Namangan davlat universiteti kimyo kafedrasi analitik kimyo


Cho’kma hosil bo’lishiga ta‘sir etuvchi omillar



Yüklə 393,13 Kb.
səhifə7/13
tarix02.01.2022
ölçüsü393,13 Kb.
#42293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
II va III kationlar guruhi

Cho’kma hosil bo’lishiga ta‘sir etuvchi omillar
Cho’ktirilayotgan kationni cho’kmaga to’liq o’tkazilishi qo’shilayotgan cho’ktiruvchi reagentning miqdoriga va dissotsilanish yoki gidrolizlanish darajasiga cho’ktirilayotgan eritma рН нинг qийматига боg’лиq.

Agar hosil bo’ladigan cho’kma suvda ancha eruvchan bo’lsa, biror ionning to’liq cho’ktirish uchun cho’ktiruvchi reaktivdan mo’lrok, ya‘ni uni tenglama bo’yicha talab etiladigan miqdoridan taxminan 1,5 martagacha kuprok qo’shish kerak.

Masalan; Са2+ ni SO 2-4 ioni bilan cho’ktirishda kaltsiyning biror tuzi eritmasiga qo’shilayotgan (NН4)2SO4 reaktividan mo’lrok qo’shiladi, chunki

Са2+ + SO 2-4  СаSO4

Muvozanatni ungga siljitish uchun SO2-4 ionlarining kontsentratsiyasi kattarok bo’lishi kerak.

Reaktivdan xaddan tashqari ortiqcha qo’shish ham maqsadga muvofiq emas, chunki buning natijasida oson eriydigan moddalar hosil bo’lishi uchun sharoit yaratilgan bo’ladi. Masalan , Са2+ kationini cho’ktirishda (NН4)2SO4 tuzidan reaktiv sifatida foydalanilganda :

Са2+ + (NН4)2SO4 = Са SO4 + 2 NН+4

Са SO4 cho’kmasi hosil bo’ladi. Agar cho’kma hosil bo’lgan eritmaga (NН4)2SO4 reaktividan qo’shishni davom ettirsaq, suvda eruvchan kompleks tuz hosil bo’ladi :

Са SO4 + (NН4)2SO4 = (NН4)2 [Ca(SO4)2]

Amfoter gidroksidlarning cho’kmalari ham cho’ktiruvchi reaktiv, ya‘ni ishqorning ortiqcha miqdorida eriydi.

AI(OH)3 + NaOH = Na[AI(OH)4]

CHo’kma eritma

Ba‘zan ikkinchi gruppa kationlarining suvda erimaydigan qarbonatlari biqarbonatlarga aylanib, cho’kmadan eritmaga o’tadi.

CHo’ktirish protsessini to’liq amalga oshirish uchun ishlatiladigan reaktivning dissotsilanish darajasi muxim ahamiyatga ega.chunki cho’ktiruvchi ionning kontsentratsiyasi reaktiv moddaning dissotsiatsiya darajasiga bog’liq. Masalan, Mg2+ ioni NН4ОН yoki NaOH yordamida cho’ktirilishi mumkin. Ammo NН4ОН qo’shib eritmadagi Mg2+ kationlarining barchasini cho’kmaga tushirib bo’lmaydi. chunki 0,1 M kontsentratsiyali NaOH eritmasida - 100% , shunday kontsentratsiyali NaOH eritmasida esa =1% ga teng. Demak cho’ktiruvchi ОН- ionlarining kontsentratsiyasi NН4ОН dan foydalanganimizda nisbatan 100 marta kam.

Eruvchanlik kupaytmasiga ko’ra :

[Mg2+] [OH-]2 = ЭКMg(OH)2

ya‘ni tenglamadan [OH-]2 =[100]2 = 10000 ekanligi ma‘lum bo’ladi.

CHo’ktirish protsessida ishlatiladigan reaktivlarning gidrolizlanishini hisobga olish kerak.

Masalan, ikkinchi guruh kationlarining guruh reagenti oson gidrolizlanadi.

(NН4)2СО3 + НОН  NН4НСО3 + NН4ОН


4НСО3 ning dissotsilanish natijasida hosil bo’ladigan НСО-3 anioni kationlarni cho’ktirish uchun yaroksiz yuqoridagi gidrolizlanishning oldini olish hamda muvozanatni chapga siljitish uchun eritmaga NН4ОН qo’shiladi.

Eritmaning muhiti (рН) ham cho’kma hosil bo’lish protsessigva sezilarli ta‘sir ko’rsatadi. Xar bir ionning tula cho’kish uchun vodorod ionlarining kontsentratsiyasi ma‘lum qiymatga egai bo’lishi kerak. Demak, cho’ktirishni amalga oshirishdan oldin eritmaning рН ni tekshirish lozim.




Yüklə 393,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin