Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə64/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Jami

78

34



16



18



44



Ma’ruza mavzulari mazmuni va unga ajratilgan soatlar





Mavzular

Qisqacha mazmuni

Soati

1

Fuqarolik jamiyati fanining predmeti, obyekti, maqsad va vazifalari

Fuqarolik jamiyati ijtimoiy hayotning fenomeni. Fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining - yuqori bosqichi. Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategik pirovard maqsadi. Fuqarolik jamiyati tushunchasining kelib chiqishi va uning shakllanishining asoslari. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va obyekti.
Fuqarolik jamiyati fanining maqsadi, o‘quv, ilmiy, amaliy va tarbiyaviy vazifalari, funksiyalari. Fuqarolik jamiyati fanining boshqa ijtimoiy fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va o‘ziga xos xususiyatlari.

2

2

Fuqarolik jamiyati g‘oyalari evolyutsiyasi

Fuqarolik jamiyati tushunchasining tarixiy ildizlari va ularning turli tavsiflari. Sharq va G‘arb sivilizatsiyalarida fuqarolik jamiyati tushunchasiga oid o‘ziga xos yondshuvlar. Fuqarolik jamiyatining antik paradigmasi. Sharq mamlakatlarida fuqarolik jamiyati haqidagi ilk qarashlar. O‘rta asrlarda fuqarolik jamiyati g‘oyalarining rivojlanishi. Yangi davrda fuqarolik jamiyatining paradigmalarini yaratilishi. G‘arb mamlakatlarida fuqarolik jamiyati paradigmasining rivojlanish an’analari. Sharq sivilizatsiyasida yangi davrda fuqarolik jamiyati paradigmasining o‘ziga xosligi. Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalar.

2

3

Qonun ustuvorligi – fuqarolik jamiyatining muhim omili

Qonun ustuvorligi tushunchasi. Fuqarolik jamiyati qurishda qonun ustuvorligi tamoyilining mustahkamlanishi. Hokimiyatlarning bo‘linish tamoyili va konseptual asoslari. Konstitutsiya va qonunlarda adolat hamda inson manfaatlarining ustuvorligi.
Qonun ustuvorligini ta’minlash mexanizmlarining ishlab chiqilishi. Fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg‘usini shakllantirish. Sud-huquq tizimini isloh qilish. Demokratik talablarga mutanosib keladigan mustahkam qonunchilik bazasining yaratilishi.

2

4

Saylov huquqi erkinligi – fuqarolik jamiyatining sharti

Erkin saylovlar fuqarolik jamiyatining asosiy belgisi. Saylov tushunchasi va turlari. Xalqaro saylov standartlari va O‘zbekiston qonunchiligi. Saylovning asosiy tamoyillari. Davlatning asosiy organlari saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi, tayinlash yo‘li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi. Fuqarolarning siyosiy-ijtimoiy jihatdan yetukligi uning ijtimoy hayotida faol ishtirok etishi bilan belgilanishi. Erkin saylovlarni o‘tkazishda ommaviy axborot vositatalarining roli.

2

5

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi

Fuqarolik jamiyatining shakllantirish va rivojlantirishda demokratik institutlarning tutgan o‘rni. Ko‘ppartiyaviylik – fuqarolik jamiyat barpo etishning muhim sharti. Siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Senati, Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari kengashlaridagi faoliyatini takomillashtirish. O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish istiqbollari.

2

6

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

O‘zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni. “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyat sari” konsepsiyasi. Mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko‘lamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o‘zaro yaqin munosabatlarini ta’minlash. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari.

2

7

Jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligi

Jamoatchilik nazorati tushunchasi. Jamoatchilik nazorati tizimi, subyektlari, shakllari va turli ko‘rinishlari. Vakolatli fuqarolik jamiyati institutlarining davlat hokimiyati organlari ustidan jamoatchilik nazorati. Davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash mexanizmlari. Jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi va uning ahamiyati.

2

8

Ijtimoiy sheriklik

Ijtimoiy sheriklik tushunchasi va uning talqinlari. Ijtimoiy sheriklikning rivojlanishining nazariy-huquqiy asoslari. Hamkorlik va ijtimoiy sheriklik. Ijtimoiy sheriklikning turlari, maqsad va vazifalari, sub’ektlari, tashkiliy-huquqiy mexanizmlari. Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi va ahamiyati.

2


Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin