Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»


Umuminsoniy qadriyatlar –



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə52/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Umuminsoniy qadriyatlar – ular butun insoniyatga, jahon xalqlariga tegishli bo‘lgan ilm–fan, iqtisodiy (moddiy), siyosiy, ijtimoiy, ahloqiy, badiiy, diniy, xurfikrlik boyliklaridan iborat.
Uyushgan guruhlar — manfaatli guruhlarning tuzilish prinsiplari bo‘yicha bo‘lingan turlaridan biri. Yuqori darajadagi ixtisoslik va tashkilotlarga (mas., kasaba uyushmalari, tadbirkorlarning birlashmalari, etnik assotsiatsilar va boshqalar) egadirlar. Bu guruhlarga quyidagi belgilar xosdir: a) formal tashkiliy birlik, birlashmaning ixtiyoriyligi tashkilotning faoliyatida o‘z a’zolari bilan birgalikda ishlab chiqarilgan maxsus hujjatlar, nizomlarga amal qilish; b) ularning oldindan aniq maqsadni ko‘zlab tuzilganligi; v) tarkibi va tuzilishining, a’zolar o‘rtasidagi aloqalarning barqarorligi. Uyushgan tashkilotlarning ish olib borishi ularning qonun ta’sirida bo‘lishini taqozo etadi. Bu uyushgan tashkilotlarning ro‘yxatdan o‘tishida, ularning faoliyati ustidan davlat organlarining nazoratini amalga oshirish mumkinligida o‘z ifodasini topadi.
Vakillik organi — aholi tomonidan saylanadigan deputat (vakil)lardan iborat davlat hokimiyati yoki mahalliy o‘z-o‘z boshqarish hay’at organlarining umumlashtirilgan va qadimdan qabul qilingan nomi. Ushbu organ aholi manfaatlarini ko‘zlab, (ifodalab) o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadi.
Veto (lot. veto - taqiqlayman) — yuqori palata yoki davlat boshlig‘ining tegishlicha quyi palata yoki parlament tomonidan qabul qilingan qonunni (qonun loyihasini) ma’qullashni rad etishi yoki kuchga kirishga yo‘l qo‘ymaydigan harakat. Bu parlament yuqori palatasining quyi palataga yoki davlat boshlig‘i (monarx, prezident)ning parlamentga qonun chiqarish jarayonida qo‘llaniladigan ta’sir ko‘rsatish vositasi hisoblanadi. Davlat boshlig‘iga parlament qabul qilgan qonunlarga Veto qo‘yish (qarorlarni taqiqlash) huquqi­ning berilishi alohida muhim ahamiyat kasb etadi.
Vijdon erkinligi — ijtimoiy-siyosiy tushuncha; har kimning o‘z e’tiqodiga ko‘ra, mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy me’yorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani bo‘yicha yashash, ishlash imkoniyati. Bunda dinga munosabat mas.,ing bir tomoni hisoblanadi. Siyosiy jihatdan V.e.ga demokratiya ko‘rinishlaridan biri sifatida qaraladi. Yuridik nuqtai nazardan V.e. insonning asosiy shaxsiy huquqlari sirasiga kiradi va demokratik erkinliklardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda u O‘zR Konstitutsiyasida, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda (1991-yil 14-iyunda qabul qilingan, 1998-yil 1-mayda yangi tahriri tasdiqlangan) nazarda tutilgan.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin