Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»


Qonun – oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan, davlatning qonun chiqaruvchi muassasasi tomonidan yoki aholi tomonidan to‘g‘ridan–



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə49/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Qonun – oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan, davlatning qonun chiqaruvchi muassasasi tomonidan yoki aholi tomonidan to‘g‘ridanto‘g‘ri, referendum o‘tkazish talablariga muvofiq qabul qilingan va o‘zida qonunning amal qilish xududi, muddati va shaxslar doirasida huquqiy munosabatlar sub’ektlari faoliyatining umumiy namunasini mujassamlashtirgan normativhuquqiy xujjat.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat — hokimiyat bo‘linishi prinsipi va nazariyasiga muvofiq davlatning uch hokimiyat tarmog‘idan biri. Q.ch.h. Konstitutsiya va qonunlarni qabul qilish, ularga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, zarur hollarda ularni belgilangan tartibda bekor qilish vakolatlariga ega bo‘ladi. U hokimiyatlar bo‘lini­shi nazariyasiga muvofiq, davlatning o‘zaro muvozanatlashtirilgan hokimiyat tarmoqlaridan biri bo‘lib, davlat oliy vakillik organi tomonidan qonunlar qabul qilish vakolatining ro‘yobga chiqarili­shidir. U oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy aktlar – qonunlar chiqarish bo‘yicha vakolatlar yig‘indisini mujassamlash­tiradi hamda ushbu vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat organlari tizimi sifatida namoyon bo‘ladi.
Qonun ustivorligi – ushbu tamoyilning mazmuni shuni anglatadiki, qonun ijtimoiy hayotning barcha soxalarida qat’iy xukmron bo‘ladi. Ya’ni hech kim, xech bir davlat organi, mansabdor shaxs, tadbirkor yoki boshqa bir fuqaro qonunga bo‘ysunishi, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi; uning barcha ishtirokchilari esa, hech bir istesnosiz, huquq normalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi kerak. Huquqiy normalarni tadbiq etishda konstitutsiya va qonunlarning normalari boshqa huquqiy normalardan ustun turadi.
Qonunchilik – 1) davlat tomonidan o‘z funksiyalarini amalga oshirishning asosiy usullaridan biri bo‘lib, davlat hukumati organlari tomonidan qonunlar chiqarishda ifodalanadi;
Qonunchilik palatasi – bu O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasidir. Qonunchilik palatasi saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarning professional. doimiy faoliyat ko‘rsatishiga asoslanadi.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin