Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə61/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Kafedra mudiri: ___________t.f.n. N. G‘ofurov

Ishchi o’quv dastur Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetining 2021-yil ____-avgustdagi 1-sonli Kengashida ko‘rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan.




Fakultet kengashi raisi: ____________ s.f.d., prof. R.Jo’rayev


Kelishildi:
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig’i: ___________ H.Mirzahmedov


Kirish

Fuqarolik jamiyati fanini oliy o‘quv yurtlari bakalavriat yo‘nalishlarida o‘qitish belgilangan. Dasturda fanning maqsadlari, vazifalari, mazmuni va malakaviy talablar belgilangan bo‘lib, fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishiga oid qonuniyatlar, tamoyillar, belgilar, amalga oshirish mexanizmlari va unga doyir zamonaviy kontseptsiyalar berilgan.


Dastur fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ― “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida (2017- yil 7 fevral) mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy hayoti, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarini demokratlashtirish va liberallashtirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda aholi ishtirokini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari asosida ishlab chiqilgan.


O‘quv fanining maqsadi va vazifasi

Fanni o‘qitishning maqsadi – talabalarga fuqarolik jamiyatining shakllanish va rivojlanish jarayonida olib borilayotgan islohotlar, ularni amalga oshirish strategiyasining mazmun-mohiyati, fuqarolik jamiyatida inson, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabati, mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalashning asosiy tamoyillari, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda O‘zbekistonning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida chuqur bilim berish orqali ularda faol fuqarolik pozitsiyasi va mas’uliyatini shakllantirishdan iborat.





Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin