Yordin ayru ко ‘ngul mulkedurur sultoni yo ‘q,
Mulkkim sultoni yo ‘q, jismedururkim, jo n i yo ‘q.
Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul
Bir qaro tufrog ‘dekdurkim, gulu rayhoni yo ‘q.
Bir qaro tufrog ‘kim, yo 'qdur gulu rayhon anga,
Ul qorong ‘u kechadekdurkim, mahi toboni yo ‘q.
Ul qorong ‘u kechakim, yo ‘qdur mahi tobon anga,
Zulmatedurkim, aning sarchashmai hayvoni yo ‘q.
Zulmatekim, chashmai hayvoni oning bo ‘Imag ‘ay,
Do 'zaxedurkim, yonida ravzai rizvoniyo ‘q.
Do 'zaxiykim, ravzai rizvondin ulg ‘ay noumid,
Bir xumoriydurkim, anda mastlig ‘ imkoni yo ‘q.
Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki, bor
Hajrdin dardi va lekin vaslidin darmoni yo ‘q.
Ushbu g‘azal baytlari orasidagi aloqani kuzatsak, quyidagi holat ko‘zga tashlanadi:
1-bayt: a) Yorsiz ko‘ngil - sultonsiz mulk; b) sultonsiz mulk - jonsiz j ism;
2-bayt: jonsiz jism - rayhonsiz tuproq;
3-bayt: rayhonsiz tuproq - oysiz kecha;
4-bayt: oysiz kecha obi hayot chashmasi boMmagan zulmat;
12
5-bayt; obi hayot chashmasi bo‘lmagan zulmat - jannat bog‘idan uzoq turgan, do‘zaxiy;
6-bayt: jannat bog‘idan umidsiz do‘zaxiy - maysiz xumoriy;
7-bayt: lirik xotima: Navoiyning hajrdan dardi bor-u, lekin vasldan darmoni yo‘q.
Ushbu g‘azalning markaziy masalasi «yordan ayru ko‘ngul»ni tasvirlash. Shoir dastlab «yordan ayru ko‘ngul»ni sultonsiz mulkka o'xshatadi. So‘ngra esa sultonsiz mulk jonsiz jismga, o‘z navbatida jonsiz jism rayhonsiz qora tuproqqa, rayhonsiz qora tuproq oysiz tunga, oysiz qora tun obi hayot bo‘lmagan zulmatga, obi hayot bo‘lmagan zulmat jannat bog‘idan yiroq do‘zaxiyga, jannat bog‘idan yiroq do‘zaxiy maysiz xumoriyga o‘xshatilib, maqta'da lirik xotima qilingan: oshiq (Navoiy) ning hajrdan dardi bor-u, lekin vasldan darmoni yo‘q.
Ushbu g‘azal baytlari xuddi zanjir halqalari singari bog‘lanish hosil qilgan. Bordiyu g‘azaldan biror bayt olib tashlansa yoki baytlaming о‘mi almashtirilsa, mazmuniy rishta zanjir halqalari singari uzilib ketadi.
0 ‘zbek adabiyotida yakpora g‘azallar Lutfiy ijodida shakllana boshladi va Navoiy ijodida kamolga yetdi, keyinchalik go‘zal bir an'anaga aylanib, Bobur, Mashrab, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va boshqa shoirlar tomonidan davom ettirildi.
G‘azaliyotda yakporalikni yuzaga keltiruvchi xilma-xil vositalar bor: shoir mantiqiy izchillikni ta'minlash uchun bir o‘rinda biror tushunchani g‘azal markaziga qo‘yib, uni har taraflama izchil tasvirlasa, bir o‘rinda savol-javob usuli yoki tabiat tasviridan foydalanadi, boshqa o‘rinda esa turli poetik timsollarni ishga soladi. Jumladan, Alisher Navoiyning yuqoridagi g‘azalida tadrij san'ati, «Jong‘a chun dermen: «Ne erdi oMmagim kayfiyati?» deb boshlanuvchi g‘azalida savol-javob usuli, «Har qachonkim kemaga ul oy safar raxtin solur» deb boshlanuvchi g‘azalida esa daryo bilan bog‘liq timsollar mazmuniy yaxlitlikni yuzaga keltiruvchi asosiy vosita bo‘lib xizmat qilgan.
Ayrim yakpora g‘azallarda lirik qahramon kayfiyat va kechinmalari muayyan hayotiy voqea bilan bog‘liq holda ham tasvirlanadi. Bunday g‘azallarda boshqa yakpora g‘azallardan farqli
o‘Jaroq mukammal syujet boMadi. Yakpora g‘azallar syujetli-syujetsizligiga ko'ra ham ikkiga bo'linadi:
1 .Musalsal g ‘azallar.
2. Voqeaband g'azallar.
Musalsal so‘zi zanjirsimon degan ma'noni bildiradi. Istilohning ma'nosidan ham ko‘rinib turibdiki, musalsal g‘azallar deganda baytlar mazmuni bir-biri bilan zanjirsimon bog‘langan, ammo syujetga ega bo‘lmagan g ‘azallar nazarda tutiladi. Yuqorida tilga olingan Navoiyning liar uch g‘azali ham musalsal g ‘azalning yetuk namunalaridir.
Voqeaband g‘azallarda lirik qahramonning kayfiyat va kechinmalari shu kayfiyat va kechinmalarni yuzaga keltirgan muayyan voqea bilan bog‘liq holda tasvirlanib, o‘ziga xos tugun, voqea rivoji va yechim mavjud bo‘ladi. Alisher Navoiyning quyidagi g‘azalida bu holat ko‘zga aniq tashlanadi:
Hava xush erdiyu, ollimda bir qadah mayi nob,
Ichar edim vale g ‘amdin qadah-qadah xunob.
K i hozir erdi ushul sarvi nargisi maxmur,
Valek rag 'mima qilmas edi qadahg‘a shitob...
Bu g ‘azalda ko‘zimiz oldida bir voqea-lavha jonlanadi: xushhavo kunlardan biri. Lirik qahramon oldida bir qadah toza may turibdi. U maydan quyib ichadi, lekin u xunob. Chunki uning yonida o‘tirgan yor aksiga olib shoir uzatgan qadahni olmaydi. Yomi may ich deyishga oshiqda jur'at ham, yolg'iz may ichmoqqa mayi ham, may ichmasdan turishga toqat ham yaq. Bu alamdan uning ichi qizil may to‘la qadahga o‘xshab qolgan, ko‘z yoshlari esa may ustidagi pufakchalar singari dam-badaffi quyilib turibdi. Oshiqning bu alamdan hushini yo‘qotayotganini ko‘rgan ma'shuqa oshiqqa azob berishni to‘xtatib, qadahdagi mayni olib ichadi va yuz nozu ishva bilan oshiqqa ham qadah tutadi. Biroq bundan oldin yoming may ichganini ko‘rgan oshiq masti xarob bo‘lib qolgan edi. Zotan, ma'shuqa husnining qadah ko‘zgusida jilva qilishi oshiq uchun haqiqiy visol bo‘lib, visol chog'ida mayxo‘r oshiq ko‘nglining xarob boMishi ajablanarli emas. Hijron azoblaridan qutulgan oshiq ushbu fursat uchun shukr qiladi.
Ushbu mufassal manzaradan ko‘rinadiki, g‘azalda mukammal bir syujet mavjud. Chunonchi:
I. Tugun: berahm ma'shuqaning may ichmasligi tufayli oshiqning qadah-qadah xunob yutishi.
Voqea rivoji: oshiqning yorga may tutishga jur'at qilolmay, ichi qonga to‘lib, ko‘zyoshi to‘kishi va oshiq ahvolini anglagan ma’shuqaning qadahdagi mayni ichib, so‘ngra oshiqqa ham tutishi.
III. Yechim; ma'shuqaning may ichganini ko‘rgan oshiqning masti xarob bo‘lib qolishi.
Voqeaband g‘azallaming o‘zbek adabiyotida paydo bo‘lishi va inkishofi Alisher Navoiyning nomi bilan bog‘liqdir. Ulug‘ shoirning «Tun aqshom keldi ul gulrux kulbam sori shitob ay lab», « 0 ‘tgan kecha men erdimu ul siymtan erdi», «Dayr kuyida bugun asru alolo erdi» deb boshlanuvchi g‘azallari voqeaband g‘azallaming noyob namunalaridir. Keyinchalik Bobur, Ogahiy, Furqat kabi o‘zbek shoirlari ham voqeaband g‘azallar rivojiga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Lekin voqeaband g‘azal yozish g‘oyat murakkab bo‘lib, shoirdan juda katta mahorat talab qiladi. - Shuning uchun ham voqeaband g‘azallaming soni Navoiy ijodida to‘rt-besh atrofida bo‘lsa, boshqalarda bir-ikkitadan ortmaydi, ko‘pchilik g‘azalnavis shoirlar esa umuman voqeaband g‘azallar yozgan emas. G ‘azal janri g‘oyaviy-tematik jihatdan ham bir qator o‘ziga xosliklarga ega. «G‘azalda yetakchi masala sevgili jamolining zikri, sevgilining jamolini sifatlash hamda oshiqning kechinmalarini tasvirlashdir. Pand-nasihat she'rning boshqa turlarida zikr etiladi» - deb yozadi atoqli olim Qobul Muhammad. Biroq Qobul Muhammadning so‘zlari unchalik to‘g‘ri emas, chunki g‘azal ishq-muhabbat bilan birga, falsafiy, axloqiy, may va boshqa mavzularda ham yozilavergan. G‘azal mavzu jihatidan g‘oyat rang-barang va mazmunga boydir. Atoqli navoiyshunos A.Hayitmetov o‘zining «Navoiy lirikasi» nomli tadqiqotida g‘azallaming quyidagi g‘oyaviy-tematik guruhlari borligini ko‘rsatadi:
l.Ishqiy g‘azallar.
2.So‘fiyona g‘azallar.
3.Мау mavzuidagi g‘azallar.
4.Hajviy g‘azallar.
5.Falsafiy g ‘azallar.
6.Vatanparvarlik mavzuidagi g'azallar.
7.Peyzaj, g ‘azallar.
0 ‘zbek adabiyotshunosligida g ‘azal haqida maxsus tadqiqoj yaratgan professor Odiljon Nosirovning tasnifi ham mazkur tasnifga juda yaqin:
l.Oshiqona g ‘azallar.
2 .0rifona g-‘azallar.
3.Rindona g‘azallar.
4.Hajviy g ‘azallar.
5.Axloqiy-ta'limiy g'azallar.
6.Peyzaj g ‘azallar.
7.Publitsistik g‘azallar.
Dostları ilə paylaş: |