Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə41/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Millataro totuvlik – milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri, muayyan xudud, davlatda turli millat vakillarining bahamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushuncha.
Milliy - ma’naviy negizlar – milliy ong, milliy ruhiyat, milliy g‘urur, milliy o‘zlikni anglash, milliy til, milliy hissiyot, milliy faxr - iftixor haqida gapirish kerak bo‘ladi. Milliy ong milliy madaniyatning millat manfaati, millat istiqboli, millatning taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlari yig‘indisidir. Milliy ong milliy madaniyat negizida shakllanadi va rivojlanadi. Milliy madaniyat milliy ongga nisbatan ancha keng.
Milliy manfaat — xalqaro munosabatlarda ikki ma’noda ishlatiladi: 1) tashqi siyosatning maqsad va vazifalarini aniqlab beruvchi tadqiqot quroli sifatida; 2) ma’lum bir siyosatni oqlash uchun ishlatiladigan keng ma’nodagi siyosiy tafakkur to‘g‘risidagi tushuncha sifatida.
Milliy munosabatlarni barqarorlashtirishning siyosiy yo‘llari:
Milliy o‘zligini anglash – olamni bilish, unda ro‘y berib turgan murakkab hodisa va jarayonlar mohiyatini ilmiy faximlab olish demakdir. Milliy jihatdan o‘zini anglagan insongina mamlakati va millati oldida turgan asosiy maqsad–muddaolar nimadan iboratligini tushunib etadi, o‘zining el–yurt oldidagi burchi va mas’uliyatini chuqur anglaydi.
Milliy ong — siyosiy ongning yuqori darajasi va shaklidir. Bu darajada mamlakat, millat manfaatlari chuqur anglanadi, rasmiy siyosat ishlab chiqiladi, asoslanadi, amalga oshiriladi va ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi.
Milliy qadriyatlarni asliga keltirish va rivojlantirishda xalqimizning ko‘p asrlik an’analari, madaniyati, urf–odatlari, harxil bayramlari, boy qadimiy me’rosi o‘zining alohida o‘rni va ahamiyatiga ega. Madaniy–ma’naviy merosimiz, asriy an’analar–o‘tmishdan, avlod ajdodlarimizdan bizlarga etib kelgan, bugungi hayotimiz uchun xizmat qilayotgan eng katta ma’naviy boylik, buyuk hazinadir.
Milliy ruhiyat – millatning ichki holati, kechinmalari, his tuyg‘ulari, ma’naviy dunyosi, o‘y - fikrlari, maqsad va maslaklari, hamda qadriyatlari bilan bog‘liq mulohazalar majmusidir. Er yuzidagi har bir millat o‘ziga xos irodasi, his–tuyg‘u, did, xulq, f’el–atvori, ko‘ngil, qalb, yurak sirlari olamiga egadir.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin