Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə30/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Davlat hokimiyati – ijtimoiy-siyosiy hokimiyat shakli va jamiyat siyosiy tizimining asosiy muassasasi bo‘lib, jamiyatni boshqarish, fuqarolarning totuvligi hamda davlatning bir butunligini ta’minlaydi. U maxsus kuch ishlatish apparatiga tayanadi va butun aholini qamraydi. Siyosiy hokimiyatning oliy ko‘rinishi. Belgilari: 1) ham tashkilot, ham shu tashkilot maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat; 2) maxsus boshqaruv va zo‘rlik apparatining mavjudligi. U butun aholi rioya qilishi shart bo‘lgan qonunlar chiqarishning mutlaq huquqiga ega va shu qonun va ko‘rsatmalar bajarilishini ta’minlash vositasidan biri sifatida maxsus bo‘ysundirish apparatiga suyanadi.
Davlat hokimiyati vakillik organlari — fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtirokining vakillik shakli. D.h.v.o. vakillik hususiyati ularning saylov yo‘li bilan tashkil etilishi, masalalar jamoa tomonidan erkin muhokama asosida hal qilinishidan, oshkoralikdan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ular saylaydigan, tasdiqlaydigan yoki tayinlaydigan mansabdor shaxslar vakillik organi oldida mas’ul bo‘lishidan va hisob berib turishidan, qonuniylikdan, fuqarolarni davlat ishlarini boshqarish ishiga keng ko‘lamda jalb etishidan, jamoatchilik fikrini doimo hisobga olishidan iborat. O‘zbekiston Respublikasida D.h.v.o. tarkibiga oliy vakillik organi — Oliy Majlis va mahalliy vakillik organlariga — hokim boshchilik qiladigan viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari kiradi.
Davlat organi — davlat mexanizmining tarkibiy qismi bo‘lib, u davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarning muayyan aniq qismini, yo‘nalishini amalga oshiradi va shu maqsadda tegishli davlat-huquqiy vakolatlarga, zaruriy kompetensiyaga ega bo‘ladi (masalan, boshqaruv organlari, sud va nazorat organlari, armiya). D.o. bitta mansabdor shaxsdan yoki muayyan yo‘sinda tashkil­lashgan mansabdor shaxslar guruhidan iborat bo‘lishi mumkin. D.o. sub’yektlariga ko‘ra, shakllanish usuliga ko‘ra, faoliyatini qamrab oluvchi hududiga ko‘ra, kompetentlik xarakteriga, kompetensiyani amalga oshirish usuliga, qarorlar qabul qilishiga, mas’ulligiga, faoliyatining yo‘naltirilganligiga ko‘ra tasnif etish mumkin.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin