Ul na yanglig ‘ turfa qushkim, oltidur oning boshi,
Turfaroq bukim, oyoq birdur, qanot saksan ango.
Garchi oning bu zamon ahli aro bordur oti,
Lekyo ‘qlug ‘ oshiyoni ichradur maskan ango.
Bu chistonda ham 6, 1, 80 raqamlari keltiriladi. Ular abjad
hisobida harflariga teng. Ammo qushning oyoqlari qanotdan keyin turgani uchun «alif» (') oxiriga o‘tadi. Natijada «vafo» (lij) so‘zi kelib chiqadi. 0 ‘z zamonidan noligan shoir «vafo» oti bom, o‘zi yo‘q deb, chuqur sotsial mazmunni jasorat bilan ifodalagan.
Chistonlar ruboiy, tuyuq yoki g‘azal kabi hajm, qofiya va boshqa formal-poetik jihatlardan qat'iy qonuniyatga ega emas. Ular ko‘pincha qit'aga o‘xshab ketadi va qit'a kabi qofiyalanadi. Vazn, baytlar soni jihatidan qat'iy chegara bo‘lmaydi.
Chiston - topishmoq hozir bolalar adabiyotining muhim janri bo‘lib, u bolalaming olamni bilishi va o‘rganishida, aqliy faoliyatining o‘sishida muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
TA'RIX
Tarix - arabcha so‘z bo‘lib, sodir bo‘lgan biror voqeani
anglatadi. Sharq she'riyatida ana shu voqealar sanasini she'rda harflar vositasi bilan berish usuli ta'rix deyiladi. Ta'rix maxsus janr sifatida mustaqil asar ham bo‘ladi, boshqa asar tarkibiga bir bo‘lak sifatida ham kiritiladi.
Ta'rix o‘zining ayrim xususiyatlari bilan muammoga o‘xshab ketadi. Muammoda biror nom yashirib berilsa, ta'rixda biror raqam yashirib beriladi. Shoirlar ayrim tarixiy voqealarga bag‘ishlab she'r bitar, ammo odatdagi raqamlarni har vaqt xam she'rga kiritish mumkin bo‘lmas, bunga she'r vazni va qofiyasi imkon beravermas edi. Shuning uchun ham shoirlar she'rda voqea tarixini ko‘rsatish uchun arabcha harflarning son qiymatidan - abjad hisobidan foydalanar edilar. Bu ko‘pincha muammoga o‘xshash murakkab usul va ishoralar qo‘llashni talab etar, yil bir jumboqda aylanar edi.
Arab alifbosidagi harflarning son qiymati quyidagicha:
-
Dostları ilə paylaş: |