O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY-MADANIY FAOLIYAT KAFEDRASI
Ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasida reklama
fani bo’yicha
MA'RUZA MATNI
Namangan -2014
Tuzuvchi: B.B. Inatullayev, Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-madaniy
faoliyat kafedrasi o’qituvchisi
Taqrizchi: Z.U. Haydarov, Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-madaniy
faoliyat kafedrasi katta o’qituvchisi, t.f.n.
K I R I SH
Mamlakatimiz jadallik hamda o‘ziga xos qiyinchiliklar bilan bozor iqtisodiyotiga
moslashayapti. O‘zining tuzilishi bilan yetarlicha qiyin bo‘lgan bu jarayon
fuqarolarning dunyoqarashi va o‘zini tutishi jihatidan juda katta vazifalarni o‘rtaga
qo‘yadi. Hozirgi kecha-kunduzda ijtimoiy hayotni reklamalarsiz tasavvur etib
bo‘lmaydi. Chunki reklama kundalik ehtiyojga, aniqroq qilib aytganda bozor
talabiga aylanib qoldi.
Reklama shiddat bilan ijtimoiy hayotimizga kirib kelmoqda. XX asr
tarixga ilmiy-texnika taraqqiyoti davri bo‘lib kirgan bo‘lsa, XXI asr axborot
texnologiyasi davri bo‘ladi. Chunki dunyoning bu chekkasidagi axborot manbalari,
yangiliklar, xabarlar tez sur'atlar bilan dunyoning u chekkasida namoyon
bo‘lmoqda. Axborotlarning bunday tez tarqalishi jamiyat a'zolariga, ijtimoiy
hayotimizga, insonlarning turmush tarziga, kundalik hayotiga kuchli ta'sir etadi.
Reklama axborotning san'at darajasidagi ommaviy turi bo‘lib, u turli uslublar
orqali mahsulotlar va xizmat turlarining belgilari va texnologiyalarini yorituvchi
vositadir. Uning ahamiyati, ayniqsa jamiyatda ishlab chiqaruvchi kuchlar o‘rtasida
raqobatning kuchaygan bir davrida oshib boradi. Reklama bu – aholiga mahsulot
yoki biror xizmat turi haqida axborot berish, uning afzalligi va imkoniyatlarini
tushuntirish demakdir. Reklama mahsulotning kelib chiqishi yoki xizmat turining
afzalliklarini, unga bo‘lgan ehtiyojning darajasini ham o‘zida aks ettiradi.
Reklamada mahsulot haqidagi axborotlar bozorning to‘rtta talabini ham o‘z ichiga
oladi. Bu – mahsulot, narxlar, sotuv va targ‘ibot. Reklama tashkiloti – turdosh
reklama agentliklari ma'lumotlarini umumlashtirib reklamaning yangi formasini va
uning tarqatilishini boshqaradi.
Demak, reklama biror korxona, muayyan turdosh buyum, xizmat yoki
ijtimoiy harakatning el orasida nom chiqarishini ta'minlash uchun tovarga,
xizmatga odamlar diqqatini jalb etish, bularni keng ma'lum qilish, ular to‘g‘risidagi
ma'lumotlarni tarqatish maqsadida olib boriladigan faoliyatdir. Mohirlik bilan
tashkil etilgan reklama bozordagi xaridorlarning xohish-istagi va iste'molchilarning
xatti-harakatlarini boshqarib borishda yordam beradi.
REKLAMA VA UNING TARIXI
Reja:
1. Reklama tushunchasi
2. Reklamaning tarixiy ildizlari
Reklama tushunchasi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichida mahsulotlar
ishlab chiqarishning turlari nihoyatda ko‘paydi. Ayni paytda raqobat ham kuchayib
bormoqda. Raqobat aslida bu yaxshi ma'noda sifat uchun kurashishdir. Bozor
manfaatlari aynan shu raqobat asosiga quriladi. Yaxshiroq bir kerakli mahsulot
ishlab chiqarish, ko‘proq sotish, foyda olish uning asosiy mezonidir. Reklama esa
bunga yanada yordam beradi. Binobarin, reklama ko‘zga tez tashlanadi. U
daromad to‘g‘risidagi ijtimoiy fikrni o‘stiradi. Natijada tadbirkorlar imkon qadar
yangilikka intiladi.
«Marketing», «Reklama» so‘zlari shiddat bilan hayotimizga kirib keldi,
ayniqsa bu tushunchalar XX asrga kelib juda rivojlanib ketdi. Marketing – ingliz
tilida «Bozor» ma'nosini bildirsa, reklama so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib,
«Reclamare» - chaqiriq, baqiriq, jalb qilish ma'nosini bildiradi. Ingliz tilida esa
«Adverting». Reklama to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot, ya'ni «Informatsiya» bilan
bog‘liq bo‘ladi. Chunki har bir reklama zamirida axborot ma'lumot yotadi.
Informatsiya termini ham lotincha bo‘lib, «Informatio»dan kelib chiqqan.
Reklamadan hozirgi vaqtda jahon ishlab chiqarish amaliyotida keng
foydalanilmoqda.
«Savdo», «Sotuv», «Marketing», «Reklama» terminlari har doim ham
o‘zining aniq ifodasida ishlatilavermaydi, gohida ular bir-biriga qarshi qo‘yiladi,
gohida esa ulardan o‘zaro almashtirib foydalanadilar. Bu tushunchalardan ba'zilari,
ayniqsa «marketing» va «reklama»ni rivojlantirish foydali. Marketing tushunchasi
ko‘p aniqliklarga ega. Ular orasida tor va keng ma'noli tushunchalar bor.
Marketing tor ma'noda bu oddiy sistema, firma yoki korxonaning bozor mo‘ljalini
boshqarish faoliyatini ta'minlaydi. Shu nuqtai nazardan marketing – bu
texnologiyaning unumli o‘tkazilishidir. Umuman marketing tushunchasi keng
qamrovli. Unda tovar ishlab chiqarish tashkiloti, xarid, sotuv, sotuvda
ko‘maklashish, moliyaviy marketing xizmati, sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish,
jamoat bilan aloqa va haqiqiy reklama. Marketing – juda og‘ir jarayon. Juda ko‘p
hollarda zafar yoki muvaffaqiyatsizlikni aniqlaydigan yagona tovar yoki xizmat
ko‘rsatishlar sotilishi omilidir.
Tovarlarning xaridorlarga o‘tishi hamisha ham o‘z-o‘zidan bo‘laveradigan
ish emas. Tovar tanqis bo‘lib turgan sharoitlardagina bozor tovarning sifati, bahosi,
qanday maqsadlarda ishlatilishi, mavsumiyligi va talabni yuzaga keltiruvchi
boshqa omillarni ko‘p surishtirmay, hammasini hazm qilaveradi. Shu bilan birga,
bunda tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talab qondirilmay qolaveradi.
Risoladagidek rivojlanib borayotgan bozor sharoitlarida buyumlarni
iste'molchi oladigan bo‘lishi uchun ularning ko‘pchiligini tegishlicha hozirlash,
faollik bilan tijorat targ‘ibotini olib borish kerak bo‘ladi. Ana shu o‘rinda
xaridorlarning diqqatini tovarlarga jalb qilib, odamlarning qiziqishi va xohishi
istagiga ta'sir o‘tkazadigan, rusum bo‘lib qolgan talablar o‘rniga yangilarini yuzaga
keltiradigan reklama muhim bo‘lib qoladi. Mana shunday reklama talab-
ehtiyojlarni shakllantiradi.
F. Kotler fikricha, marketing strategiyasi o‘zgarishining bosh moyilligi
strategiyadan yo‘nalish bo‘ylab kengaygan, tovar sotilishiga qaratilgan mijozga
markazlashgan ta'sir o‘tkazishdir. Oddiy qilib aytganda, agar boshidan kimdir
ishlab chiqarsa yoki tovarni ulgurji partiyasini sotib olsa, keyin qanday sotish
yaxshiligini o‘ylasa, u holda bu birinchi strategiyaning namuna nusxasi bo‘ladi.
Agar kommersiya faoliyatini o‘rganishdan boshlansa, ya'ni kimga hozir nima kerak
ma'nosida o‘rganilsa ish faoliyati yaxshi natijalar berishi mumkin.
Iqtisodiy keskin burilish bugungi kundagi vaziyatda mamlakatdagi ko‘plab
yirik ishlab chiqarish korxonalarining, tashkilotlarning ish faoliyatini qayta ko‘rib
chiqishni talab qiladi. Shundan kelib chiqib ular o‘z imkoniyatlari doirasida ishlab
chiqara oladigan tovarlari uchun talabni o‘rganadilar. Shu bilan birga kutilmagan
tezlikda jadal rivojlanayotgan firmalar mijoz muammosiga katta e'tibor qarata
boshlaydilar, to munosib ishlab chiqilgan marketing dasturlari paydo bo‘lgunga
qadar, yaxshi an'analar asosida qurilgan, yo‘llangan mijoz yondashuviga
tayaniladi.
Reklama tarixi. Reklamaning sodda ko‘rinishlari eramizdan avvalgi asrlarga borib
taqaladi. Reklamalar dastlab og‘zaki tarzda namoyon bo‘lib, chaqiriq, baqiriq, jalb
qilish ko‘rinishida bo‘lgan. Jumladan, qadimiy Sharqda ham reklama dastlab juda
tushunarli va kerakli ko‘rinishda og‘zaki tarzda amalga oshirilgan. Sharq
bozorlaridagi «Obqoling, kebqoling», «olganlar darmonda, olmaganlar armonda»
qabilidagi iboralar ota-bobolarimizning reklamadan yaxshi foydalanganliklariga
dalil bo‘ladi. Oldi-sotti ishlarida molning kamchiligini aytib sotish, torozidun
urmaslikka, odob-axloq, halollikka rioya qilish ajdodlarimizdan o‘tgan ma'naviy
qadriyat ekanligini ta'kidlash joiz.
Qadimgi bozor peshtaxtalarida mevalarning did bilan terib qo‘yilishi,
xaridorlarni baqiriq-chaqiriq bilan jalb qilish Sharq bozorlariga fayz kiritgan.
Hunarmandlar mahallalardagi do‘konlarda mahsulotlarini osib, terib qo‘yib
xaridorga tavsiya etganlar. Ustalar mijoz bilan muomala qilish odobini ham hunar
bilan bir qatorda shogirdlariga o‘rgatganlar. Do‘konga kirgan xaridorlarga bir
piyola choy uzatib, o‘z mollarining sifati, narxi haqida suhbatlashganlar. Savdo-
sotiq madaniyati o‘rta asrlardan rivojlanib kelgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Dastlabki yozma reklama matni Londondagi muzeyda saqlanadi. U Misr
papirusiga yozilgan bo‘lib, qul savdosi to‘g‘risida bo‘lgan. «U yaxshi ko‘radi,
eshitadi, sog‘lom, buyurgan ishlaringizni itoat bilan bajaradi...»degan so‘zlar
yozilgan. Qadimiy Misrning Memfis shahrida toshga o‘yib yozilgan reklama matni
topilgan. Unda shunday satrlar bor: «Men Mimos, Gipr orollaridan bo‘lib, shu
yerda yashayman. Ollohning roziligi bilan tushlaringizni kelishilgan narxda
izohlab beraman».
Qadimiy Rimda reklama uchun maxsus devorlar qurilgan bo‘lsa-da, boshqa
devorlarda ham reklamalar to‘lib ketgan. Rim ma'muriyati qaror chiqarishga
majbur bo‘lgan. Qarorda «Devorga yozish mann etiladi, kimki yozsa, unga g‘am,
alam, omadsizlik bo‘lsin» deyiladi. Antik alloma faylasuf Lutsiyaning Anney
Seneka bundan 2000 yil ilgari o‘zining do‘stiga yozgan maktubida ko‘chadagi
chaqiriq va baqiriqlardan bezor bo‘lganini yozadi. Chunki u shahar markazida
istiqomat qilar edi.
XV-XVII asrlardagi yevropa reklamalari ko‘proq import va eksport tovar
mahsulotlari haqida bo‘lar edi. Masalan, kofe birinchi marotaba 1625 yilda
gazetalar orqali reklama qilingan. Kakao 1657yil, choy esa 1658 yildan reklama
qilinib, qaysi bozorda xarid qilish mumkinligi ko‘rsatilgan.
AQShda birinchi reklama 1704 yil 1 mayda «New Litlle» gazetasida
berilgan. Keyinchalik fan-texnika taraqqiy etib borib, radio kashf etilgandan so‘ng
u asosiy axborot vositasi bo‘lib qoldi. Dastlabki radio reklama AQShda 1922
yilning 28 yanvarida 10 minutcha davom etib, 100 dollarga rasmiylashtirilgan.
Filodelfiyalik Volni Palmer birinchilardan bo‘lib Amerika reklamasiga asos
solgan. U 1841 yildan boshlab gazetalarda reklamalarni joylashtirish evaziga
gazetadan tushayotgan daromadning 2 %iga ega bo‘ladi.
XIX asrda Jorj Rauel Amerikada eng kuchli reklama agentligini tashkil
etadi. 1869 yilda Rayel birinchi marotaba «Amerikanskiy gazetno‘y spravochnik
Rauela» ni chop etib, unda 500 dan ortiq Amerika va Kanada gazetalaridagi
ma'lumotlarni jamladi. Rauelning bu nashri hozirgi davrdagi «FUEYeR»ning
gazeta va jurnallardagi reklama spravochnigi»ga asos bo‘ladi.
Yana bir reklama kompaniyasining asoschisi Frensis Uelend Eyer reklama
ishiga yangilik kiritadi. 1875 yil Eyer reklamadan keladigan daromadning 12,5 %
i, keyinchalik 15 % ini nashriyotdan oladigan bo‘ldi. Bu kelishuv hozirgi kungacha
qo‘llanib kelinmoqda. Reklama biznesida bu kelishuv juda mos tushgandir. Nyu
Yorkda tashkil etilgan Jorj Beton reklama agentligi jahonda eng nufuzli agentlik
bo‘lib, uning 1891 yildagi daromadi 3 milliard dollardan oshar edi.
Reklama doimiy huquq va iqtisodiyot orasida talash bo‘lgan. U har doim
ezgu maqsadlarda foyda uchun xizmat qilgan.
Reklamaning eng sodda ko‘rinishlari uzoq o‘tmishga borib taqalsa-da, XIX
asrning o‘rtalarida juda katta jamoatchilik ehtiyojiga aylandi. XIX asrning
oxirlarida AQShda, XX asrning 30-yillarida Fransiyada dastlabki reklama
agentliklari faoliyat boshlab, hozirda juda katta taraqqiyotga erishdi. 1839 yilda
Lui Dagerning fotografiyaga asos solishi reklama taraqqiyotidagi navbatdagi
bosqich bo‘lsa, 1920 yili AQShning Pittsburg shahridagi ilk eshittirish, 1941 yili
dastlabki televizion ko‘rsatuvning efirga uzatilishi reklamaning mislsiz
taraqqiyotiga omil buldi. 1969 yilda Isherpetning kashf etilishi
dastlabki
reklama hayot'i uchun muhim voqyea bo‘lmasa-da, hozirda bu tarmoq orqali
tushayotgan fond ham salmoqli bo‘lmoqda. Aslida reklama so‘zi taxminan 1850
yilda paydo bo‘lgan bo‘lib, u jismoniy shaxslar mahsulot, shu jumladan, tovar
belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi hamda texnologiyalari to‘g‘risida har qanday
shaklda va har qanday vositalar yordamida qonun hujjatlariga muvofiq tarqatiladigan
maxsus axborotdir.
XIX asrga kelib yevropada ham reklama ishi rivojlanib ketdi. Reklama
agentliklari va kompaniyalari katta pul topa boshladilar, raqobat kuchaya boshladi.
Albert Lasker reklama ishida yangi davrni boshlab berdi. So‘z ustalarini jalb qilib,
shunday reklama matnini tuzadiki, XX asr boshlarida «Lord va Tomas»
yevropadagi eng yirik reklama firmasiga aylanadi.
1923 yili «Lord va Tomas» reklama agentligi xodimlari birinchi marotaba
reklama ishi bo‘yicha o‘quv uslubiy qo‘llanma yozganlar. Bunday reklama
agentligi ishlarining rivojlanishi reklama biznesining va reklama ishining yanada
taraqqiy etishiga olib keldi.
Bundan bir asrdan ortiqroq muqaddam Atlantada, to‘g‘rirog‘i Jorjiya
shtatida farmatseft Jon Pemberton o‘zining iqtisodiy ahvoli unchalik yaxshi
bo‘lmaganligi sababli o‘zini boshqa jihatdan sinab ko‘radi. Uning ishi yurishib
ketadi. U dunyoda o‘sha vaqtda yagona bo‘lgan mahsulot yaratadi. Ya'ni shu
mahsulot Dune reklama va marketingini yuqori pog‘onaga ko‘taradi. U 1886 yili
bir o‘simlik va yong‘oqning hidini beruvchi, jigarrang xushta'm sirop yaratdi.
O‘sha yili 1 mayda Pembertonning yaleksiri har stakani besh sentdan yaxob tarzida
sotiladi. Muvaffaqiyat ketma-ket kela boshlaydi. 29 may Atlantaning «Djornl»
gazetasida mazkur ichimlik katta sahifada reklama qilindi. Shahar aholisi yopirilib
kela boshladi. Bu hozirgi maxsus «Koka-kola» ichimligi edi. Muhimi shundaki
o‘shanda ham hozir sha mshu ichimlik reklamasi matnida quyidagi so‘zlar
uchraydi: Sifatli ichimlik, alkogolsiz xushta'm va mashhur ichimliklar mamlakati,
chanqoq vaqtni bilmaydi, Amerika hayot tarzining umumiy ramzi, yoz
mobaynidagi mo‘jiza.
1949 yili Kanadada bo‘lib o‘tgan xalqaro kongressda «Reklama ishining
kodeksi» qabul qilindi. Bu kodeksni 14 ta davlat tasdiqlagan. Bu qonunda xalqaro
reklamalar normativi, reklama etiketkasi va etikasi to‘g‘risida gapiriladi.
XX asrda yevropadagi yirik korxona va idoralar o‘zlari ishlab chiqarayotgan
mahsulotlarni reklama firmalari va agentliklari orqali targ‘ib qila boshladilar.
Reklama ishbilarmonlarining eng asosiy va birinchi ish qurollari, yutuqlarining
garovigina bo‘lib qolmay, o‘sha firma tashkilotining yuzini ochib beradigan keng
targ‘ibot vositasi ham bo‘lib qoldi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra hozirgi kunda vatanimizda yuzdan ortiq milliy
va xorijiy reklama agentliklari yuksak bosmaxona bazasi va tadqiqot markazlari
yordamida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Uzoq tarixiy tajriba asosida sifat o‘zgarishlariga erishiladi. Bu yo‘l oddiy
axborot tarqatishdan boshlanib unga nisbatan shartli reflekslarning paydo bo‘lishi,
axborotni o‘ziga singdirish, ongli ravishda unga munosabat uyg‘otishgacha
bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi.
Tayanch so‘z va iboralar: marketing, reklama, reklamaning maqsadi,
reklamaning vazifalari, reklamaning turlari, reklamaning ta'sir qilish omillari,
reklamaning ifoda etish omillari, to‘g‘ri reklama, reklama agentligi, maqsadli
bozor, reklama faoliyatining psixologik tuzilishi, reklama faoliyatining ijodiy
strategiyasi
Nazorat savollari:
1. Reklama so‘zining ma'nosi nima ?
2. Reklama mahsulotlari tayyorlashning tarixiy ildizlari haqida nimalarni
bilasiz?
3. Ilk reklama qachon va qaerda paydo bo‘ldi?
4. Reklama bilan bog‘liq olimlarni qarashlarini aytib bering?
5. Qadimgi sharqda reklama qanday bo‘lgan?
IJTIMOIY MADANIY FAOLIYAT SOHASIDA REKLAMA VA UNING
JAMIYATDAGI O’RNI
Reja:
1. Reklamaning jamiyat hayotida tutgan o‘rni
2. Reklama maqsad va vazifalari
Reklamaning jamiyat hayotida tutgan o‘rni. Reklamaning sodda ko‘rinishlari
eramizdan avvalgi asrlarga borib taqaladi. Reklamalar dastlab og‘zaki tarzda
namoyon bo‘lib, chaqiriq, baqiriq, jalb qilish ko‘rinishida bo‘lgan. Jumladan,
qadimiy Sharqda ham reklama dastlab juda tushunarli va kerakli ko‘rinishda
og‘zaki tarzda amalga oshirilgan. Sharq bozorlaridagi «Obqoling, kebqoling»,
«olganlar darmonda, olmaganlar armonda» qabilidagi iboralar ota-
bobolarimizning reklamadan yaxshi foydalanganliklariga dalil bo‘ladi. Oldi-sotti
ishlarida molning kamchiligini aytib sotish, torozidun urmaslikka, odob-axloq,
halollikka rioya qilish ajdodlarimizdan o‘tgan ma'naviy qadriyat ekanligini
ta'kidlash joiz.
XX asrda yevropadagi yirik korxona va idoralar o‘zlari ishlab chiqarayotgan
mahsulotlarni reklama firmalari va agentliklari orqali targ‘ib qila boshladilar.
Reklama ishbilarmonlarining eng asosiy va birinchi ish qurollari, yutuqlarining
garovigina bo‘lib qolmay, o‘sha firma tashkilotining yuzini ochib beradigan keng
targ‘ibot vositasi ham bo‘lib qoldi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra hozirgi kunda vatanimizda yuzdan ortiq milliy
va xorijiy reklama agentliklari yuksak bosmaxona bazasi va tadqiqot markazlari
yordamida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Uzoq tarixiy tajriba asosida sifat o‘zgarishlariga erishiladi. Bu yo‘l oddiy
axborot tarqatishdan boshlanib unga nisbatan shartli reflekslarning paydo bo‘lishi,
axborotni o‘ziga singdirish, ongli ravishda unga munosabat uyg‘otishgacha
bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi.
Reklamaning maqsadi. Reklama materiallari ko‘p maqsadlar uchun xizmat qiladi,
hattoki reklama bir maqsadni ko‘zlaydigandek ko‘rinsa ham to‘g‘risini aytganda
bu umuman bunday emas.
Reklamaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
- Potensial xaridorlarning e'tiborini tortish.
- Xarid qilingan tovar xaridor uchun qanday foydali ekanligini ko‘rsatish.
- xaridorga tovarni qo‘shimcha o‘rganishi uchun sharoit yaratish.
- Tovar yoki xizmat to‘g‘risida iste'molchida aniq bilish darajasini
shakllantirish.
- Sotuvchi yoki ishlab chiqarish firmalarining imidjini yaratish va yana
iste'molchi va ishbilarmon sheriklar uchun savdo va sanoat markalarini tayyorlash.
-Ushbu tovarda, xizmatda ehtiyojni shakllantirish.
-Firmaga ijobiy munosabatni shakllantirish.
- Potensial xaridorda aynan shu reklama qilinayotgan tovarni faqat
raqibidan emas, balki, shu firmadan xarid qilishga undash.
- Sotilgan tovar, xizmatlar uchun rag‘batlantirish.
- Tezkor tovar aylanishiga imkon yaratish.
- Xaridordan har doimgi mijoz, aynan shu firmaning tovaridan xarid etishga
undan va maqsadga yetish.
- boshqa firmalarda ishonchli sherik obrazini yaratish.
- Iste'molchiga firma va uning tovari haqida eslatish.
Tajribada reklama juda kam hollarda bir maqsadni ko‘zlaydi, qonundagidek,
bir reklama tadbirida maqsadlar kesishadi.
Reklama faoliyati boshidan oxirigacha bozorni chuqur o‘rganishga
asoslanadi.
Ma'lum bir maqsadga qaratilgan reklamaning vazifalari quyidagilardan
iborat:
- korxona obro‘-e'tiborini ko‘tarish. Tovarni tayyorlagan korxona xaridorga
tanish va yaxshi nom chiqargan bo‘lsa, ana shu taqdirdagina xaridor tovarni yuqori
bahoda sotib olishga tayyor turadi;
- mazkur tovarga ehtiyoj paydo bo‘lishiga ko‘maklashish, ya'ni talabni
yuzaga keltirish;
- iste'molchilarga tovar to‘g‘risidagi zarur axborotni berish;
-tovarlarni o‘tkazish, sotishni ta'minlash, shu sohada erishilgan natijalarni
qo‘llab-quvvatlash va kengaytirib borish.
Reklama faoliyatining asosiy tamoyili, muvaffaqiyatining muhim sharti
xaridor eslab qoladigan va konkret tovarni xayoliga keltiradigan reklamani doimiy
muomalaga kiritishdir. Mana shuning uchun ham korxona reklamasining asosiy
mavzui o‘zgarmasligi kerak; tovarga va uni tayyorlab chiqargan korxonaga
ishonch hosil qilish; mijozlarning ehtiyojlaridan kelib chiqish.
Reklama iste'molchining ruhiyati, xarid qilinadigan narsani tanlab olishdagi
rag‘batlarini o‘rganish va tahlil qilib chiqish bilan mahkam bog‘langan: mazkur
tovarga muayyan obraz (imidj) berish; tovarning firma nomi, tashqi ko‘rinishi va
o‘rovlari qanday bo‘lishini ishlab chiqishdan oldin potensial xaridorlar doirasini,
ularning madaniy saviyasini, urf-odatlari, o‘rganishlari va boshqalarni har
tomonlama tahlil qilib, aniqlab olish kerak.
Dostları ilə paylaş: |