Namangan davlat universiteti matematik analiz kafedrasi



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə3/20
tarix21.06.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#133493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Dissertatsiya(Azimjon1) (3) (3)

51-modda.
Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli.
Oliy ta’lim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega.
52-modda.
O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.
Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
53-modda.
Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi.
Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari bo‘lgan yoshlar va ularning murabbiylari mehnatini rag‘batlantirish tizimi joriy etildi;
Oliy ta’lim ilmiy tadqiqot ishlarini integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida talabalar shaharchasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining yangi va zamonaviy binosi qurildi. Matematika sohasidagi fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish bir yarim barobarga oshirildi, byudjet mablag‘lari hisobidan superkompyuterlar, zamonaviy texnika va uskunalar xarid qilindi;
Ilmiy darajali kadrlar tayyorlashning dastlabki bosqichi sifatida stajirovka-tadqiqot instituti joriy etildi;
Fan sohasidagi muammolarni hal etish, hukumat darajasida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida Fan va texnologiyalar bo‘yicha Respublika kengashi tashkil etildi.
Matematika fani insoniyat hayotida eng asosiy ahamiyat kasb etuvchi fan ekanini butun dunyo tan olgandir. Uning har bir kishi uchun har soniyada zarur ekani ravshan, undan hamma u yoki bu darajada foydalanadi, lekin ushbu jarayonni o‘zi anglab yetmaydi. Bunga misol qilib, vaqt o‘lchovini, kundalik harajatlarni, o‘qiladigan fanlar va darslar soni, mavzular, transport, yo‘nalishlar nomeri va hokazolarni keltirish mumkin.
Matematikaning turli sohalarga: xalq xo‘jaligiga, transportga, sanoatga, meditsinaga, biologiya, kimyo, fizika, genetika va boshqa o‘nlab fanlarga tatbiqlari turmush darajasi va turli fanlarning shahdam qadamlar bilan olg`a ketishiga omil ekani ravshan.
Matematika, bir qarashda, matematikadan yiroq bo‘lgan sohalarga, masalan adabiyotga, tilshunoslikka, sport sohasiga, psixologiyaga, tarixga va boshqa sohalarga kirib bormoqda. Matematikaning insoniyat tarixida va rivojlanish jarayonida nechog`lik ahamiyatga ega ekanini juda ko‘p allomalar munosib baholaganlar. Masalan, ulug` shoh va shoir, astronom, matematik alloma - Mirzo Ulug`bek matematika haqida shunday yozgan: - "Matematika g`oyat bir yuksak fanki, unda bir olam mo‘jiza yotadi”.
Eng yangi super EHM larning yaratilishi, murakkab agregat liniyalarni yaratish orqali mehnat unumdorligini beqiyos darajada o‘stirish, yadro energiyasidan insoniyatning tinch maqsadlardagi muammolariga foydalanish, kosmik fazoni tinch maqsadda zabt etish, zamonaviy qurol - yaroqlar, harbiy texnikaning zamonaviy avlodini yaratish, tibbiyotda zamonaviy texnologiyalarni yaratish, cho‘l - sahrolarda, tog‘ va dengizlar qo‘ynidagi turli boyliklarni aniqlash va ularni qazib olish yo‘llarini ishlab chiqishda - matematika fani asosiy omildir.
Shuningdek, hozirgi zamon matematikasining barcha yutuqlari haqida batafsil so‘zlash imkoni kichik bir ish ichida beimkon muammodir, chunki matematika fani shunchalik rivojlanib ketganki, uning yuzlab tarmoqlarida minglab ilmiy ishlar qilinmoqda, chop etilgan ishlarning bir necha foizigina o‘rganilib, kundalik hayot ehtiyojlariga tatbiq etiladi, xolos.
Iqtisodiyotning real sektori korxonalarining ilm-fanga e’tibori yuqori emasligi. Yurtimiz olimlarining texnologik ishlanmalari va ilmiy-tadqiqotlari natijalarini amaliyotga tatbiq etishga tarmoqlar tomonidan qiziqishning pastligi mamlakat iqtisodiyotining texnologik rivojlanishiga to‘siq bo‘lmoqda va Davlat budjeti zimmasiga og‘ir yuk bo‘lib tushmoqda. Bundan tashqari, aksariyat ilmiy loyihalar ilmiy tashkilotlarning tashabbuslari asosida shakllantiriladi, ya’ni davlat uchun ustuvor bo‘lgan tadqiqotlar emas, balki mazkur ilmiy tashkilotlar istagan va amalga oshira oladigan aniq yakuniy natija (mahsulot) olish imkonini bermaydigan funksional vazifalar doirasidagi tadqiqotlar moliyalashtiriladi;
Innovatsion infratuzilmaning alohida elementlari (innovatsion jamg‘armalar, texnologiyalarni joriy etish markazlari, muhandislik laboratoriyalari, texnoparklar va boshqalar) o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikning rivojlanmaganligi. Ichki hamda jahon bozorlariga bilimlar va yangi texnologiyalarni tatbiq etish ishlarini yaxshilash;
Kichik innovatsion tadbirkorlik va ilmiy hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarishning rivojlanmaganligi. Ilmiy tashkilotlar tomonidan innovatsion korxonalarni tashkil etish bo‘yicha tajriba va ko‘nikmalar to‘liq shakllantirish;
Bugungi kunda mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi qadamlaridan biri buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim –tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish masalasiga katta ahamiyat berib kelinmoqda.
Oliy ta’lim sohasida ham juda ko‘plab yutuqlarga erishildi. Oliy maktab sohasida test usuli joriy etilishini viloyatlar markazlarida pedagogika institutlarining unverstitetlarga aylantirilishi va joylardagi o‘quv yurtlariga yuqori ta’sis nizomi berilishi tashkil etilgan milliy tashkilot va xalqaro jamoalar hisobidan chet ellarga tajriba almashish va talabalarni o‘qishga yuborish yo‘lga qo‘yilishi, iqtisod va biznes sohasidagi mutaxassis va o‘qituvchilarni qayta tayyorlash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar olib borilishi o‘tish davrida 2 mingdan ortiq talaba va mutaxassisning chet ellarda o‘qib kelishi 200 dan ortiq chet el mutaxassisining respublikamiz o‘quv muassasalariga jalb qilinishi qayd etib o‘tilgan. Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, bank-moliya akademiyalarini tashkil qilganimiz hozirdanoq o‘z samarasini berayotganini katta mamnuniyat bilan ta’kidlashimiz lozim. O‘qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin deb talab qilamiz. Zamonaviy bilim berish uchun avvalo murabiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Fanlar akademiyasining matematika sohasidagi fundamental va ilmiy-amaliy izlanishlari natijalariga ko‘ra amaliyotdagi muayyan muammoning yechimini taklif etgan olimlarni mukofotlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofotini ta’sis etish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasinig V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining hududiy bo‘linmalari tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Inovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Fanlar akademiyasining Institut huzurida qonun hujjatlariga muvofiq holda matematika ixtisosliklari bo‘yicha fan doktori (DSC) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengashni tashkil etish.
Ushbu qaror uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, mamlakatimizning izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, barcha hududlar va tarmoqlarni strategik jihatdan kompleks rivojlantirish masalalarini hal qilish borasida oliy ta’lim tizimi ishtirokini kengaytirish yo‘lidagi yana bir muhim amaliy qadamdir.
Yuqoridagilarga asosan xulosa qilib aytish mumkinki, mazkur magistrlik dissertatsiyasi ham yuqorida belgilab berilgan vazifalarni bajarishdagi bir urinish bo’lib, unda kasr tartibli differentsial tenglamalar uchun boshlang’ich va chegaraviy shartli masalalar bo’yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bayon qilingan.
Ushbu dissertatsiya ishini yozishda M.S.Salaxiddinovning “Matematika fizika tenglamalari” [5] hamda “ Integral tenglamalar “ kitobining I-II-III boblarining 5-108 – sahifalaridagi ma’lumotlar o’rganildi. Bunga asosan Integral tenglamaning ko’rinishi , qanday turlarga bo’linishi , masalalarga tatbiq qilib bu masalalarni yechish , integral tenglamalarni yechish usullari va yana qo’shimcha masalalar yechilgan. Ilmiy ishlar ham shu o’rganilgan adabiyotlarga doir olib borilgan. Yana qo’shimcha qilib shuni aytishim mumkin-ki, Bir o’zgaruvchili funksiyaning faqat kasr tartibli integro-differensial operatori qatnashgan kasr tartibli chiziqli integro-differensial tenglamalar uchun boshlang’ich masalalar qo’yilishini o’rganish, bunday masalalarni yechishning usullarini takomillashtirish va qo’yilgan masalalarning bir qiymatli yechilishini isbotlash ko’rib o’tilgan .

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin