Namangan davlat universiteti kimyo kafedrasi analitik kimyo


I.3. Cho’kma hosil bo’lishi



Yüklə 393,13 Kb.
səhifə5/13
tarix02.01.2022
ölçüsü393,13 Kb.
#42293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
II va III kationlar guruhi

I.3. Cho’kma hosil bo’lishi.

Biron kiyin eruvchan to’z, masalan CaSO4 cho’kmasi (birinchi faza) yuzasiga tegib turadigan shu to’zning tuyingan eritmasi (ikkinchi faza) bor deb faraz qilaylik. Ikkala faza orasida muvozanat holat qaror topadi, chunki bu yerda ikki qarama-qarshi jarayon sodir bo’ladi.

a) Cho’kmaning erishi : CaSO4 kristall panjarali tarkibidagi Ca2+ hamda SO2-4 ionlarining suvning ko’tblangan molekulalari ta‘sirida asta-syokin kattik modda sirtidan eritmaga o’tadi, uning tezligi v1 bo’lsin.

b) Cho’kmaning hosil bo’lishi ; eritmadagi Са2+ va SO2-4 ionlarining o’zaro yoki cho’kmadagi kristallar sirti bilan tuknashishi natijasida CaSO4 tuzi holida cho’kmaga tusha boradi, uning tezligi v2 bo’lsin.

SHunday qilib, CaSO4 tuzinig cho’kmasi bilan eritmadagi Са2+ va SO2-4 ionlari orasidagi dinamiq muvozanat qaror topadi :

CaSO4 ↔ Ca2+ + SO2-4

CHo’kma tuyingan eritma

Dinamiq muvozanat qaror topgan vaqtdan boshlab eritmadagi Са2+ va SO2-4 ionlarining yoki cho’kmadagi CaSO4 molekulalarining soni o’zgarmas qiymatga teng bo’lib qoladi. (boshqacha aytganda, necha molekula CaSO4 eritmaga o’tsa, tuyingan eritmadagi Са2+ va SO2-4 ionlaridan xuddi ushancha molekul hosil bo’ladi.) erish hamda cho’kma hosil bo’lish jarayonlari uchun massalar ta‘sir konunining qo’llash tufayli (o’zgarmas temperaturada) qaror topgan dinamiq muvozanatni boshqarish uchun ahamiyatga ega bo’lgan konuniyatlar keltirib chiqarilishi mumkin.

CHo’kmaning erish tezligi v1 vaqt birligi ichida kancha Са2+ va SO2-4 ionlari eritmaga o’tishini ko’rsatadi. Tezlik sirt birligidagi Са2+ va SO2-4 ionlari soniga proportsionaldir. Vaqt o’tishi bilan ushbu ionlarning kristallar yuzasidagi sonini o’zgarmas deb qabul qilish mumkin :

v1 = R1S

bu yerda : R1 – o’zgarmas temperaturada doimiy miqdor.

S – cho’kmaning eritmaga tegib turgan sirti.

Qaytar protsess , ya‘ni Са2+ va SO2-4 ionlarining CaSO4 kristallari sirtiga cho’kish tezligi v2 ana shu ionlarning cho’kmadagi kristallar sirti bilan tuknashishlar soniga bog’liq. Oxirgi kattalik ionlarning eritmadagi kontsentratsiyasiga to’g’ri proportsional ravishda o’zgaradi.

Demak, v2 = R2[Ca2+] [SO2-4] S

Bu yerda S –cho’kma sirti, R2 –o’zgarmas temperaturada doimiy miqdor.

Tuyingan eritmada muvozanat qaror topgani uchun v2 = v1 bo’ladi, ularning qiymati quyilsa

R2[Ca2+] [SO2-4] S = R1 S ёки [Ca2+] [SO2-4]=

Ikki o’zgarmas doimiy qiymatlarning nisbati

ham o’zgarmas kattalikdir, uni EK (eruvchanlik kupaytmasi )bilan belgilaymiz.

[Ca2+] [SO2-4] = ЭКCaSO4 = const

EK qiymati to’zning eruvchanligini xarakterlaydi. Kiyin eruvchan elektrolitning tuyingan eritmasidagi ionlar kontsentratsiyasining kupaytmasi o’zgarmas temperaturada o’zgarmas miqdordir.

Agar kam eruvchan elektrolitning tarkibi AnBm formulaga muvofiq kelsa, uning elektrolitik dissotsilanish tenglamasi

AnBm ↔ nAi+ + mBR-
Eruvchanlik kupaytmasi

ЭК АnBm=[Ai+]n • [BR-]m

Ifodaga muvofiq keladi.

ЭКBa3((PO4)2 = [Ba2+] • [PO3-4]2

Moddalarning eruvchanlik kupaytmasi eruvchi moddalarning tabiatiga, temperatura va erituvchiga bog’liq.

Moddaning eruvchanligi ma‘lum bo’lsa, undan foydalanib EK ning qiymatini hisoblash mumkin. Aksincha Ek ning qiymatidan foydalanib, moddaning eruvchanligini (1 litr eritmadagi molekulalar yoki grammlar sonini) aniqlash mumkin.

1. misol

PbCI2 borligi ma‘lum EKPbCI2 ni hisoblang?

Yechish : 1g-mol PbCI2 278 ga teng, eruvchanlik mol/l bilan ifodalansa 11 :278 = 0,039 yoki 3,9• 10-2 mol/l

Bu tuz quyidagi tenglama bo’yicha dissotsilanadi :

PbCI2 ↔ Pb2+ +2CI- eritmadagi PbCI2 tuzi ionlar holatida bo’ladi. Ionlarning kontsentratsiyasi

[Pb2+] = 3,9• 10-2 mol/l

[CI-] = 7,8• 10-2 mol/l

EKPbCI2=[Pb2+] •[CI-] =3,9• 10-2•(7,8• 10-2)2 = 237,9•10-6≈2,4•10-4

2.misol xona temperaturasida EKBaSO4 = 1,1• 10-10, BaSO4 tuzining eruvchanligini hisoblang.

Yechish.


Moddaning mol/l bilan ifodalangan izlanayotgan izlanuvchanligini x bilan belgilaymiz. BaSO4 tuzining x molekulasi eritmada xar biri x mol/l Ва2+ va x mol/l SO2-4 ionlariga dissotsilanadi. Demak [Ва2+] = х mol/l

[SO2-4] = x mol/l

EKBaSO4 = [Ва2+] • [SO2-4] = х•х =х2 = 1,1•10-10

Х = 1,1•10-10 =1,05•10-5 mol/l




Yüklə 393,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin