Ne sho ‘x erurki, ulus ко ‘ngli ichra savdosi
Aning yuzidagi xadar kabi muharrardur.
Kumushdurur tani-yu qiymati aning, lekin
‘n ikki о ‘z tanidek vajh ila muqarrardur. Ishida ul о ‘n ikki har birisidur diynor, Ki adl sukkasidan yuzlarida zevardur. Magarki angladi xumsul-muborak asrorin,
Ki soni bu adad о ‘Imish, agarchi yuz mardur. Gadog ‘a xumsidin ar saltanatdurur, ne ajab, Qachonki beklik aning rub'idin muyassardur.
Bunda shoir tanganing ma'shuqa kabi kishilar qalbiga o‘z
muhabbatini solganligi, tanasiga nisbatan qiymati o‘n ikki barobarligi, yuzlariga tamg‘a bosilganligi kabi xususiyatlarini tasvirlash bilan cheklanmaydi, balki, mavjud sotsial tuzumdagi ijtimoiy munosabatlar va unda tanganing tutgan o‘mini ham ko‘rsatib, asaming ijtimoiy-g‘oyaviy mohiyatini kuchaytiradi. Navoiyning igna, o‘q, bek va boshqalar haqidagi chistonlari yoqimli kulgiga bois bo‘ladigan ibora va tasvirlarga boydir.
65
Chiston XV asrdan keyin yashab ijod etgan so‘z san'atkorlari, jumladan, Muhammad Rizo Ogahiy, Jahon otin Uvaysiy va boshqa shoirlar ijodida ham uchraydi. Progressiv shoirlar chiston orqali ham sotsial masalalami ifodalashga intilganlar.
Masalan:
Bu na gumbazdur, eshigi, tuynugidin yo ‘q nishon,
Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdur, makon.
Tuynugin ochib, alarning holidin olsam xabar,
Yuzlarida parda tortug ‘liq, turarlar bag ‘ri qon.
Uvaysiy qalamiga mansub bo‘lgan bu chistonda anor tasvirlangan. Lekin avtor anor tasviri vositasi bilan o‘zi yashagan muhitdagi huquqsiz, bag‘ri qon ayollarning ayanchli ahvolini ko‘rsatishga muyassar boigan, asaming sotsial mohiyatini oshirgan.
Ogahiy ham chiston janrini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan san'atkordir. U tanga haqidagi chistonda Navoiyning shunga monand chistoni an'analarini davom ettiradi:
Dostları ilə paylaş: |