Intervьyu metodi –respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish orqali uning tadqiq etilayotgan muammo, yoki umumiy muammoning biror jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabatini o’rganish metodi.
Ushbu metod respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o’tkaziladi. Metodning samarali qo’llash uchun o’qituvchi yoki mutaxassis quyidagi shartlarga rioya qilishi zarur:
intervyu olinadigan o’quvchiga beriladigan savol maqsaddan kelib chiqqan holda puxta shakllantirishi lozim;
intervyu olinadigan o’quvchiga beriladigan savol maqsaddan kelib chiqqan holda puxta shakllantirishi lozim;
intervyu jarayonida o’quvchining savol yuzasidan erkin fikr bildirishiga imkon berishi zarur;
o’quvchining fikrlari muhokama qilinmaydi yoki intervyu jarayonida unga nasihat qilinishiga yo’l qo’yilmaydi.
intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi
Anketa metodi. Tashxislovchi yozma metodlar sirasiga anketa metodi kiritilgan.
Anketa metodi (fr. “enquete” – surishtirish, ma’lumot olish, tekshirish)–pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida dalillar to’plash maqsadida qo’llanilib, tizimli savollar yordamida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadigan metod.