Namangan davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi


Har bir loyihani belgilovchi 4-asosiy omil mavjud



Yüklə 11,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/89
tarix06.07.2023
ölçüsü11,74 Mb.
#135841
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   89
INVESTITSION LOYIHALARI TAHLILI

Har bir loyihani belgilovchi 4-asosiy omil mavjud: 
1. 
Loyiha ko‘lami (kichik loyiha, megaloyiha)

kichik loyiha – ko‘lamiga ko‘ra katta bo‘lmagan sodda va cheklangan hajmdagi, 
(qiymati 15 mln. AQSH dollarigacha bo‘lgan loyihalar); 

megaloyihalar maqsadli dasturlar bo‘lib, maqsadlar umumiyligi, resurslar va vaqt 
bo‘yicha o‘zaro bog‘langan bir necha loyihani o‘z ichiga oladi. Bunday loyihaning 
qiymati 15 mln.dollardan 1 mlrd. gacha yoki mehnat sig‘imi 20 mln. kiShi soatidan ko‘p 
bo‘ladi.
2. 
Amalga oShiriSh muddatlari (qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli 
loyihalar). 
3. 
Sifatli (deffektsiz loyiha). 
4. 
Resurslarning cheklanganligi (mul’tiloyiha). 
 
2.Loyihalarning klassifikatsiyasi 
Loyihalarning tahlili va sintezi qulayligi uchun turli xil boShqariSh tizimlari turli 
asoslar bo‘yicha tasniflaniShi mumkin. 
Loyiha turi
(amalga oShirilayotgan loyihaning asosiy faoliyat sohalari bo‘yicha): 
taShkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va aralaSh. 
Loyiha sinfi
(loyiha tarkibi va tizimini hamda uning fan sohasi bo‘yicha): 
monoloyiha, multiloyiha, megaloyiha. Monoloyiha – bu har xil tur, quriliSh va hajmdagi 
alohida loyihadir. 
Loyiha ko‘lami
– (loyihaning hajmi, qatnaShuvchilar soni va atrof-muhitga ta’sir 
darajasi bo‘yicha): kichik loyihalar, o‘rta loyihalar, yirik loyihalar, juda yirik loyihalar. 
Loyiha davomiyligi
(loyihani amalga oShiriSh vaqti davomiyligi bo‘yicha): qisqa 
muddatli (3 yilgacha), o‘rta muddatli (5 yildan ortiq). 
Loyihalarning murakkabligi
(murakkablik darajasi bo‘yicha): oddiy, murakkab
juda murakkab. 
Loyiha turi
(loyihaning fan sohasi xarakteri bo‘yicha): investitsion, innovatsion
ilmiy-tadqiqot, aralaSh. Investitsion loyihalarga odatda, investitsion qo‘yilmalarni talab 
qiluvchi, boSh maqsadi asosiy fondlarni iShlab chiqariSh ya’ni yangilaSh bo‘lgan 
loyihalar kiritiladi. Innovatsion loyihalarga, tizimlar rivojlaniShini ta’minlaydigan, boSh 
maqsadi yangi texnologiyalarni, nou-xau va boShqa yangiliklarni iShlab chiqiSh va 
qo‘llaSh bo‘lgan loyihalar kiritiladi. 

Yüklə 11,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin