Namangan davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti 201-guruh talabasi mashrabboyev mirjalolning raqamli tarix fanidan mustaqil ishi

Yüklə 0,88 Mb.
tarix08.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#94979
Mirjalol. [Raqamli tarix]

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI 201-GURUH TALABASI MASHRABBOYEV MIRJALOLNING RAQAMLI TARIX FANIDAN MUSTAQIL ISHI

DUNYO BO‘YLAB IKKINCHI SAYOHAT

Inglizlardan birinchi bo'lib dengizchi va korsar (dengiz qaroqchisi) ser Frensis Dreyk dunyo bo'ylab sayohat qildi (1577-1580). U Gravelin jangida (1588) Yengilmas armada - ispan flotini tormor qilgan ingliz flotiga qo'mondonlik qilgan.

1577-yil noyabrda ingliz qirolichasi Yelizaveta I Dreykni Amerikaning Tinch okeani havzasidagi qirg'oqlariga ekspeditsiyaga yubordi.

Sayohatning rasmiy maqsadi yangi yerlar, xususan Avstraliyani ochish bo'lsada, aslida Dreyk Amerikaning Tinch okeani qirg'oqlaridagi Ispaniyaga tegishli qirg'oqlariga hujum qilib, iloji boricha ko'proq oltinni qo'lga kiritishi lozim edi.

Dreyk to'rtta kemada Plimutdan yo'lga chiqdi. 1578-yil aprelda u La-Plata daryosining quyilish joyiga yetib bordi, janubga qarab yurgan Dreyk Patagoniya qirg'oqlarida qulay gavanni uchratdi.

Uning hamrohlaridan biri patagonliklarni shunday ta’riflagandi: «Ular juda xushmuomala va rahmdil odamlar bo'lib chiqishdiki, biz hech qachon, xristianlar orasida ham bunaqasini uchratmagan edik...»

Dreyk flotiliyasi Magellan bolg‘ozi orqali Tinch okeaniga chiqqanda dovul boshlanib qoladi. Kemalardan biri izsiz yo'qoladi, bo'ron orqaga uloqtirib tashlagan yana bir kema amallab Atlantika okeaniga chiqib oladi va Angliyaga qaytadi, uchinchisini esa ilgariroq yoqib yuborishga to'g'ri kelgandi.

Faqatgina «Pelikan» kemasigina Tinch okeanidan suzib o‘tishga muvaffaq bo'ldi va unga «Oltin bug‘u» deb qaytadan nom berildi. Ikki oy ichida bo'ron uni janub yo'nalishida uzoq-uzoqlarga olib ketdi. Oktabr oxirlarida dengizchilar janub tom onidagi eng chekka orolni ko'rib qoladilar.

Cheklanmagan suv havzasining ochilishi Dreykka Olovli Yer sirli janubiy materikning bo'rtib chiqib turgan joyi emas, balki bir-biriga yaqin orollardan iborat arxipelag ekanligi, uning ortida chegarasi yo'q dengiz cho'zilib ketganligini isbotlashiga imkon berdi.

Antarktida ochilgandan keyin u bilan Olovli Yer o'rtasidagi keng dara Dreyk bo‘g‘ozi deb ataldi.

Dreyk ispan portlariga hujum qilishda davom etgan holda Tinch okeani qirg'oqlari bo'ylab oldinga yurdi. Shundan keyin u Tinch okeanini kesib o'tib, Molukka orollariga chiqdi va Afrikani aylanib o'tib, 1580-yil sentabrda Angliyaga qaytib keldi.

U o'zi bilan Angliyaning bir yillik daromadidan ikki barobar ko'p qiymatga ega bo'lgan oltin-javohirlar olib keldi. Ushbu ekspeditsiyasi uchun Dreykka ritsarlik unvoni berildi.

E'tiboringiz uchun rahmat

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin