Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»


Davlatning bosh islohotchiligi tamoyili



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə31/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Davlatning bosh islohotchiligi tamoyili. Davlat–iqtisodiy o‘zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisidir. Ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan hozirgi bozor–davlat tomonidan tartibga solib turadigan bozordir.
Davlatning nazorat etilishi–demokratik davlatlar biror bir tarmog‘ini juda kuchli bo‘lib ketishini oldini oladigan turli xil tartibga solish ishlarini amalga oshiradi. Barcha demokratik davlatlarda, hukumat amaldorlari qonunga bo‘ysunadilar va xalq oldida mas’ul hisoblanadi. Amaldorlar qonuniy hattiharkatlari yoki boshqa bir qator sababli ishdan bo‘shatiladilar.
Demokratik ong – kishilarning ozodlik, erkinlik, ijtimoiy adolat, fikrlar xilma-xilligi, oshkoralik va muloxazalar erkinligi haqidagi xis-tuyg‘ulari, qarashlari, g‘oyalari, nazariyalarning majmuidir. Demokratik ong ham yangi xodisa, ammo chuqur tarixiy ildizlarga ega. Xalqning ozodlik, erkinlik, adolat, oshkoralik, muloxazalarining xilma-xilligi haqidagi o‘ziga xos intilishlari, qarashlari udumlari asosida bunday ongning tarixiy zaminlari bor.
Demokratik parlamentarizm–parlamentning faoliyatini demokratik tamoyillar asosida tashkil etish tushuniladi. Buning uchun parlament keng demokratik saylovlar asosida tashkil etilishi kerak.
Demokratik tadbirlar — saylovlar, saylangan mansabdor shaxslarning hisobotliligi, vakillarni chaqirib olish, qonun loyihalari va boshqa xujjatlarni umumxalq muhokamasi, referendumlar, so‘rovlar, namoyishlar, yig‘ilishlar, s’ezdlar, chet el tashriflari va hokazo xalqning davlat va jamiyat ishlarida keng qamrovli va samarali ishtirokini ta’minlovchi tadbirlar. Ammo bularning mavjudligi hali jamiyatda demokratlashtirish yalpi tus olganligini bildirmaydi.
Demokratik tamoyillar — hokimiyat asosiy organlarining saylanishi, siyosiy plyuralizm, qarorlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinishi, kamchilikning o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lishi va uni oshkora ifodalash hamda himoya qila olish huquqi.
Demokratiya –“Demokratiya” so‘zi xalq hokimiyati degan ma’noni anglatadi. Bu hukumat shakli, bu hayot yo‘li, bu maqsad yoki ideal, ya’ni eng yuksak orzu va siyosiy falsafa. Bu termin xukumatning demokratik shakliga ega mamlakat uchun ham tegishlidir Demokratiya ( ya’ni hukumatning demokratik shakliga ega mamlakat ) fuqarolari hukumat ishida bilvosita yoki bevosita qatnashadilar. Bilvosita demokratiyada–bu ko‘pincha “sof demokratiya” deb ham ataladi, odamlar o‘z jamoalari uchun zarur qonunlar ishlab chiqish maqsadida bir joyda uchrashadilar.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin