik yoki o‘ta qoniqish natijasi bo‘la oladi. Shunga ko‘ra u hokimiyat ijtimoiy madaddan maxrumligini yoki siyosiy barqarorlikni anglatishi mumkin.
Adaptatsiya (lot. adaptare – moslanish) — shaxs (guruh) xulq-atvorining mazkur jamiyat, qatlam va ijtimoiy guruhda humronlik qiluvchi an’ana va normalarga moslashish. Ijtimoiy o‘zgarishlar tez-tez ro‘y berib turadigan sharoitlarda (ilmiy-texnikaviy o‘zgarishlar, industrlashtirish va h.k.) ijtimoiy adaptatsiyaning ahamiyati oshadi. U siyosiy tizim oldida turgan vazifalar o‘zgarishi, yangi maqsadlar aniqlanishi, muammolarni hal qilish uchun yangi yondoshuvlar ishlab chiqilishida namoyon bo‘ladi.
Adolat — ijtimoiy-falsafiy, axloqiy va huquqiy tushuncha. Kishilar ijtimoiy-siyosiy ongida katta rol o‘ynaydi. Muayyan ijtimoiy guruhlar va ayrim shaxslarning tushunchalarini o‘zida aks ettiradi. Siyosiy xatti - harakatlar, huquq va burch me’yorlari, axloqiy munosabatlar, mehnat va taqdirlanish, jinoyat va jazo, xizmat va uni tan olish, qadr-qimmatni e’tirof qilish va h.k.ga mazkur tushuncha orqali baho beriladi
Agitatsiya (lot. agitatio – harakatga keltirish, uyg‘otish) — ommani siyosiy faollikka chorlash maqsadida ularning onggi va kayfiyatiga og‘zaki, matbuot va ko‘rgazmali qurollar orqali ta’sir ko‘rsatishdan iborat siyosiy faoliyat. Suhbatlar, mitinglar, gazeta va jurnallarda e’lon qilingan maqolalar, radio, televidenie, kino va b. yerdagi chiqishlar A. vositalari hisoblanadi.
Agregatsiya (lot. aggregates – qo‘shilgan, to‘plangan) — siyosiy tizim funksiyasi. U xilma-xil talablar va manfaatlarni umumlashtirish, umumiy talablarni ishlab chiqish va ularni dolzarbligi, muhimligi nuqtai nazaridan pog‘onalashtirish bilan bog‘liq. Demokratik siyosiy tizimlarda bu vazifani manfaat guruhlar, jum., siyosiy partiyalar bajaradi. Nodavlat va jamoat tashkilotlari ayrim manfaatlarni agregatsiya qilish, ya’ni turli munozaralar va muhokamalar vositasida asosiy va muhim manfaatlar uyg‘unlashtiriladi hamda ular o‘rtasida muayyan munosabatlar tizimini shakllantiradi.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin