Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə46/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Ozodlik g‘oyasi – mazlumlarni o‘z erki uchun chorlaydigan. Qullik va qaramlikning har qanday ko‘rinishlarini inkor etadigan umuminsoniy g‘oya.
Palata — 1) qonun chiqaruvchi ba’zi bir vakolatli organlar yoki ularning ayrim tarkibiy qismlarining nomi (Qonunchilik P.); 2) Davlat va jamoat tashkilotlarining nomi (mas., Savdo P.).
Parlament (fr. parler – gapirmoq) — demokratik davlatlarda oliy vakillik va qonunchilik organining nomi. P. birinchi marta XIII asrda Angliyada tabaqalarning vakillik organi sifatida tashkil qilingan. Oliy vakillik organlari turli mamlakatlarda turlicha ataladi. Jumladan, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada, Belgiya va b. davlatlarda P.; AQSH va Lotin Amerikasining aksariyat mamlakatlarida Kongress, Rossiya Federatsiyasida – Federal Majlis, Turkiyada – Buyuk millat majlisi, Litva, Latviya, Polshada – Seym va h.k. O‘zbekistonda esa Oliy Majlisdir. P. tuzilishiga ko‘ra bir palatali va ikki palatali tizim shaklida bo‘ladi. Ta­rixda uch palatali P. ham bo‘lgan (mas., JARda 1984-1994 yillar­da). P.ni tashkil qilish tartibi, vakolat muddati, vakolat doirasi turli mamlakatlarda turlicha bo‘lib, ular Konstitutsiya hamda qonunlarda belgilab qo‘yiladi.
Parlament fraksiyasi–parlament uchun saylovlarda har bir partiya o‘z a’zolaridan deputatlikka nomzodini qo‘yib, ko‘proq ovoz to‘plash maqsadida kurashadilar. Siyosiy partiya a’zolaridan parlamentga deputat etib saylanganlari o‘z partiyasi siyosiy yo‘lini o‘tkazish uchun bir guruhga birlashadi. Bu guruh partiya fraksiyasi deyiladi va parlament tomonidan fraksiya sifatida ro‘yxatga olinadi.
Parlament nazorati — davlat nazorati shakllaridan biri. Asosan umuman siyosiy, ba’zi holda ma’muriy tusda bo‘ladi. Parlamentar davlatlarda va prezidentlik respublikalarida huku­mat faoliyati ustidan Parlament nazorati alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday nazoratning asosiy metod va shakli ishonch to‘g‘risi­dagi masala, tanbeh rezolyusiyasi, interpellyasiya, hukumatga og‘zaki va yozma savollar (parlament savollari) parlament tekshirishidir.
Parlament–fransuzcha “parle” gapirmoq so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, rasmiy so‘zlashish joyi ma’nosini anglatadi. Parlament davlatning oliy vakillik organi hisobdanadi va qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Partiya (lot. partio – bo‘laman, ajrataman, qism, bo‘lak) — g‘oyaviy jihatdan maslakdosh, manfaatlari mushtarak bo‘lgan, shuningdek, muayyan ishni bajarish uchun ajratilgan kishilar guruhi. P. jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy sinf, tabaqa, guruhlarning bir qismini, ularning eng ilg‘or faol qismini birlashtirgan hamda ularning manfaatlarini siyosiy vositalar yordamida himoya qilish uchun tuziladigan siyosiy tashkilot hisoblanadi.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin