Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə48/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Press-konferensiya (ing. press-conference, fr. presse – vaqtli matbuot va lot. conferentia – yig‘ilish, kengash) — rasmiy, davlat, davlat arboblari, olimlarning va h.k. matbuot, radio, televidenie, telegraf-axborot agentliklari bilan keng ijtimoiy qiziqish tug‘dirayotgan masalalar bo‘yicha uchrashuvi, suhbati.
Prezident (lot. praesidens – oldinda o‘tiruvchi) — 1) hozirgi ko‘pchilik (respublika shaklida idora qilinadigan) mamlakatlarda saylab qo‘yiladigan davlat boshlig‘i. Parlamentar respublikalarda prezident parlament tomonidan saylanadi. Prezidentlik respublikalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bavosita saylov natijasida saylanadi. Prezidentlik lavozimi – siyosiy tabiatga ega; prezident vakolatlari muddati cheklangan.
Prokuratura–(lotincha procurate – g‘amxo‘rlik qilish ) davlat tizimidagi mavjud jinoyat ishini qo‘zg‘atuvchi, ayblovchi va sud jarayonida davlat nomidan ayblov olib borish vakolatiga ega bo‘lgan organ.
Prolongatsiya (fr. prolongation, lot. prolongare – cho‘zish, uzaytirish) — bitim, veksel va shartnomalarning amal qilish muddatlarini uzaytirish. P. kelishuvlar, sud qarorlari, davlat hokimiyati aktlarida o‘z aksini topadi. Iqtisodiy harakatlar, huquqiy sohalarda keng qo‘llaniladi. P., asosan, vastinchalik kuchga ega va u asosiy hujjatlardagidek amal qilish huquqini ta’minlaydi. Tadbirkorlikni kengaytirishda iqtisodiy aloqalarning uzilib qolmasligini ta’minlash P.dan keng foydalanishni taqozo etadi.
Promulgatsiya (lot. promulgatio – e’lon qilish) — bir qator xorijiy davlatlarning konstitutsiyaviy huquqiga ko‘ra, vakolatli organ tomonidan qabul qilingan va tasdiqlangan qonunning davlat boshlig‘i tomonidan konstitutsiyada yoki qonunda belgilangan muddatda rasmiy bosma nashr orqali e’lon qilinishi. P. deganda qonunni rasmiy e’lon qilish haqidagi farmoyishni o‘zida aks ettirgan maxsus aktning e’lon qilinishini tushunish mumkin. Odatda, P. davlat boshlig‘ining farmoni, farmoyishi, buyrug‘i yoki shunga o‘xshash huquqiy akti bilan amalga oshiriladi, bunda davlat boshlig‘ining bunday huquqiy akti ommaviy nashrlarda P. qilinayotgan qonun akti bilan birga e’lon qilinadi. Qonun P. dan keyingina majburiy kuchga ega bo‘ladi.
Proteksionizm (lot. protectio – panalash, homiylik) — davlatning ichki bozorni chet el raqobatidan himoya qilish va tovar ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorga chiqishini rag‘batlantirishga qaratilgan iqtisodiy va huquqiy siyosati.
Qadriyat — borliqdagi narsa, hodisalarning jamiyat, guruh shaxs ehtiyojlariga muvofiq kelishi yoki kelmasligi nuqtai nazaridan ahamiyati. Voqealikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan tushuncha.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin