Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə50/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Qonuniy vakillar — muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatli bo‘lsa-da, jismoniy (qariligi, kasalligi va b.) holati tufayli shaxsan o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va burchlarini bajara olmaydigan fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini hamma muassasalarda, jumladan, sudda alohida vakolatsiz, qonunga binoan himoya qiluvchi shaxslar.
Qonuniylik — qonunlar va ularga muvofiq chiqarilgan huquqiy hujjatlarga barcha davlat organlari, mansabdor va b. shaxslarning og‘ishmay to‘la amal qilishi. Q. demokratiya va huquqiy davlatnnng elementlaridan biri.
Raddiya — biror habar yoki ma’lumotni inkor etuvchi, uning yolg‘on yoki asossizligini isbotlovchi xujjat, e’lon.
Ratsional (fr. rationalis – oqilona) — maqsadga muvofiq, asoslangan, dalillangan (eng to‘g‘ri yo‘l ma’nosida ham ishlatiladi).
Referendum (lot. referendum – xabar berilishi lozim bo‘lgan narsa) — umumxalq ovoz berish yo‘li bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalarni hal qilish shakli. Bevosita demokratiyaning muhim vositasi.
Reformatsiya (lot. reformation - o‘zgartirish, isloh qilish) — XVI asrda G‘arbiy va Markaziy Yevropada tarqalgan ijtimoiy harakat. Asosan, zamindorlarga qarshi xarakterda bo‘lib, katolik cherkovi (zamindorlarning asosiy g‘oyaviy tayanchi)ga qarshi kurash tusini oldi. 1517-yil Germaniyada M.Lyuterning katolik cherkoviga qarshi chiqishi bilan boshlangan. R. mafkurachilari katolik cherkovi, uning ierarxiyasi va umuman ruxoniylarning zarurligi amalda inkor qilingan g‘oyalarni ilgari surdilar; katoliklarning Muqaddas rivoyati rad qilindi, cherkovning yer boyliklari va boshqaga bo‘lgan huquqlari inkor etildi.
Saylov — demokratiyaning asosiy belgisi bo‘lib, ovoz berish yordamida davlat hokimiyatining vakillik organlarini yoki mansab­dor shaxsini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, jamoat birlashmalarini va boshqalarni bevosita xalqning xohish-irodasiga asoslangan holda, ular tomonidan yoki boshqa organ tomo­nidan shakllantirish bilan bog‘liq jarayondir.
Saylov huquqi–ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchisi, saylovni tashkil etish va o‘tkazishni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar yig‘indisidir; ikkinchi ma’nosi fuqarolarning saylov huquqi, ya’ni ovoz berish, saylanish, saylov davrida va boshqa tadbirlarda ishtirok etishdir.
Saylov tizimi – huquqiy me’yorlarda mustahkamlab qo‘yilgan, shuningdek, davlat va jamiyat institutlari faoliyatlari tajribasida shakllangan vakillik organlari yoki ayrim rahbarlik vakilini saylashni o‘tkazish va tashkil etishga doir tartibotdir. Saylovlar tizimi – siyosiy tizimning tarkibiy qismidir.
Senzura (lot. censura) — matbuot ustidan davlatning maxsus nazorati. Televideniya, radio, kino, foto, tasviriy, musiqa, veb-sayt, portal, nashrlar va boshqa informatsiya tarqatuvchi manbalarni, ularda namoyish etiladigan axborotlarni davlatning maxsus organlari tomonidan cheklash, ta’qiqlash yoki butunlay bekor qilishning o‘ziga xos shakli.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin