Bol о ‘rniga og и topar.
Yomonlikdan yaxshilik ко 'ribdi kim, G ‘umay ekib, javdari о ‘ribdi kim?!
Ко ‘rma yomonlikni do ‘stingga ravo, Do ‘st ко ‘ngli og ‘risa, topilmas davo.
MUAMMO
Muammo - (L«-o) arabcha so‘z bo‘lib, yashirilgan, berkitilgan ma'nolarini anglatadi. Adabiy termin sifatida bir (yoki ba'zan bir necha) so‘z - ko‘pincha ism yashirib berilgan kichiq lirik janrdir. Muammo, odatda, bir, ba'zan ikki baytdan tashkil topadi. U a-a yoki a-a, b-a shaklida qofiyalanadi. «Yashirin» so‘z shoiming turli-tuman ishoralari (ma'nodosh yoki shakldosh so‘zlarini topib olish, bir tildagi so‘zning ikkinchi bir tildagi ekvivalentini qoMlash, so‘zlardagi ma'lum harflarni tizib yangi so‘z yasash, abjad hisobini ishlatib, raqamlar asosida so‘z tuzish va boshqalar) asosida topiladi.
Masalan:
Chok bag ‘rim tarafin aylading ikki parkand, Birini tashlabon oxir, birin ettingpayvand.
Bu muammoning birinchi misrasidagi «bag‘rim» so‘zi chok etilib, bir harf «m» (f) tushirib qoldiriladi va o‘rniga bir harf -
62
boshda kelgan «Ь» (ч->) oxiriga payvand qilinadi, natijada «g'arib» so‘zi kelib chiqadi.
Yoki:
Qasdi jonimg 'a chu mujgoni ikki saf tuzdi, Biri qosh yosi, biri g ‘amzang о ‘qin ко ‘rguzdi.
Bu muammoda «saf» so‘zi berilgan, lekin bu so‘z ikki marta qaytariladi, ya'ni «saf», «saf» bo'ladi. Muammoning ikkinchi misrasidagi ishoraga ko‘ra birinchisiga (qosh yosi), ikkinchisiga g‘amza o ‘qi qo‘shiladi. Natijada «safi» (u ^ ) va «safo» ( ^ ) so‘zlari kelib chiqadi.
Muammo janri XI-XIII asrlarda fors-tojik adabiyotida shakllangan bo'lsa ham, u XV asrga kelib Xuroson va Movarounnahr adabiy muhitida keng tarqaldi. U hatto shoirlar va kitobxonlaming bilimdonligini sinashda bir o‘lchov vazifasini ham o'taydigan bo‘lib qoldi. Alisher Navoiy «Majolisun-nafois» asarida faqat muammo yozish bilan shug‘ullangan Mavlono Muhammad Muammoiy, Mavlono Muhammad Nomiy, Mavlono Arrun, Mavlono Nizom, Mavlono Darvesh Ali, Mir Husayn Muammoiy kabi bir qancha shoirlar haqida ma'lumot beradi.
Muammo janri XV asrda shu qadar keng tarqaldiki, natijada davming yirik ilm-ma'rifat namoyandalari Jomiy, Navoiy, Bodiiy Tabriziy, Sharafiddin Ali Yazdiy va boshqalar bu janming xususiyatlarini yoritib beruvchi maxsus asarlar yaratdilar.
Alisher Navoiyning o‘zi ham davrining adabiy an'analariga amal qilib, muammo yozish va echish bilan ko‘p shug‘ullangan. Uning muammo bilan, muammoni tez yechuvchilar bilan, bu sohada yangi paydo bo‘lgan talantlar bilan juda qiziqqanini Zayniddin Vosifiy o‘zining «Badoe’ul-vaqoe» asarida alohida ta'kidlagan.
Navoiy muammolari o'zining g‘oyaviy - tematik xususiyatlari bilan ham, badiiy-poetik xususiyatlari bilan ham maroqlidir. Ularda biz yengil yumor, hazil-mutoyiba bilan birga, muhitining, ayrim kishilaming illatlarini tanqid qilishni ham ko‘ramiz. Navoiy o'zbek tilida 50 dan ortiq muammo yozgan va ulaming hammasini «Navodirush-shabob»ga kiritgan. Bu muammolar mazkur janming hamma talablariga javob beradigan eng yaxshi namunalar hisoblanadi.
63
Navoiy o‘z muammolarida kishilarning jonli xarakterlarini nozik chiziqlarda aks ettirib, kitobxonga zavq va shavq bag‘ishlaydi, sun'iylik va bejamadorlikka berilmaydi.
Masalan:
Dostları ilə paylaş: |