Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə44/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Nodavlat sektor — milliy iqtisodiyotning davlat tasarrufida bo‘lmagan sohalari. N.s. g‘arb mamlakatlarida privat, ya’ni xususiy sektor deb yuritiladi. O‘zbekistonda xususiy korxonalar, qo‘shma korxonalar, shirkatlar, kooperativlar, xo‘jalik uyushmalari, aksiyadorlik jamiyatlari, fermer va dehqon xo‘jaliklari N.s.ga kiritilgan. U xususiy mulkning ustuvorligi bilan ajralib turadi va uning milliy iqtisodiyotdagi hissasi turli mamlakatlarda turlicha.
Nodavlat va jamoat tashkilotlari–davlatga qarashli bo‘lmagan, ammo ma’lum qonunlar yoki me’yoriy xujjatlarga bo‘ysungan holda faoliyat ko‘rsatadigan tuzilmalar nodavlat va jamoat tashkilotlari xisoblanadi.
Nolegal — qonunsiz, qonun taqiqlab qo‘ygan, qonunni cheklab qilingan, yashirin.
Nomenklatura (lot. nomenclatura – ro‘xat) — 1) bilim yoki faoliyatning biror maxsus sohasida qo‘llaniladigan terminlarning majmui, nomi; 2) yuqori organ tomonidan yoki alohida tartibda tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslar va lavozimlar ro‘yxati. Sobiq Sovet elitasining nomi.
O‘tish davri–taraqqiyotga to‘siq bo‘lgan avvalgi davlat siyosiy hayoti, ijtimoiyiqtisodiy va ma’naviy negizlari bilan bog‘liq barcha mexanizmlariga javob beradigan yangi mexanizmlarni shakllantirishga ketadigan oraliq vaqt, davr.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi–qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning xujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati–O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ( yuqori palatasi ) xududiy vakillik palatasidar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi–fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sudlov ishlarini yurgizish borasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. Oliy sud tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va respublikaning barcha hududida bajarilishi majburiydir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi–xo‘jalik sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir.
Obod mahalla – xalqimiz, millatimiz nafaqat ko‘rkam, chiroyli, shu bilan birga, aynan tinchlik va osoyishtalik, o‘zaro mehr–oqibat, ahillik, qut–baraka hukumron bo‘lgan joydir.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin