Har kaski zi-ta'rixi vafotash pursad, Bar go ‘yiki sar nihod shohe Bobirxon. Mazmuni:
Kimki uning vafoti ta'rixini so ‘rsa, Degilki, boshini qo ‘ydi shohe Bobirxon.
69
Baytda ta'rix moddasi «Shoh Bobirxon» so‘zi bo‘lib, «boshini qo‘ydi» so‘zi esa isqot (chiqarib tashlash)ga ishoradir. «Shoh Bobirxon» so‘zi abjad hisobida 1162 ga barobar. «Boshini qo‘ydi» ishorasiga ko‘ra «shoh» so‘zining bosh harfi «Sh» (o1) ning qiymati 300 chiqarib tashlansa, 862 (1458) qoladi. Bu Abulqosim Bobir vafot etgan yildir.
Ubaydulla Solih o‘g ‘li Zavqiy o‘zining «Hajvi Yigchi eshon» satirasida Dukchi eshon isyoni ta'rixini bunday bergan:
Har kishi so ‘rsa nishon bu sho ‘rishi Farg ‘onadin, Zavqiy aytur jon chiqib ta'rixidir ig ‘vo eshon.
Baytdagi ta'rix moddasi «ig‘vo eshon» (j^SI 'J 6') so‘zlari bo‘lib, uning raqam qiymati (1370) dan «jon» so‘zining qiymati (54) chiqarib tashlanadi. Shunda Dukchi eshon isyonining ta'rixi - 1316-hijriy (1898-milodiy) yil kelib chiqadi.
Demokratik shoir Muqimiy tomonidan Toshkentda qayta tiklangan binolardan biriga shunday ta'rix yozilgan:
Ko'rub ushbu fa r ah afzo binoni,
Muqimiy surdi aqlidin nihoni.
Dedi az ro ‘yi lutf ohista nogoh,
Xirad ta'rixina ta'miri soniy.
Bu yerda binoning ta'rixi «ta'miri soniy» (tP^ j ^ ) so'zida yashiringan bo‘lib, uning qiymati 1281 ga tengdir. Ammo she'rdagi ishoraga ko‘ra, «lutf» so‘zining birinchi harfi (J) (lom)ning qiymati
qo‘shilishi kerak. Natijada 1311-hijriy (1893-milodiy) yil kelib chiqadi.
Qo‘qonlik olim, shoir va xattot Mulla Sulaymonqul Rojiy Alisher Navoiyning «Majolisun-nafois» asarini ko‘chirib, unga ta'rix yozadi:
Dostları ilə paylaş: |