Namangan davlat universiteti kimyo kafedrasi analitik kimyo


I.2. Eruvchanlik ko’paytmasi



Yüklə 393,13 Kb.
səhifə4/13
tarix02.01.2022
ölçüsü393,13 Kb.
#42293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
II va III kationlar guruhi

I.2. Eruvchanlik ko’paytmasi.

Sifat analizida anchagina murakkab geterogen sistemalar bilan ishlashga to’g’ri keladi. Moddaning tuyingan eritmasi va uning shu eritmasi va uning shu eritma tagidagi cho’kmadan iborat sistema o’zaro aralashmaydigan ikki suyuklik kabi geterogen sistemalar jumlasiga kiradi.

Geterogen sistemaning bir-biridan chegara sirtlari bilan ajraladigan ayrim qismlari faza deb ataladi.

Masalan. Cho’kma bilan tuyingan eritmadan iborat sistema ikki fazali sistemadir.

Eruvchanlik- moddaning suvda yoki boshka erituvchida erish xususiyatidir. Barcha moddalar suvda eruvchanligiga ko’ra uch guruhga

1)yaxshi eriydigan 2). Oz eriydigan va 3) amalda erimaydigan. Deyarli erimaydigan moddalar kupincha , erimaydigan moddalar deb yuritiladi. Ammo shuni qayd qilib o’tish kerakki, mo’tlako erimaydigan modda yuk.

Oz eriydigan va deyarli erimaydigan moddalar, kupincha bitta umumiy nom bilan oz eriydigan moddalar deb yuritiladi. Bu holda fakat eruvchan va oz eriydigan moddalar haqida so’z boradi. Eruvchanlik miqdoriy jixatdan moddaning 100 gr erituvchida ayni temperaturada eng kup eritish mumkin bo’lgan grammlar soni bilan aniklanadi. Bu miqdor eruvchanlik koeffitsienti yoki oddiygina qilib moddaning eruvchanligi deb yuritiladi.

Temperatura pasayganda eritmadan moddaning ajralib chikishi kristallanish deb ataladi. Bunda modda sof holatda olinadi. Agar eritmad boshka moddalar aralashmasi bo’lsa, ular tempratura pasayganda ham eritmani tuyintirmaydi va aralashmalar cho’kmaga tushmaydi. Moddalarni tozalashning qayta kristallash usuli shunga asoslangan.

CHo’ktirish reaktsiyalari analitik ishlarda keng qo’llaniladi. Shuning uchun ham ularni urganish analitik kimyo uchun nixoyatda muxim ahamiyatga ega.


Yüklə 393,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin