шш
0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI
OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
OBIDJON KARIMOV
MUMTOZ SHE’RIYAT JANRLARI
fanidan
uslubiy qo‘llanma
«Namangan» nashriyoti
2015
UO‘K: 821.512.133.9
КВК: 84 (5 0 ‘zb) 7
К- 27
Mazkur qo’llanma talabalarga mumtoz she’riyat janrlarining shakllanishi va rivojlanishi, ularning nazariy-poetik xususiyatlari hamda mavjud qoidalari haqida ma’lumot beradi.
Ushbu qoMlanma filologiya fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabalari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchiIariga foydalanish uchun tavsiya etiladi.
ISBN - 978-9943-989-33-7
NG
|
1383 - 4947.75 - 1792400
|
2015
|
- ^
|
384- ( 4,75) - ( 07)
|
|
|
v\
© «Namangan* nashriyoti
© O.Karimov, 2015
KIRISH
Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, uni yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Zamon talablariga to‘la javob bera oladigan ta’lim tizimini takomillashtirish maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. Islohotlar jarayonida kadrlar tayyorlash bosqichida ekanmiz, bu jarayonda har bir pedagog uchun belgilangan vazifalardan biri yuqori saviyada o‘qitishni ta’minlash va malakali kadrlarni zamonaviy ta’lim dasturlari asosida tayyorlashdan iboratdir. Bu o‘rinda o‘qituvchining tayyorgarligi, uning zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullarni bilishi, ulardan ta’lim va tarbiya jarayonida foydalanishi muhim ahamiyatga ega.
Bo‘lajak filologlar zamonaviy adabiyotni o‘rganibgina qolmay, mumtoz adabiyotni, adabiy tur va janrlarni ham mukammal tadqiq qilishlari talab etiladi. Shu maqsadda mazkur uslubiy qo‘llanma yaratildi.
Mazkur qo'llanmada mumtoz she'riyat janrlari, ulaming taraqqiyotiga keng e'tibor berildi. Ulaming nazariy qonun-qoidalari misollar orqali asoslandi. Talabalar buni o‘rganish jarayonida mumtoz she'riyat janrlari haqida batafsil ma'lumotga ega boMadilar.
Ma'lumki, mumtoz adabiyot tarixi adabiy tur va janrlar tarixi hamdir. Adabiy jarayon ma'lum adabiy tur va janrlarni vujudga keltiradi, ulami shakllantiradi.
Adabiy tur va janrlar taraqqiyotida ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning beqiyos o‘rni bor. Shoir ijodiyoti bilan o‘zbek nazmi ham, o‘zbek nasri ham kamol topdi, tur va janrlar jihatidan boyidi. Lirikada - g‘azal, mustazod, muxammas, musaddas, tarkibband, tarje'band, soqiynoma, qasida, ruboiy, qit'a, tuyuq, fard, muammo, chiston, lug‘z va boshqa janrlar yaratildi.
Bu janrlar doirasining kengayishi va takomilida hazrat Alisher Navoiychalik hech kirn xizmat qilmagan, ularni yangi taraqqiyot pog‘onasiga olib chiqmagan.
Alisher Navoiy kabi keyingi atoqli so‘z san’atkorlari ham (Bobur, Mashrab, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Erkin Vohidov kabi) mavjud janrlarning yanada rivojlanishi, ulaming yangi g'oyaviy-estetik mohiyatga ega boiishi hamda yangi adabiy janrlarning vujudga kelishida muhim rol o‘ynaydi.
Qisqasi, uslubiy qo‘llanma talabalarda lirik turga mansub janrlarga doir nazariy ma'lumotlami kengaytiradi, ijodiy misollar topishga, ularni tahlil qilishga tayyorlaydi.
Dostları ilə paylaş: |