Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə38/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Lobbistlar — zarur axborotlarni to‘plashga va hokimiyat organlarini o‘zlari mansub bo‘lgan guruhlar foydasiga qaratilgan qarorlar qabul qildirishga qodir bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislardir. Lobbistlar o‘zlarining mijozlari uchun moliyaviy foyda yoki boshqa imtiyozlarni qo‘lga kiritadilar. Ular tez – tez manfaatli guruhlar bilan siyosiy arboblar, shu jum. qonun chiqaruvchilar va hukumat a’zolari o‘rtasidagi turli kelishuvlarda vositachi rolini bajaradilar va shu bilan mamlakatning siyosiy yo‘lini shakllantirishga muhim ta’sir o‘tkazadilar.
Lobbizm (ing. lobby – yopiq sayr qilish maydonchasi, koridor) — davlat idoralari, qonunchilik, ijroiya, sud hokimiyatlarining mintaqalar iqtisodiyoti ayrim tarmoqlari va sohalarini, korxonalar, ijtimoiy guruhlarni obyektiv zarurat taqozosi bilan emas., balki ma’lum bir manfaatlarni ko‘zlab, ba’zan mansabdor shaxslarni sotib olish (maktublar, OAV, reklama, ommaviy chiqishlar, bayonotlar, bosim o‘tkazish) orqali qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyati.
Lokal (lot. localis mahalliy) — muayyan chegaradan tashqari chiqmaydigan, shu joy uchun xoslik (mas., L. urushlar, jahon urushidan farq qilib, ma’lum mamlakatlarga yoyiladigan, cheklangan hududlardagi urushlar).
Lokaut (ing.lock-out – aynan biror kishi qarshisida eshik yopish) — yuqori qatlam vakillarining ishchilar harakatiga qarshi kuash kallaridan biri bo‘lib, bu korxona egalarining o‘z korxonalarini yopib qo‘yishi, ishchilarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatishda o‘z ifodasini topadi. Korxona egalari zabastovkaning oldini olish yoki bostirish, ishchilarni o‘zlari qo‘ygan talabaridan qaytarish va korxona egalarining shartlarini qabul qildirish maqsadida L.dan foydalanadilar.
Ma’naviyat–xalqimiz asrlar davomida e’zozlab kelgan uch buyuk qadriyatlardan asosiysi. Unda shaxs, millat o‘z taraqqiyoti davomida to‘plagan bilim va ma’nolar majmui o‘z ifodasini topadi.
Mafkura (arab. fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning o‘tmishi, bugungi kuni va istiqboli o‘z ifodasini topadi.
Mahalla — O‘zbekistonda ma'muriy-hududiy birlik; o‘zini o‘zi boshqarishning xalqimiz an’analari va qadri-yatlariga xos bo‘lgan usuli. «Mahalla» atamasi arabcha bo‘lib, «o‘rin-joy» degan ma'noni anglatgan. U turli mintaqalarda mahallot (joy), guzar, jamoa, elat, elod nomlarda atalib kelingan. M. kichik ma'muriy hudud bo‘lishi bilan birga, turmush tarzi, qadriyatlar, an’analar, urf-odatlar umumiyligi bilan bog‘langan kishilar jamoasi birligidir.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin