Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə40/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Manfaat guruhlari — fuqarolar o‘zlarining davlat bilan munosabatlarida hokimiyatga doir manfaatlarini bayon etish yoki himoya qilishi uchun ixtiyoriy tarzda birlashgan maxsus yoki moslashtirilgan tashkilotlari. Ular siyosiy partiyalardan maqsadlari, faoliyat usullari, hokimiyatga ta'sir resurslari va b. belgilariga ko‘ra farq qiladi. M.g. rasmiy hokimiyat tashkilotlaridan farq qiladi, ammo ushbu tuzilmalar ichida ham vujudga kelishi mumkin. Ayni vaqtda, ular partiyalar bilan ham bir narsa emas (ular siyosiy hokimiyatni egallashga intilmaydilar). M.g. siyosiy maqsadlarga erishish uchun ixtiyoriy ravishda guruhlarga birlashgan odamlar faoliyati hisoblanadi.
Manfaatlar artikulyasiyasi — siyosiy qarorlarni qabul qilishga aloqador qatlamlarga talablarni yetkazish.
Manipulyatsiya (lat. manipulus – qo‘l harakati) — 1. qo‘l mashqi, qo‘l harakati, shu jumladan qo‘l mahoratiga tayangan fokus namoyish qilish. 2. Maxinatsiya, aldov, tovlamachilik, qalloblik. 3. Odamda ma’lum motivatsion holatlar (shu bilan birgalikda hissiyotlar, attityudlar, stereotiplar) ta’sirining faollashtirilishiga olib keladigan kommunikatsion ta’sir. M. psixologik ta’sir o‘tkazish usuli bo‘lib, uning maqsadi – ularning o‘ziga sezdirmagan holda odamlarning faolligining (psixik va boshqa) yo‘naltirilganligini o‘zgartirishdan iborat.
Marginal (lot. chet, chekka) — shaxs, ijtimoiy qatlam yoki guruh muayyan jamiyat uchun xos tuzilmalar, ijtimoiy-madaniy me'yorlar, siyosiy an'analar, hususiyatlarining ayrimlarini yoki barchasini yo‘qotish. U aholi va individlarning jamiyat tarkibida gorizontal va vertikal ko‘chishi imkonyatlari kengayishi bilan bog‘liq.
Mehnat jamoalari–inson umrining asosiy qismi o‘tadigan, uning tafakkuri, hayotga munosabati shakllanadigan ijtimoiy - ma’naviy muhitdir. Ular kishida jamoa ruhi, mehnatsevarlik, omilkorlik, adolat tushunchasi, mehroqibat tuyg‘ularini tarbiyalaydigan o‘ziga xos maskan.
Mentalitet (lot. mentalis – aqliy) — ayrim kishi yoki ijtimoiy guruhga xos aqliy qobiliyat darajasi, ma'naviy salohiyat. Jamiyat, millat yoki shaxsning M.i ularning o‘ziga xos tarixiy an'analari, urf-odatlari, diniy e'tiqodini ham qamrab oladi. Har bir millatning M.i uning tarixi, yashab turgan shart-sharoiti, ijtimoiy faolligi va b. bir qancha omillar bilan bog‘langan bo‘ladi. Macalan, o‘zbek millati M.ining shakllanish jarayoni deyarli uch yarim ming-yillik tarixga ega. O‘zbek xalqi insoniyat moddiy va ma'naviy madaniyatini bebaho durdonalar bilan boyitgan. Uning M.i, aqliy qobiliyati o‘tkirlashib borgan. Ammo XVI-XX a.lar oralig‘ida turli istibdod va mustamlakachilik zulmini boshidan kechirganligi tufayli milliy M.iga jiddiy putur yetdi. Mustaqillik mafkurasi oldida o‘zbek xalqining haqiqiy M.ini tiklash vazifasi turibdi.
Millat — 1) uzoq davom etgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy jarayonda, aniq hududiy doirada, til va o‘zlikni anglash birligi asosida shakllangan xalq etnik tarixining eng yuksak cho‘qqisi, o‘ziga xos madaniyat, ong va mentalitet zaminida tarkib topgan ijtimoiy birlik shakli. M. kishilarning jips tarixiy birligi, umumiqtisodiy turmush, til, hudud birligi, madaniyat, ong, ruhiyat uyg‘unligi va mushtarakligi demakdir. 2) siyosiy tizim rivojlanishi, ustivor qadriyatlari, me'yorlari, maqsadlariga doir yakdil bo‘lgan fuqarolar birligi.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin