Namangan davlat universiteti obidjon karimov



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə6/48
tarix07.01.2024
ölçüsü0,5 Mb.
#201488
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Mumtoz she\'riyat janrlari. Karimov O (1)

Tayanch so‘z va iboralar.


G'azal, orifona g'azal, rindona g'azal, qofiya, g'azali q it’a, zulqofiyatayn

G ‘azal arabcha so‘z bo‘lib, ayollarga xushomad qilmoq, oshiqona munosabatda bo‘lmoq degan ma’noni bildiradi. «Bilki, g'azal Iug‘atda ayollarga do‘st bo‘lishga intilish demakdir», - deb yozadi XIX asrda yashagan hindistonlik olim Qobul Muhammad «Haftqulzum» nomli asarida.


G‘azal lirik turning Sharq adabiyotida eng ko‘p tarqalgan va eng mashhur janri bo‘lib, o ‘ziga xos qofiyalanish, taxallus qo‘llash, hajm, kompozitsiya va g‘oyaviy-tematik xususiyatlarga ega.


Odatda g‘azalning dastlabki ikki misrasi o‘zaro qofiyalanib, qofiyalangan bayt matla' yoki mabda' deyiladi. Undan keyingi baytlaming toq misralari ochiq qolib, juft misralar matla' bilan qofiyadosh bo‘ladi. Oxirgi bayt maqta’ deb ataladi va aksar hollarda maqta'da (ba'zan undan oldingi baytda) shoirning taxallusi keladi. Masalan, yetti baytli g‘azalning qofiyalanish tartibi quyidagicha bo'ladi:




a-a, b-a, v-a, g-a, d-a, e-a, j-a.

Ba’zan g ‘azallar taxallussiz boiishi ham mumkin. Masalan, Navoiy devonidagi 27 ta g ‘azalda taxallus uchramaydi.


«G‘azalning chegarasi 11 baytdir», deb yozadi Qobul Muhammad. Ammo o‘tmish va keyingi davrlarda yozilgan g‘azallar ko‘zdan kcchirilsa, g‘azallar besh baytdan o ‘n besh baytgacha bo‘lishi ko‘zga tashlanadi. Lekin shunday bo‘lishiga qaramay, g ‘azallaming aksariyati 7 va 9 baytli g'azallardir. Masalan, Alisher Navoiy «Xazoyin ul-maoniy» devonidagi 2600 g‘azaldan 1747 tasi 7 baytli, 695 tasi 9 baytli g‘azallardir.


G ‘azal baytlari orasidagi mazmuniy aloqadorlik ham muhim masalalardan biridir. G ‘azal baytlari orasidagi mazmuniy aloqadorlikning muayyan ko‘rinishi uning turli kompozitsion tiplarini yuzaga keltiradi. Baytlararo mazmuniy aloqadorlik ikki xil bo‘lib, g‘azallar kompozitsion jihatdan ikki turga bo‘linadi:


1.Parokanda g‘azallar.


2.Yakpora g‘azallar.


Parokanda so‘zi tarqoq, sochilgan degan ma'nolami bildiradi. Parokanda g‘azallarda boshdan-oyoq yagona fikr, kechinma yoki holat tasvirlanmaydi. Har bir bayt mazmunan mustaqil boiib, avvalgi bayt keyingi baytning mazmunini belgilamaydi. Yagona kechinma yoki holat tasvirining yo‘qligi sababli parokanda g ‘azal!ardagi baytlaming o ‘rni almashtirilsa yoki biror bayt tushib



10


qolsa ham, g‘azalning umumiy mazmuniga unchalik putur yetmaydi. Albatta, matla' va maqta' bundan mustasnodir. Chunki matla'dagi misralar o‘zaro qofiyadosh bo‘lsa, maqta'da shoiming taxallusi keladi.

Parokanda g‘azal namunasi bo‘lgan Atoiyning quyidagi g‘azalini ko‘rib chiqaylik:




Jamoling vasfini qildim chamanda,


Qizordi gul uyattin anjumanda.


Tamanno qilg ‘ali la’lingni ко ‘nglum,


Kishi bilmas onikim qoldi qanda.


Chu jonimdin aziz jonona sensan,


Kerakmas jo n mango sensiz badanda.


Manga ul dunyada jannat na hojat,


Eshiking tuprag ‘i basdur kafanda.


Solib borma meni, ey Yusufi husn,


Bukun Ya'qubdek baytul hazanda.


Uzun sochingdin uzmasman ко ‘ngulni,


Oyog ‘ing qanda bo ‘Isa, boshim anda.


Tilar el mansabi oliy va lekin,


Atoyi sarvi ozodingg'a banda.

G‘azal muhabbat mavzuida bo‘lib, oshiqning ma'shuqaga nisbatan otashin sevgisi tasviri g ‘azal mazmunini tashkil qiladi. Ammo har bir baytda qandaydir mustaqillik, alohidalik seziladi, ya'ni keyingi bayt oldingi bayt mazmunining davomi emas. Baytlar mazmunini qisqacha ifodalasak, quyidagi manzara hosil bo‘ladi:


1-bayt: sening jamoling guldan go‘zal.


2-bayt: la'I lablaringni ko'nglim orzu qiladi.


3-bayt; sensiz hayot kerak emas.


4-bayt: eshiging tuprog‘i jannatdan afzal.


5-bayt: meni tashlab ketma.


6-bayt: boshim uzun sochingga fido.


7-bayt: men sarvi qadding bandasiman.


Ko‘rinadiki, har bir baytda g‘azalning asosiy mavzusi bo‘lgan muhabbat bilan bog‘liq masalalaming ma’lum bir tomoni ochiladi, hatto bir qarashda tasodifiy fikr-mulohazalar keltirilganday



и


tuyuladi. Shunday holni boshqa o'zbek shoirlarining ko‘pgina g‘azallarida ham ko‘rish mumkin.

G ‘azalning kompozitsion jihatdan ikkinchi turi yakpora g‘azallardir. Yakpora so‘zi butun, yaxlit degan ma'nolami bildiradi. Yakpora g‘azallarda baytlararo munosabat parokanda g‘azallaming aksi bo‘lib, matla'da biror kechinma yoki holat qalamga olinadi-da, keyingi baytlarda ana shu kayfiyat va kechinma yoki u bilan bog‘liq masalalar izchil tasvirlanadi. Yakpora g ‘azallardagi har bir bayt o ‘zidan avvalgi baytning bevosita davomi boiib, g‘azaldan biror baytni olib tashlash ham, baytlaming o‘mini almashtirish ham mumkin emas. Agar shunday hoi sodir bo‘lsa, baytlarni mantiqiy jihatdan bog‘lab turgan ip uzilib, g ‘azal mazmunida g‘alizlik yuzaga keladi.


Alisher Navoiyning quyidagi g‘azalini ko‘rib chiqaylik:



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin