Arxiv hujjatlaridan foydalanish shakllari bu – arxivlar tomonidan foydalanishni har bir yo‘nalishi bo‘yicha bajariladigan ishlar. Qoidaga ko‘ra har bir foydalanish shakli bo‘yicha muayyan axborot hujj
Arxiv hujjatlaridan foydalanish shakllari bu – arxivlar tomonidan foydalanishni har bir yo‘nalishi bo‘yicha bajariladigan ishlar. Qoidaga ko‘ra har bir foydalanish shakli bo‘yicha muayyan axborot hujjatlari tuziladi.
– ilmiy va madaniy-ma’rifiymaqsadlarda axborot tadbirlari
(hujjatlar ko‘rgazmasi, ommaviy axborot vositalarida hujjatlardan foydalanish, ma’ruzalar, ekskursiyalar tashkil qilish va
boshqalar)ni
So‘rovnomalarni arxiv ilmiy ma’lumotnoma apparati asosida bajarish ro‘yxatga olingan kundan 15 kunni tashkil qiladi. Bunday so‘rovnomalar ro‘yxat, kataloglarni ko‘rib chiqish asosida,arxiv hujjatlariga murojaat qilmasdan bajariladi. Arxiv hujjatlariga tegishli so‘rovnomalarni bajarish muddati 30 kundan
oshmasligi kerak. Ijtimoiy-huquqiy so‘rovnomalarni ham bajarish muddati 30 kun hisoblanadi. Bunda arizachini oraliq natijalar to‘g‘risida xabardor qilib turiladi.
Birinchi navbatda davlat hokimiyati organlari, boshqaruv, sud va prokuratura organlarini ularning faoliyati bilan bog‘liq so‘rovlari bajariladi.
Arxiv arizachini so‘rovlariga javoblarni quyidagi axborot hujjatlari shaklida taqdim qiladi:
Arxiv ma’lumotnomasi – arxiv tomonidan tayyorlangan va
tasdiqlangan, yuridik kuchga ega bo‘lgan (tasdiqlovchi yoki tasdiqlamaydigan) so‘rov predmetiga tegishli, hujjatni (arxiv shifri)
izlash bo‘yicha ma’lumotlari ko‘rsatilgan holda arxiv hujjatlari
ma’lumotlari to‘g‘risidagi hujjat.
Arxiv nusxasi – arxiv hujjatini so‘zma-so‘z aks ettiruvchi, so‘rovnoma predmetiga tegishli bo‘lgan va arxiv tomonidan tayyorlangan va tasdiqlangan hujjat.