Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»


Mahalliy davlat hokimiyati organlari



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə39/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Mahalliy davlat hokimiyati organlari (O‘zbekiston Respublikasida) — joylardagi davlat boshqaruv idoralari. Ular mahalliy ahamiyatga molik hamma masalalarni o‘z vakolatlari doirasida o‘zlari hal etadilar, umumdavlat mafaatlarini shu hududda yashab turgan fuqarolarning manfaatlari bilan uy-g‘unlashtiradilar, yagona davlat hokimiyati organlarining tarkibiy bo‘g‘ini sifatida yuqori davlat organlari qarorlarining amalga oshirilishini ta’minlaydilar. M.d.h.o.: qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlar belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish; mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash; normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish — hokimiyatning bir turi; fuqarolarning joylarda davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini ta’minlash, davlatning ayrim funktsiyalarini amalga oshirish vositasi. Ko‘pchilik mamlakatlarda mahalliy miqyosda davlat hokimiyati organlari tashkil etilmay, u erda faqat M.o‘.o‘.b. organlari tuziladi. Masalan, Rossiyada aholi hokimiyatning vakolatli organlari (munitsipial yig‘ilishlar, kengashlar, qo‘mitalar va shu kabilar), fuqarolarning tegishli boshqaruv organlari (mahalliy ma'muriyat), yig‘inlari va boshqalar M.o‘.o‘.b.ni amalga oshiradi. M.o‘.o‘.b. organlari, odatda, davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. M.o‘.o‘.b. organlarining tuzilishini aholi o‘zi mustaqil belgilaydi. M.o‘.o‘.b. organlariga qonun asosida ayrim davlat vakolatlari berilishi mumkin, bu vakolatlar davlat nazorati ostida amalga oshiriladi. O‘zbekistonda joylarda mahalliy davlat hokimiyati organlari ham, M.o‘.o‘.b. organlari ham mavjud. Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari xisoblanadi.
Manfaat — individ va ijtimoiy guruhlar faoliyatining asosiy sababi. M. faoliyatni keltirib chiqaribgina qolmay, uning yo‘nalishi, vosita va shakllari, maqsadini ham belgilab beradi. M. turlari bir necha belgilar asosida tasnif qilinadi. M. subyektiga ko‘ra, shaxs, guruh va jamiyat m.lariga bo‘linadi. M. qaysi ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liqligini hisobga olib moddiy va ma'naviy m.larga bo‘linadi. Ma'naviy m.lar esa, o‘z navbatida, siyosiy, ruhiy, axloqiy va b. turlarga bo‘linadi.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin