Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»


Demokratiya hususiyatlari



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə32/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Demokratiya hususiyatlari–bu har bir mamlakatda o‘ziga xos tarzda o‘zgarib turadi. Biroq demokratiya quyidagi asosiy hususiyatlari barcha demokratik davlatlar uchun bir xildir.
Devolvatsiya–mamlakat savdo va to‘lov balansining keskin yomonlashuvi, valyuta rezervlarining kamayishi, xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyuta kursining pasyishi bilan bog‘liq holda milliy pul birligi qiymatining rasmiy tartibda pasaytirilishi.
Dezinformatsiya (fr. axborotni inkor etish) — ijtimoiy fikrni chalg‘itish maqsadida tarqatiladigan yolg‘on qalbaki axborot.
Diniy bag‘rikenglik–xilmaxil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zaminga, bir Vatanda oliyjanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashi demakdir.
Dotatsiya–davlat byudjetidan qaytarib bermaslik sharti bilan mablag‘ ajratish; iqtisodiyotga byudjet orqali ta’sir etish vositalaridan biri.
Dunyoviylik tushunchasi plyuralistik, ya’ni xurfikrlik tamoyiliga asoslanadi. Ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiyotning dunyoviy tamoyili tomonidan dinning jamiyat hayotidagi o‘rnini tushunish ham bag‘oyat muhim masala.
Dunyoviylik–ikki qarama qarshi qutbning oralig‘ida joylashgan ma’naviymadaniy xolat. Diniylikni ham, dahriylikni ham inkor etmaydigan, ularning har ikkalasini ob’ektiv ijtimoiy hodisa ekanligini anglatuvchi tushuncha piyuralistik ya’ni hurfikirlik tamoyiliga asoslangan.
Erkin saylovlar–xalqqa o‘z liderlarini tanlash huquqini hamda liderlar va xalqqa o‘z fikrlarini baxsli masalalarda erkin bildirish huquqini beradi. Saylovlarda saylangan shaxslar chindan ham xalqning vakillari ekaligiga ishontirish uchun vaqti - vaqti bilan uchrashuvlar o‘tkazib turadilar. Saylanish imkoniyati bunday vakillarni xalq fikr irodasiga e’tibor berishlarini kafolatlash uchun ko‘mak bo‘ladi.
Erkinlashtirish–mamlakatning demokratik jamiyatga o‘tish va islohotlar o‘tkazish jarayonida mavjud bo‘ladigan turli to‘siqlar, cheklashlar va yon berishga majbur etadigan omillardan qutilishga qaratilgan amaliy faoliyatdir. U demokratik jarayonlarning samarali rivojiga yangi kuch, quvvat va ilxom bag‘ishlash imkoniyatini yaratadi.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin