Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»


Xalq deputatlari kengashi



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə53/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Xalq deputatlari kengashi — O‘zbekiston Respublikasining mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari. Ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar. Mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi: qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash; hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, budjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish; mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash; normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. Xalq deputatlari Kengashlarining vakolat muddati - 5 yil. Vakillik hokimiyatini tegishliligiga qarab viloyat, tuman va shahar hokimlari boshqaradi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini tashkil qilish, ularning vakolat doirasini va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarini saylash tartibi qonun bilan belgilanadi. Viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi, ular bo‘yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Yevroposentrizm — G‘arbiy Yevropa madaniyati butun insoniyat uchun na’muna, deb qarovchi konsepsiya. Unga ko‘ra g‘arbiy Yevropa – jahon taraqqiyoti markazidir.
Zamonaviy demokratiya – vakillik demokratiyasi hisoblanadi. Ma’lumki katta jamoalarda, ya’ni shaharlarda, barcha xalqni bir joyga yig‘ib masala hal etishga imkon yo‘q. Shuning uchun shunday jamoalarni fuqarolari qonunlari va boshqa masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishda ular tomonidan ishtirok etish uchun o‘zlarining shaharlari yoki yurtlari bir guruhni saylaydilar. Fuqarolar tomonidan saylangan vakillar birlashmasi kengash (council), qonun chiqaruvchi hokimiyat (legistatura), parlament (parlament), yoki kongress (congres) kabi nomlar bilan ataladi. Xalq tomonidan mustaqil tarzda saylangan vakillar orqali boshqariladigan xalq hokimiyati ba’zida respublika xukumati yoki demokratik respublika deb ataladi.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin