Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə36/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Interpellyatsiya (lot. interpellatio – nutqni bo‘lib qo‘yish) — yuqori qonun chiqaruvchi hokimiyat (parlament) deputatining yoki bir guruh deputatlarning hukumat siyosatining aniq yoki umumiy masalalari bo‘yicha hukumatga yoki uning ayrim a’zolariga so‘rovnoma bilan murojaat qilish. I. hukumat faoliyatini tanqid qilish shakllaridan biri bo‘lib, oppozitsiyada bo‘lgan partiyalarning deputatlari undan foydalanadilar.
Islohot — ijtimoiy hayotning biron-bir tomoni (tartiblar, idoralar, muassasalar)ni tubdan o‘zgartirish, qaytadan tuzish, yangidan tashkil qilish. I. rasman - har qanday mazmundagi yangilikni joriy etish hisoblansada, aslida I. deyilganda ko‘p yoki oz darajadagi ilg‘or qayta o‘zgartirish nazarda tutiladi. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning pirovard maqsadini vaziyatdan kelib chiqqan holda to‘g‘ri belgilab olish muhimdir. I.lar turli mamlakatlarda ularning geografik joylashishi, iqlimi, iqtisodiy, intellektual salohiyati, ma’naviyati, madaniyati, milliy hususiyatlari va b. o‘ziga xos omillardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, madaniy, ma’rifiy, huquqiy va shahar k. sohalarida alohida yoki bir necha sohalarida bir yo‘la I. qilinishi mumkin. I. vaziyatga qarab tadrijiy tarzda, bosqichma-bosqich amalga oshirilsa muvaffaqiyatli bo‘ladi.
Istiqlol (arab. ozodlik, mustaqillik, erkin bo‘lish) — inson, millat, davlatning erkin rivojlana olish imkoniyatini ifodalovchi tushuncha. «I.» so‘zi «mustaqillik» so‘zining o‘zagi hisoblanadi va unga nisbatan birlamchi asos vazifasini o‘taydi. I., asosan, siyosiy jihatdan erkin bo‘lishni anglatadi, mustaqillik - barcha sohalarda to‘la ozodlikka erishilgani, ixtiyori o‘zida ekanini ifodalaydi.
Jadid – arabchadan olingan bo‘lib, “yangi usul” deb nomlanadi. Jadidchilik (XIX asr 80-yillaridan boshlangan) maktabdan, maorifdan boshlangan, so‘ng matbuot, teatr, siyosatga o‘tgan.
Komil inson–ham milliy, ham bashariy mohiyatga ega bo‘lgan, odamzotga xos eng yuksak ma’nvaiy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan oliyjanob g‘oya asosida tarbiyalangan shaxs.
Konsepsiya — siyosiy institutlar faoliyati asosiga qo‘yilgan rahbar g‘oya, yyetakchi fikrdir. U siyosiy amaliyotning bevosita mo‘ljali bo‘lib xizmat qiladi. Uning asosida faoliyatning strategiyasi va taktikasi ishlab chiqiladi.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin