Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»


Fenomen – favqulodda (kamdan–kam uchraydigan) hodisa. Fuqarolik institutlari–



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə33/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Fenomen – favqulodda (kamdan–kam uchraydigan) hodisa.
Fuqarolik institutlari–jamiyatda qaror topgan nodavlat tashkilotlaridir. Ular muayyan ijtimoiyiqtisodiy, ma’naviy va siyosiy faoliyatni amalga oshiradilar.
Fuqarolik jamiyati–Konstitutsiyaviy huquq nazariyasida ijtimoiy hayotning huquq va demokratiyaga asoslangan zaruriy va oqilona usuli, insonga uning iqtisodiy va siyosiy borliqning shakllarini erkin tanlash huquqi kafolatlanadigan, inson huquqlari qaror topadigan, mafkuraviy plyuralizm ta’minlanadigan ijtimoiy tuzum.
Fuqarolik mas’uliyati–jamiyatning demokratik rivojlanishi jarayonida erishgan yutuq va muvaffaqiyatiga fuqarolarning ongli munosabati, yutuqlarni yanada ko‘paytirish va ulardan foydalanishda faol qatnashishi.
Hokimiyat va boshqaruv tizimlari – davlat hokimiyati va boshqaruvni amalga oshiruvchi davlat organlari tizimidir.
Hokimlik instituti – milliy an’analaridan kelib chiqib tashkil etilgan. 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O‘zbekiston poytaxti–Toshkent shahrining maqomi va uni boshqarish tizimi to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan Toshkent shahrida vakillik va ijro etuvchi hokimiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan Hokimlik instituti tashkil etildi. 1992 yilning boshida bunday amaliyot butun respublikada amalga joriy etildi.
Ijtimoiy adolat – tamoyili jamiyat barqaror va to‘laqonli rivojlanishi uchun o‘ta zarur omildir. U birinchidan, shaxs, jamiyat, davlat aloqadorligida tenglik va o‘zaro hamkorlikni taqozo etadi. Ikkinchidan, mazkur tamoyil shaxsning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va huquqiy ne’matlardan bahramand bo‘lishda teng huquqli bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan mezonlar va kafolatlarning mavjudligini bildirada. Ijtimoiy adolatni ta’minlash xar bir huquqiy davlatning asosiy vazifalaridan biridir.
Ijtimoiy fikr–aholining muayyan guruhlari, qatlami, tabaqalarining voqelikdagi turli xodisalar va harakatlarga nisbatan baholovchi munosabatidir. Bunday baho ma’qullash, qoralash yoki betaraf pozitsiyada namoyon bo‘lishi mumkin.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin