Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»


Shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat. Sirkulyatsiya



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə51/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Shikoyatbuzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat.
Sirkulyatsiya (lot. circulatio – aylanma harakat) — uzluksiz almashinish, aylanma harakat. Mas., elitalar sirkulyasiyasi.
Siyosiy Konsepsiya — siyosiy institutlar faoliyati asosiga qo‘yilgan rahbar g‘oya, yyetakchi fikrdir. U siyosiy amaliyotning bevosita mo‘ljali bo‘lib xizmat qiladi. Uning asosida faoliyatning strategiyasi va taktikasi ishlab chiqiladi.
Siyosiy partiya — a’zolikka qabul qilishning ixtiyoriyligiga asoslangan, o‘z a’zolari va tarafdorlarining siyosiy irodasini ifoda etadigan, shu davlat siyosiy yo‘nalishini belgilashda, davlat hokimiyat organlarini shakllantirishda, shuningdek, hokimiyatni o‘zining vakillik hokimiyat organlariga saylangan vakillari orqali amalga oshirishda ishtirok etishni o‘ziga vazifa qilib olgan institutsional va doimiy faoliyat xarakteriga ega bo‘lgan funksional siyosiy tashkilot.
Siyosiy rivojlanish — muayyan jamiyat siyosiy tizimi ichidagi o‘zgarishlarni yoki uni boshqasi bilan almashtirishni belgilaydigan, qoidaga ko‘ra, ko‘rsatilayotgan talablarga nisbatan boshqaruv vositalarining qobiliyatini moslashtirib borish yo‘nalishida avj oladigan o‘sish jarayonlari yig‘indisidir.
Siyosiy tizim (gr. systema - bo‘lakdan iborat tarkib, tuzilma, politike - siyosat) — siyosatni shakllantirish va amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlar, harakatlar, tashkilotlar, me’yorlar, qadriyatning umumlashgan ifodasidir.
Sud hokimiyati — davlat hokimiyatining bo‘linish prinsipiga asosan hokimiyat tarmog‘i bo‘lib, u sud organlari orqali amalga oshiriladi, ular O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudlari tizimidan tashkil topadi. U o‘zida: a) odil sudlovni amalga oshirish vakolatlari, ya’ni jinoiy, fuqarolik, xo‘jalik, ma’muriy va konstitutsiyaviy ish (nizo)larni protsessual, qonun bilan belgilangan tartibda ko‘rib chiqish vakolatlari yig‘indisini, ba’zi mamlakatlarda, shuningdek, huquq normalarini izohlash vakolatlari ni, qonun ijodkorligi vakolatlari va b. 2 darajali vakolatlarni; b) yuqorida qayd etilgan vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat organlari tizimini mujassamlashtiradi.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin