Namangan Davlat Universiteti Pedagogika va Psixologiya Fakulteti Pedagogika tarixi va nazariyasi yo’nalishi



Yüklə 139,68 Kb.
səhifə2/5
tarix14.11.2022
ölçüsü139,68 Kb.
#69015
1   2   3   4   5
Презентация1 DURDONA

Pedagogik kuzatishning samarasi quyidagi shartlarga muvofiq ta’minlanadi: kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik; kuzatishni tizimli ravishda yo’lga qo’yish; kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish; har bir holatning mohiyatini sinchiklab o’rganish; xulosa chiqarishga shoshilmaslik.

Pedagogik tajriba metodi (lot. “experimentum” – sinov, sinash, tajriba qilib ko’rish) – mavjud pedagogik muammoning yechimini topish imkoniyatlarini o’rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, berilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o’z in’ikosiga ega bo’lishi, ularning samaradorligini aniqlash maqsadida qo’llaniladigan usul.

Pedagogik tajriba turlari


Laboratoriya tajribasi
Tajriba
Tabiiy tajriba

Pedagogik tajribaning samaradorligi quyidagi shartlarga rioya etish asosida ta’minlanadi:

  • tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi;
  • tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi;
  • tadqiqot ob’ektlari va usullarining to’g’ri tanlanishi;
  • tajriba o’tkazilish vaqti, davomiyligining aniqlanishi;
  • zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning yaratilganligi;
  • tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish, natijalarni qayta ishlashning to’g’ri amalga oshirilishi.
  • Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi

Suhbat metodi –savol va javob shaklidagi dialogik xarakterga ega ta’lim metodi.

  • Mazkur metod pedagogik kuzatish chog’ida qo’lga kiritilgan ma’lumotlarni boyitish, vaziyatga to’g’ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beradigan pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlarining imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga xizmat qiladi.

Suhbat


individual
individual
guruhli
guruhli
ommaviy
ommaviy
shakllarda o’tkaziladi.

Yüklə 139,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin