Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

Tayanch iboralar: 
Din - ijtimoiy ongning alohida shakli, E'tiqod - diniy qarashlarning asosi, Jahonning asosiy 
dinlari va ularni xalqlar ma'naviy hayotiga ta'siri. Islomiy qadriyatlar, Mustabidlik sharoitida diniy 
qadriyatlaming ahvoli, Mustaqillik sharoitida din, Diniy bag'rikenglik - jamiyatimiz ma'naviy 
rivojlanishining zaruriy sharti. 
Mavzuga doir nazarot savollorii: 
1. Islomiy qadriyatlar deganda nimalar tushiniladi? 
2. Nima uchun diniy bag'rikenglik qadriyat xisoblanadi? 
3. Nima uchun huquq va erkinlikning shaxs qadriyatlari sifatidagi axamiyati muhim sanaladi? 
4. Mavzu yuzasidan foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar: 


119 
13-MAVZU: Milliy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlar, ularning 
mushtarakligi. 
Reja: 
1. Milliy qadriyatlar, ularning o'ziga xos xususiyatlari. 
2. Mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlar. 
3. Milliy va Umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligi. 
4. Millatlararo totuvlik - osoyishtalik va tinchlik garovi. 
O’zbek xalqining madaniyati juda qadimiy bo’lib, uning tarixi bir necha ming yillarni o’z 
ichiga oladi. Bu madaniyat jahon madaniyatidan chetda yuzaga kelgan va rivojlangan emas. Zero, har 
qanday xalq madaniyati o’z mamlakati doirasida, tor milliy biqiqlikda emas, balki boshqa xalqlar 
madaniyati bilan aloqada, bog’liqlikda, o’zaro tansir va aks tansir etish asosida rivojlanadi. 
O’zbek xalqi madaniyati ham faqat milliy asosda emas, shu bilan birga umuminsoniy 
madaniyatlar tansirida o’sdi, rivojlandi. Unga xitoy, eron, arab, yunon, rus, qadimgi dunyo hamda 
Rim davri madaniyati jahondagi boshqa madaniyatlar o’zining ijobiy tansirini ko’rsatdi. O’z 
navbatida, o’zbek xalqi ham boshqa xalqlar madaniyatining yuksalishiga, umumjahon madaniyati 
taraqqiyotiga faol tansir ko’rsatdi. Madaniyatimiz, buyuk namoyandalari Muso Muhammad 
al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Zamaxshariy, 
Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi, Qozizoda Rumiy, Alisher Navoiy va boshqa allomalarning durdona 
asarlari jahon madaniyatining ajralmas qismi ekanligi bunga misol bo’ladi. 
SHuni alohida tankidlash kerakki, o’zbek xalqining moddiy va mannaviy madaniyati 
rivojlanishi bir tekisda amalga oshgan emas. Unda bir necha bor yuksak cho’qqilarga ko’tarilgan 
Uyg’onish davri ham, aksincha buyuk Uyg’onish davridan keyin manlum obnektiv va subnektiv 
omillar tansirida nisbiy tushkunlik davrlari ham bo’lgan. Madaniy taraqqiyotdagi netekislikning — 
banzan juda katta tezlik bilan behad ilgarilab ketishining, gohida esa sustlashib, sekinlashib, 
turg’unlikka uchrab qolishning asosiy sababini hukmron ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlar mohiyati 
va xususiyati, ichki va tashqi omillari tansiridan qidirishga to’g’ri keladi. Insoniyat taraqqiyoti 
uzluksiz va bir tekis olg’a boravermaydi. Tarixda banzan turg’unlik, erishilgan yutuqlardan 
chekinish, banzi sohalarda depsinish hollari ham bo’lib turadi. 
O’zbek xalqi jahon moddiy va mannaviy boyliklarini yaratish va rivojlantirishga ulkan hissa 
qo’shgan xalqlardandir. U o’zining tafakkur quvvati, qobiliyati va istendodi bilan Markaziy Osiyo 
fan va madaniyatining, adabiyot va sannatining, axloqiy va falsafiy g’oyalarining vujudga kelishi va 
rivojida katta o’rin tutadi. SHu bilan birga u tarixning haqiqiy ijodkori sifatida jamiyatning madaniy, 
mannaviy taraqqiyotiga keng imkoniyatlar ochib bergan. 
Ortaklar, rivoyatlar va dostonlarni o’qir ekanmiz, xalqda voqealarni oldindan ko’ra biluvchi 
ajoyib tafakkur, qobiliyat va isteudodning bitmas- tuganmas ekanligini, u hech qachon umidsiz, 
orzu-niyatsiz yashamaganligini, har doim kelajak tomon intilganligini anglab olamiz. Har qanday 
ertak va afsonaning zamiriga xalqning muayyan maqsad va niyatlari, jismoniy mehnatni, 
engillashtirish va turmush sharoitlarini yaxshilashga bo’lgan intilishlari mazmunan singdirilgan 
bo’ladi. Ular xalq ommasining talabi va ehtiyojlari asosida vujudga kelish bilan bir qatorda, o’z 
navbatida kishilarning mannaviy, aqliy taraqqiyotiga turtki vazifasini ham o’tagan, mehnatni 
sevishga o’rgatgan, ish unumini oshirishga, tabiatning zararli kuchlariga tansir etishda kishilarga 
yordam bergan. 
O’zbeklar o’zining aqlni lol qoldiradigan ajoyib amaliy sannati, yuksak badiiy did va mahorat 
bilan ishlangan hunarmandchilik buyumlari bilan qadim zamonlardan hozirgacha dunyo xalqlari 
o’rtasida shon-shuhrat qozonib kelmoqda. Hunarmandchilik bizning xalqimiz uchun 
avlod-ajdodlardan saqlanib kelayotgan meros, bebaho qadriyatdir. 
O’zbek xalqi amaliy sanuati, hunarmandchiligi ildizlari uzoq o’tmishga borib tutashadi. 
O’zbekistonning hozirgi hududidagi SHosh, CHag’oniyon, Marokand, Urganch, Buxoro, 
SHahrisabz shaharlarining qadimgi o’rnida olib borilgan qazuv tadqiqotlar ota-bobolarimiz yaratgan 
hunarmandchilikning o’lmas obidalarini kashf etdi. YOzma manbalar qadimiy markaziy Osiyo 
aholisining konlarda ishlaganini, mis va temirdan turli xil harbiy va mehnat qurollari 
yasaganliklarini, to’quvchilik, binokorlik, zargarlik va boshqa ishlar bilan shug’ullanganini 
ko’rsatadi. 
YUnon tarixchisi Gerodot «Tarix» asarida Baqtriya, Xorazm, So’g’diyona, Marg’iyona, 


120 
Parfiya davlatlarining miloddan avvalgi VI asrdagi madaniyati haqida keng maulumot bergan. 
O’rta Osiyoga tashrif buyurgan XIV asr mashhur arab sayyohi Ibn Battuta Xorazm, Buxoro va 
Samarqand shaharlari bozorlaridagi hunarmandchilik rastalari o’zining xilma-xilligi, fayzi bilan 
diqqatga sazovorligini alohida taukidlagan. 
Xalq dahosining mahsuli bo’lgan hunarmandchilik va amaliy sanuatining turlari nihoyatda 
xilma-xildir. Ularning hammasi xalqning kundalik turmush talab va ehtiyojlari asosida yuzaga kelgan 
va rivojlangan. 
Ajdodlarimiz o’tmish davrlardan boshlab naqqoshlik, o’ymakorlikni, to’quvchilik, zargarlik, 
zardo’zlik, gilamdo’zlik, miskarlik, sartaroshlik, kulolchilik, musiqa asboblarini yasash va boshqa 
sohalarda katta mahorat ko’rsatgandir. Faqat yog’ochga emas, shuningdek, marmartoshga, 
metallarga o’ta nozik va go’zal naqsh solishlari, gilam va matolarga rang-barang gullar 
tushirishlariga qarab, ota-bobolarimizning mahoratlari va didlariga qoyil qolamiz. 
Samarqand, Buxoro, Xiva, Namangan, Qo’qon va Toshkentdagi xalq ustalari ganch 
o’ymakorligi sohasida katta shon-shuhratga ega bo’lganlar. Bu sanuat namunalarini qadimiy binolar, 
muhtasham saroylar, arklarning ichki va tashqi bezaklarida, devor peshtoqlaridagi o’simlik va 
hayvonlarning tasvirlarida, lojuvard koshinlarda ko’rish mumkin. O’ymakor ustalar faqat ganchga 
o’yma naqshlar berish bilan cheklanib qolmay, balki jimjimador panjaralar va go’zal naqshin 
guldonlar ham yasay bilganlar. 
Zargarlik sanbati Farg’ona, Toshkent, Samarqand, Xiva va Buxoroda ayniqsa mashhur 
bo’lgan. XX asr boshlarida birgina Buxoroning o’zida 400 ga yaqin zargar bo’lib, ular asosan Toqi 
zargardonda ishlashgan va savdo qilishgan. Buxorolik zargarlar qadimgi taqinchoqlar, isirg’a, uzuk 
va bilakuzuk tayyorlashda rang-barang tovlanuvchi moddalar: oltin, yoqut, marvarid, feruza, 
lojuvard, haqiqdan ko’proq foydalanganlar. 
Ota-bobolarimiz tomonidan yaratilib, jahon uzra dovruq taratib, bizning davrimizgacha etib 
kelgan o’ziga xos va takrorlanmas amaliy sanuatlardan у ana biri to’qimachilik va kashtachilikdir. 
Ilm-fan va madaniyatning qadimiy beshiklaridan hisoblangan Buxoroning zardo’zlik sanbati 
butun ja honga mashhur bo’lgan. Matolarni turli-tuman rangda qoyilmaqom qilib bezash va gul 
bosishda, zardo’zi, kashtachilikda, matolarga tilla suvi yuritilgan ipakdan zeb berishda 
uncha-muncha odam Buxoro zardo’zlariga va ustalariga tenglasha olmagan. 
O’zbekiston gilamchilik sohasida ham annanalarga boy o’lkadir. CHo’g’dek qip-qizil gilamlar 
naqshlarining guldordigi va g’oyatda nafisligi bilan bir-biridan qolishmaydigan samarqandcha va 
buxorocha, xevacha va turkmancha, eroniy, afg’oniy, uyg’urcha va xitoycha gilamlar xalq ommasi 
amaliy faoliyatining mahsuli sifatida hozirgacha ham o’zining shon-shuhrati va qimmatini saqlab 
kelmoqda. 
Badiiy kashtachilik o’zbeklar orasida azaldan keng tarqalgan va sevimli kasb- hunar 
hisoblangan. O’zbek oilalarida, ayniqsa xotin-qizlar o’rtasida bu kasbni bilmaydigan, sevib 
ardoqlamaydigan kishi topilmagan deyish mumkin. O’zbek kashtachilari tomonidan yuksak badiiy 
did bilan tikilgan palak, choyshab, gulko’rpa, par da, belbog’ va boshqa ajoyib buyumlar maishiy 
tur-mushimizni hali- zamon bezab, go’zallashtirib kelmoqda. 
Musiqa sannati eng qadimiy va shu bilan birga o’zbek xalqi o’rtasida keng tarqalgan, uning 
turmushiga chuqur singib kelgan sohalardai biridir. Musiqa kishilarning his-tuyg’ularini, fikrlarini va 
kayfiyatlarini o’ziga xos tarzda ifoda etadi. 
Musiqaning tausir kuchi shu qadar kattaki, uning yordamida bemorlarni davolash mumkinligini 
fan allaqachon isbotlagan. Abu Ali ibn Sino musiqaning tansir kuchiga katta ahamiyat berib, ayrim 
ruhiy kasalliklarni kuylar vositasi bilan davolash mumkin, degan fikrni ilgari surgan edi. 
Aytishlaricha, buyuk faylasuf olim Abu Nasr Farobiy musiqa ilmida ham tengsiz bo’lgan. U 
o’zining asarlarida musiqa nazariyasi, ohanglarining turlari, kelib chiqish sabablari, kishilarga 
maunaviy-ruhiy tausiri haqida qimmatli fikrlar aytgan. Farobiy musiqa ilmida faqat nazariyotchi 
bo’lib qolmay, amaliyotchi ham bo’lgan. Uning o’zi taniqli mashshoq, ajoyib sozanda va bastakor, 
yangi musiqa asbobining ixtirochisi sifatida ham shuhrat qozongan. 
Musiqaning ajoyib sehrli kuchi, mo’ujizakor tausiri, inson maunaviy kamolotidagi ahamiyati 
haqida fikr yuritib, Farobiy «Ilmlarning kelib chiqishi to’g’risida» degan mashhur asarida shunday 
deydi: «Bu ilm shu maunoda foydaliki, u o’z muvozanatini yo’qotgan odamlar xulqini tartibga 
keltiradi, mukammallikka etmagan xulqni mukammal qiladi va muvozanatda bo’lgan odamlar 


121 
xulqining muvozanatini saqlab turadi. Bu ilm tananing salomatligi uchun ham foydalidir, chunki tana 
kasal bo’lsa, ruh ham so’ladi, tana to’siqqa uchrasa, ruh ham to’siqqa uchraydi. SHuning uchun 
ovozlarning tansiri bilan ruhni sog’aytirish yordamida tana sog’aytiriladi, ruh esa o’z kuchlarining 
tartibga solinishi va o’z substantsiyasiga moslashtirilishi orqali sog’ayadi». 
Musiqa sanuati kishiga yuksak tuyg’ular, zavq-shavq, butun bir g’oyalar olamini ochib beradi. 
Odamlarni maunaviy jihatdan boy, sof va barkamol qiladi. Musiqa tufayli inson o’zida yangi, ilgari 
sezilmagan kuchlar topadi, hayotni o’zgacha tus va bo’yoqlarda ko’radi. Musiqa insonni hayotni 
sevishga danvat etadi, Vatan kelajagi uchun kurashga unday di. 
Musiqa singari qo’shiq ham o’zbek xalqi hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Xalq og’zaki 
ijodining bu muhim shaklini keltirib chiqargan, rivojlantirgan, takomillashtirgan sabablar ichida eng 
birinchisi va belgilovchisi —mehnat, insonning amaliy faoliyatidir, kuy va qo’shiq insonning doimiy 
hamrohi, uning shodmon va qayg’uln onlaridagi yo’ldoshidir. 
O’zbek xalq pooziyasi, xalq qo’shiqlari uning ijodkori tarixi bilan, mehnati bilan uzviy 
bog’liqdir. Poaziyada ham, qo’shiqda ham xalqning ruhiyati, inson tuyg’ulari, pok sevgisi, orzu 
armonlari bilan birga ijtimoiy ahvoli mujassamlashgan bo’ladi. SHuning uchun xalqning’ tarixini 
uning poaziya va qo’shiqlari bilan, qo’shiqlarini esa tarixi bilan bog’lab tushuntirish mumkin. Xalq 
og’zaki ijodini, qo’shiqlarini bilmay turib, mehnatkash xalqning chinakam tarixini, milliy ziynatining 
shakllanishini bilish mumkin emas. Dunyoda qo’shiq aytmaydigan, qo’shiqdan zavqlanmaydigan, 
raqs va laparlarni, dilbar kuylarni yoqtirmaydigan bironta ham xalq bo’lmasa kerak. O’zbeklar ham 
shular jumlasiga kiradi. 
O’zbek xalqi azaldan sho’x raqslar, maftunkor kuy va sermazmun qo’shiqlarni jon-dilidan 
sevadi. SHodlikda ham, qiyinchilikda ham unga murojaat qiladi, undan zavq-shavq oladi, orom va 
taskin topadi. 
Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asarida qayd qilib o’tilgan mehnat 
qo’shiqlari, o’roqchi, xirmon qo’shiqlari, ov qo’shiqlari, qahramonlik, jang qo’shiqlari, mavsum va 
marosim qo’shiqlari, ishqiy qo’shiqlar — bularning hammasi ming yillar davomida xalq ko’nglidagi 
hasrat va shodlikning yo’ldoshi bo’lib kelgan. 
Ota-bobolarimiz to’y-tomoshalarda, xalq yig’inlarida, marosimlar, sayllar va bayramlarda xalq 
shoirlari, baxshilarning shirador ovozi, do’mbira va qo’bizidan taralgan sehrli kuy ohangi, 
qo’ziqchilar, dorbozlar, qo’g’irchoqbozlar tomoshasi, xonanda va raqqosalar sanuatidan, 
o’yin-kulgusidan behisob zavq-shavq olishgan. 
Musiqa va qo’shiqning inson hayotida bu qadar keng o’rin olishi, takomillashib, mazmunan 
boyib va chuqurlashib borishining sabablari bor. CHunki qo’shiq insonni qiyinchiliklarni engishga, 
ruhan tetik bo’lishga, do’stlarga vafo ko’rsatishga, dushmanlarga nisbatan shafqatsizlikka undaydi. 
Kindik qoni to’kilgan ona-Vatanni sevishga, undan faxrlanishga dan vat, muhabbat, faxr-iftixorning 
shakllanishi va rivojlanishi ham manlum darajada unga bog’liq. 
Xalqimizning qadimiy va boy tarixini, bosib o’tgan uzoq tarixiy taraqqiyot yo’lini, o’y-fikrlari, 
orzu-intilishlarini, ajdodlarning boshidan kechirgan nolayu- fig’oni, ko’z yoshi, qisqasi yuragidagi 
dardi, g’amu hasratini uning yaratgan qo’shig’i, ijro etgan raqsi, kuy-ohangi, musiqasiga qarab bilish 
mumkin. Ana shu mannoda qo’shiq va musiqa xalqning o’tmish hayoti, tarixi, uning xarakter 
xususiyatlari, kayfiyat va orzu-umidlarini bilib olishning muhim sohasidir. 
Xalq amaliy saqnati, ular yaratgan va yaratib kelayotgan jamiki milliy o’zbek buyumlari 
madaniyat va mannaviyatning bitmas-tuganmas manbalari bo’lib xizmat qilmoqda. Xalq amaliy 
sannati milliy qadriyatlarimizning noyob qismidir. 
Istiqlol tufayli madaniy-mannaviy hayotimizda tub sifat o’zgarishlari vujudga kelmoqda. eski 
mafkuradan xalos bo’lish natijasida o’z mamlakatimiz, xalqimiz tarixini chuqurroq bilish, asrlar 
mobaynida yaratib kelingan mannaviy qadriyatlardan bahramand bo’lish, ona tilimiz go’zalligini va 
ulug’vorligini tushunish imkoniyatiga ega bo’ldik va bu milliy qayta tiklanish uchun asos bo’lib 
xizmat qiladi. Mannaviy kamolotning yuksalib borishi hayotiy qadriyatlarni, ijtimoiy taraqqiyotning 
mazmuni va maqsadlarini, isloh qilish va yangilashning barcha jarayonlarini baholashga yangicha 
yondoshish imkonini berdi. 
Hozirgi kunda YUNESKO Markaziy Osiyo madaniyati taraqqiyotini o’rganish, tikiash va keng 
ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. Bu bejiz emas, albatta. Jahon davlatlari entirof 
etganidek, Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari asrlardan beri jahon madaniyati taraqqiyotiga salmoqli 


122 
hissa qo’shib kelganlar. Ularning fan, xo’jalik faoliyati va sannatda erishgan yutuqlari butun 
insoniyatning boyligiga aylangan. Qadim-qadim zamonlarda ular, murakkab irrigatsion tizim va 
inshootlar barpo etishni, sahrolarda bo’stonlar yaratishni o’rgangan. Hozirgacha mislsiz bo’lib 
qolgan. menmorlik namunalari ularning mehnati bilan qad ko’targan. Ularning tafakkuri bilan 
matematika, astronomiya, tibbiyot, muhandislik ilmida mukammal kashfiyotlar yaratilgan. 
Bizning milliy madaniyatimiz mintaqaviy va umuyinsoniy qadriyatlar bilan tutashib ketgan. 
SHuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi fan, adabiyot va sannat arboblarining mannaviy 
madaniyat, fan sohasidagi ishlari jahon xalqlari tomonidan hozirgi kunda ham tan olinib yuksak 
baholanmoqda. 
yil avgust oyida Toshkent davlat SHarqshunoslik instituti o’qituvchisi Rahmonberdi 
Muhammadjonov urdushunoslikni rivojlantirishda qo’shgan hissasi, shuningdek, O’zbekiston va 
Pokiston xalqlari o’rtasidagi madaniy aloqalami rivojlantirish borasidagi xizmatlari uchun Pokiston 
Islom Respublikasi Birinchi Prezidentimizining farmoniga binoan «SHarafli mehnati uchun» nishoni 
bilan mukofotlandi. 8 avgust kuni Islomobodda mukofotni topshirish marosimi bo’lib o’tdi. 
1995 yili Termiz shahri yaqinidagi «Uchqizil» suv ombori sohilida joylashgan A.N. Semashko 
nomli Salomatlikni tikiash va tibbiy davlat institutining rahbari—professor Zokirjon Zunnunovning 
«Issiq-quruq iqlimda yurak-qon-tomir sistemasining adaptiv va noadaptiv o’zgarishlari va ularni 
tabiiy usullar bilan muvofiqlashtirish» mavzusidagi ilmiy ishi Nbyu-York Fanlar akademiyasi 
olimlari tomonidan yuksak baholandi va unga «Nbyu-york Fanlar akademiyasining anzosi faxriy 
unvoni» berildi. O’zbekiston Fanlar akademiyasinig muxbir anzosi S. Azimjonovga Hindiston 
Respublikasining «Javoharlanl Neru nomli do’stlik mukofoti» berildi. 
Akademik G. Pugachenkova va professer F. Sulaymonovalar Frantsiya Respublikasi 
Akademiyasining Palbma ordeniga sazovor bo’ldilar. 
Taniqli o’zbek fizik olimi O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, 
Beruniy nomidagi respublika davlat mukofotining sovrindori, fizika- matematika fanlari doktori, 
professor Rahim Bekjonovning yadro fizikasi borasida olib borayotgan tadqiqotlari chet ellarda ham 
manlum. U ana shunday salohiyati tufayli 1995 yili Nbyu-York Fanlar akademiyasining anzoligiga 
saylandi. 
Mavjud manlumotlarga ko’ra, hozirning o’zida yuzdan ortiq O’zbekiston olimlariga xorijiy 
mamlakatlar fanlar akademiyasining anzoligiga qabul qilinishlari to’g’risida takliflar yuborilgan. 
Istiqlol tufayli mintaqamizdagi turkiy tilda so’zlovchi xalqlar o’rtasidagi iqtisodiy, manna 
viy-madaniy aloqalarimiz ham mo’stahkamlanmoqda. Ming yillar davomida bir ildizdan bahra olgan 
xalqlarimiz orasida eski mafkura tufayli qo’yilgan sunniy to’siq barbod bo’ldi. Tarixni, o’zlikni 
anglash mavridi keldi. Turkiy tilli davlatlar rahbarlarining ilgari Anqara va Istanbulda o’tgan oliy 
darajadagi uchrashuvlari, Anqara bayonnomasi hamda Istanbul deklaratsiyasi ana shu maqsadni 
amalga oshirish, xalqlarimiz o’rtasidagi do’stlik va hamkorlikni, mannaviy uyg’unlikni 
mustahkamlash yo’lida muhim qadam bo’lgan edi. 1995 yil 28 avgust kuni Bishkekda turkiy tilli 
davlatlar rahbarlarining navbatdagi uchinchi uchrashuvi bo’lib o’tdi. Bu uchrashuv Bishkek 
deklaratsiyasini imzolash bilan yakunlandi. Majlisda xalqaro va mintaqaviy masalalar bo’yicha fikr 
almashish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, madaniy-mannaviy aloqalarni rivojlantirish hamda 
giyohvandlikka qarshi kurashni kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi. 
Bishkek uchrashuvida Ozarbayjon Birinchi Prezidentimizi Haydar Aliev, Turkiya Birinchi 
Prezidentimizi Sulaymon Demirol, Turkmaniston Birinchi Prezidentimizi Safarmurod Niyozov, 
O’zbekiston Birinchi Prezidentimizi Islom Karimov, Qirg’iziston Birinchi Prezidentimizi Asqar 
Aqaev, Qozog’iston Birinchi Prezidentimizi Nursulton Nazarboevlar ishtirok etishdi. 
Turkiyzabon davlatlar boshliqlarining 1996 yil oktyabrda bo’lib o’tgan Toshkent uchrashuvida 
ham do’stlik va birodarlik ruhi ustun bo’ldi. Ayniqsa bu uchrashuvning Sohibqiron Amir Temur 
tavalludining 600 yilligi tantanalari kunlarida o’tganligi unga alohida fayz va manno bag’ishladi. 
Mintaqamiz xalqlarini mannaviy jihatdan yanada jipslashtirishda annanaviy tarzda 
respublikalararo kunlarning o’tkazilishi katta ahamiyat kasb etadi. 
Manlumki, 1994 yil 23 mayda O’zbekistonda Qozog’iston kunlari ochildi. Bu bejiz emas, 
albatta. Qadimdan bir mannaviy-ruxiy iqlimdan nafas olib kelgan xalqlarimiz tarixining, ayniqsa, 
bugungi masnuliyatli davrda aql, zakovat va shijoat, dunyoviy salohiyat va milliy g’urur talab 
etiladigan davrda yana ham yaqinroq, yana ham mehr-oqibatliroq bo’lishlari lozimligini hayotning 


123 
o’zi taqozo qilmoqda. Birinchi Prezidentimiz I. Karimov tankidlaganidek, «qozoq va o’zbek xalqlari 
tarixning barcha davrlarida birga bo’lgan, yonma-yon qadam tashlab, turmushning bor shodligu 
g’amini birga baham ko’rgan. 
«Ma'naviy qadriyatlarning tiklanishi, — deydi I. A. Karimov, — ularning dunyo va axborot 
tsivilizatsiyasi qadriyatlariga moslanishini ham anglatadi. 
Biz hozirgi tsivilizatsiya o'zida ifoda etadigan ijobiy qadriyatlar jumlasiga huquqiy demokratik 
jamiyat qurish jarayoni bilan bog'liq bo'lgan qadriyatlarni kiritamiz. Bu — nnson huquqlariga rioya 
etish, tadbirkorlik erkinligi, so'z erkinligi, matbuot erkinligi va hokazolardir».
l
Istiqlol tufayli jamiyatimizda yangi zamonaviy demokratik davlat va siyosiy tizim barpo etildi. 
Umum e'tirof etilgan demokratik qoidalar, so'z erkinligi, vijdon va din erkinligi hayotimizda tobora 
mustahkam qapop topib bormoqda. 
Birinchi Prezidentimiz ta'kidlaganidek, «bizni sotsialistik tuzumdan keyingi bir qator 
mamlakatlardan farqlab turgan, yuksak darajada rivojlangan yuksak madaniy demokratik davlatlar 
bilan yaqinlashtirib turgan, jahon hamjamiyatiga har tomonlama qo'shilib ketish uchun yo'l ochib 
berayotgan narsa fuqarolar tinchligi, millatlararo totuvlik ijtimoiy barqarorlikdir»
l.
Barqarorlik tinchlik millatlararo totuvlik xalqimizning buyuk ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarini 
tashkil etadi. Fuqarolar o'rtasidagi tinchlik millatlararo totuvlik va do'stlik ularni avaylab saqlash va 
mustahkamlashga intilish azaldan halqimizning o'ziga xos fazilati bo'lib kelgan va hozirgi vaqtda 
ham shunday bo'lib kelmoqda. Halqlar o'rtasida tinchlik totuvlik do'stlik va o'zaro hamkorlik 
munosabatlarini o'matish millatimizning ongiga, qoniga chuqur singib ketgan. 
O'zbekiston jahonda tinchlik va xavfsizlikni saqlash, tinchliksevar mamlakatlar bilan har 
tomonlama hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish hamda tarakqiyotga erishishning o'ziga xos yo'lini 
tanlagan. SHuning uchun ham uning jahon hamjamiyatidagi obro' va e'tibori tobora ortib bormoqda. 
Davlatlar o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish, tinchlikni mustahkamlash va havfsizlikni ta'minlashda 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti katta rol’ o'ynaydi. O'zbekiston 1992 yilning 2 martidan boshlab 
BMTning teng hyqyqli a'zosidir. Mazkur xalqaro tashkilot bilan hamkorlikda mintaqamizda tinchlik 
barqarorlik millatlararo totuvlikni ta'minlashga qaratilgan ko'pgina savobli ishlar qilinmoqda. 
Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentimizi Islom Karimov 1993 yili BMT 
Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida so'zlagan nutqida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik 
sohasida BMTniig doimiy seminari tashkil qilish to'g'risida taklif kiritgan edi. O'zbekiston Birinchi 
Prezidentimizining bu tashabbusi xalqaro miqyosda katta kiziqish uyg'otdi. Amerika Qo'shma 
SHtatlari seminar yig'ilishi o'tkazish g'oyasini qo'llab- quwatladi va ushbu anjumanda yuksak 
diplomatik darajadagi vakili ishtirok etishi istagini bildirdi. Bunday organni tashkil qilish g'oyasi 
davlatlararo o'tkazilgan seminar va konferentsiya hamda MDH hujjatlarida ham qayd qilingan. 
Seminar yig'ilishning maqsadi o'zaro fikr almashish, ishonchli mintaqaviy xavfsizlik tizimini yaratish 
yollarini muxokama etish, tinchlik va barkarorlikni saqlash, nizolarning oldini olish, iqtisoddagi 
o'zaro jipslashish jarayoniga, insonparvarlik va madaniy sohadagi hamjhatliklarga ko'maklashishdan 
iborat. SHuningdek seminar yig'ilish mintaqaviy xavfsizlik va hamkorlik muammolarini qal etish, 
tahlil qilish, BMT, alohida davlatlar bir guruh davlatlarga ta'sirchan bo'lgan bosqichma bosqich 
diplomatiya uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqish vazifasini o'z oldiga qo'ygandi. 1995 yil 15—16 
sentyabrda mazkur seminar kengashning O'zbekiston poytaxti Toshkentda Markaziy Osiyoda 
xavfsizlik na hamkorlik masalalariga bag'ishlangan majlisi bo'lib utdi. Seminar kengashda BMT, 
EXHK, Islom Konferetsiyasi tashkiloti delegatsiyalari, BMT xavfsizlik kengashiga a'zo 
mamlakatlar, Mustaqil Davlatlar Hamdo' stligi, Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari, shuningdek, 
mintaqaga tutash davlatlar delegatsiyalari —jami 31 davlat, 6 xalqaro tashkilot ishtirok etdi. 
BMT Bosh kotibining maxsus vakili Mahmud Mistiriy seminami ochar ekan, O'zbekiston 
tashabbusi bilan o'tkazilayotgan ushbu anjuman 50 milliondan ortiq aholi istiqomat qilayotgan 
Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va hamkorlikni ta'miniash yo'lida muhim ahamiyatga 
egaligini ta'kidladi. 
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov seminar kengashda so'zlagan nutqida shunday dedi: «Biz 
mazkur seminarni mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik tizimini o'matish va uni amalga siljitish 
yo'lida, Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari va halqlari uchungina emas, balki bu mintaqaga 
chegaradosh ulkan hudud uchun ham juda zarur bo'lgan hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam 
asosni shakllantirishda turli fikr va yondashuvlarni yuzaga chiqarish va ulami bir-biriga 


124 
yaqinlashtirishda manfaatdor bo'lgan anjuman deb baholaymiz» 
1.
Anjuman qatnashchilari «Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo'yicha 
Toshkent seminar kengashi, ishtirokchilarining bayonoti»ni qabul qildilar. Mazkur Bayonotda 
Markaziy Osiyo davlatlari mintaqada vujudga kelayotgan vaziyat uchun o'zlarining mas'uliyatini to 
la his qilib, mintaqaviy xavfsizlik barqarorlik va hamkorlikni ta'miniash jahon hamjamiyatining 
muttasil rivojlanishiga o'zlarining kollektiv ravishda qo'shadigan muhim hissasi ekanligidan kelib 
chiqib harakat qilishlarini e'tirof etib, shunday deyilgan: 
«Boy ijtimoiy-siyosiy, etnik va madaniy rang-barangligi bilan ajralib turgan Markaziy Osiyo 
mintaqasi xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyot mintaqasi bo'lib qolishi, insoniyat taraqqiyotiga 
o'zining munosib hissasini qo'shishi mumkin va lozim. Bu maqsadga faqatgina kollektiv sa y- 
harakatlar va jahon hamjamiyatining har tomonlama qo'llab-quwatlashi orqaligina erishish mumkin». 
Bayonotda elatlararo ziddiyatlar, narkobiznes, terrorchilik qurollaming qonunga xilof ravishda 
joydan-joyga ko'chirilishi, insonlaming ko'chishga majbur bo'lishi singari xavf va tazyiqlarga alohida 
e'tibor berish zarurligi, shuningchek Markaziy Osiyo davlatlari uchun iqtisodiy xavfsizlikni 
ta'miilash, yangi kommunikatsiyaviy tartib barpo etish, hukumat vi hukumatga daxldor bulmagan 
turli organlar ishtirok etishi lozim bo'lgan ekologiya tizimini barpo etish, Orol muammosiga z'tiborni 
yanada kuchaytirish, Markaziy Osiyo davlatlarining ilmiy-texnik salohiyatidan foydalanishda 
hamkorlikni ta'miniash bo'yicha sa y- harakatlarni tashkil qilish kabi muhim masalalar o'z aksini 
topgan. 
Seminar-kengash ishtirokchilari yakdillik bilan e'tirof etdilarki, Markaziy Osiyo davlatlari 
o'zlarining BMT va EXHTning inson huquqlari bo'yicha talablariga sodiqligini tasdiklaydilar, 
mintaqada demokratiyalashtirish jarayoni va kamsonli millatlar vakillarini hisobga olgan holda inson 
huquqlari muhofazasini ta'minlashni chuqurlashtirishga harakat qiladilar. 
Turli davlatlar va xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari a'zolari O'zbekiston Birinchi 
Prezidentimizi Islom Karimov tashabbusi va BMTning to'la xayraxohligi bilan o'tgan mazkur 
seminar key gash mintaqa xavfsizligini mustahqkamlash yo'lida muhim qadam bo'lishini 
ta'kidladilar. 
«O'zbekiston, - deydi Hindiston Respublikasi tashqi ishlar davlat vaziri Salmoi Xurshid, — 
qamisha tinchlik va hamkorlik tarafdori bo'lib kelgan. Biz 1966 yilning boshida Hindiston va 
Pokiston rahbarlarining Toshkentda uchrashganliklarini yaxshi bilamiz. O'shanda poytaxtingizda 
imzolangan tarixiy Toshkent Deklaratsiyasi Hindiston yarim oroliga tinchlik olib kelgandi. SHuning 
uchun ham O'zbekistonning tinchlik va hamkorlik borasida olib borayotgan faoliyatini munosib 
baqolash joyz. Hozirda O'zbekiston o'z tashqi siyosatini tinch-totuv yashash, barqarorlik va 
hamkorlik printsiplari asosida amalga oshirib, jahon hamjamiyatida obro' va e'tibor topmoqda». 
1
Toshkent seminar kengashi dunyo xavfsizligi yo'li mintaqaviy xavfsizlikni ta'miniash orqali 
o'tishi, boshqacha aytganda, mintaqalar xavfsizligini ta'miniash yo'li bilan jahon xavfsizligini 
ta'miniash mumkin ekanligini yaqqol ko'rsatib berdi. Mintaqamizda barqarorlik tinchlikni 
ta'minlashga qaratilgan tadbirlar ichida 1995 yili sentyabr’ oyida BMT tomonidan Nukus shahrida 
o'tkazilgan Orol havzasi mintaqasining barqaror rivojlanishiga bag'ishlangan konferentsiya va unda 
qabul qilingan deklaratsiya, ham muhim o'rin tutishini aytib o'tish joizdir. 
1995 yilning oktyabr’ oyida N’yu-Yorkda bo'lib o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh 
Assambleyasining ellinginchi yubiley sessiyasida so'zlagan nutqida I.Karimov jahon davlatlari 
rahbarlari va keng jamoatchilik e'tiborini yana bir bor Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan 
muammolarga qaratib, yalpi xavfsizlikka mivtaqalarda xavfsizlikni ta'miniash orqaligina erishish 
mumkin ekanligini uqtirib o'tdi. SHuningdek BMTning mintaqaviy xalqaro tashkilotlar 
munosabatlarini faollashtirish, tangliklaming oldini olish yo' lida uning mintaqaviy tizimlarini 
yanada rivojlantirish lozimligi to'g'risidagi takliflarni ilgari surdi. 
O'zbekiston mintaqamizda, jumladan Tojikistonda tinchlik va barqarorlikni ta'miniash yo'lida 
ham faol harakat qilmoqda. 1995 yil 3 aprelda O'zbekiston tomonidan muholif kuchlar rahbariyati 
bilan uchrashuv chog'ida Tojikiston halqlari kongressini chaqirish xaqida taklif kiritildi. Bu taklif 
qabul qilindi va Tojikistondagi muholif kuchlar o'zaro muzokaralarga kirishdilar. 
Mazkur anjumanning tinchlik va barqarorlikka erishish borasida barcha siyosiy partiyalar, 
jamiyatdagi sog'lom kuchlar uchun muhim minbar bo'lishiga ishonch mustahkamlanmoqda. 
1995 yil 10-11 oktyabrda O'zbekiston Respublnkasi hukumati va Tojikiston Respublikasi 


125 
hukumati mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash muammolari, Tojikistonda tezroq tinchlik umatish 
maqsadida tojiklararo muloqotni ta'miniash bo'yicha birgalikda qilinadigan harakatlami muhokama 
etdilar. O'zbekiston va Tojikiston Respublikasi o'rtasidagi munosabatlarda yanada chuqurlashtirish 
haqidagi memorandumda «O'zbekiston tomoni BMT xomiyligi ostida o'tgan Tojikistonda tinchlik 
o'matish va milliy totuvlikni qaror toptirishning asosiy tamoyillari to'ug'risidagi tojiklararo muloqot 
doirasida imzolangan protokolni tabriklaydi», deyiladi. 
Siyosiy muloqot, kuch ishlatish va ekstremizmdan voz kechish, BMT homiyligi, kuzatuvchi 
mamlakatlar ishtirokida o'zaro maqbul echimlarni izlash Tojikistonda tinchlik va barqarorlikka 
erishishning yagona yo'lidir. SHuni e'tiborga olgan holda memorandumda quyidagilar ta'kidlanadi: 
«Tomonlar bundan buy on ham mintaqaviy xavsizlikning muhim muammolari yuzasidan 
doimiy maslahatlashuvlar o'tkazish amaliyotiga rioya qiladilar va xalqaro tashkilotlarda birgalikda 
harakat qilishda davom etadilar. 
O'zbekiston Respublikasi hukumati va Tojikiston Respublikasi hukumati ikki davlat qardosh 
xalqlari farovonligi yo' lida bundan-buyon ham tinchlik 6apqarorlik hamda totuvlikni ta miniash va 
oshirish, yaqin hamkorlik rejalarini hayotga muttaqil tatbiq etish uchun birgalikda harakat qiladilar». 
O'zbekiston Afg'onistonda ham tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlashing 
tarafdoridir. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov hozirgi kunda mintaqada tinchlik va barqarorlikni 
saqlash muammolari xususida so'z yuritganda bugungi kunda Afg'onistonadagi vaziyatni 
barqarorlashtirish va qayta tikiash borasida davom etayotgan ijobiy jarayonlar bilan bir qatorda, 
mntaqadagi strategik mavxumlikni tugatish nihoyatda dolzarb masala ekanligini ta'kidladi
l.
Hayot shundan dalolat beradiki, bugungi kunda notinch va fojiali mintaqalarda joylashgan 
davlatlaming bir-birini o'zaro anglash va birgalashib harakat qilishini ta'minlabgina butun dunyoda 
tinchlik va barqarorlikka erishish yoTlarini belgilab olish mumkin. SHuning uchun ham biz uchun 
barcha tinchliksevar mamlakatlar bilan o'zaro foydali teng huquqli munosabatlami yo'lga qo'yib, 
jahon hamjamiyatiga qo'shilish o'ta dolzarb vazifadir. 
Barqarorlik, tinchlik, totuvlik bular davlatimizning yangi binosini barpo qiladigan poydevordir. 
Bu bizning ertangi porloq kunimizga olib boradigai to'g'ri yo'ldir. «Tinchlik va barqarorlik,- deb 
yozadi I.Karimov, - bular xalqaro hamjamiyat bilan birlashtiruvchi vositadir. Insonparvarlik 
yaxshilik sofdillik singari umuminsoniy kadriyatlami qabul qilgan va birgalikda baham ko'rgan 
mamlakatgina, xalqgina butun dunyo xalqlariga yaqin va tushunarli bo'lishi, jahon hamjamiyatiga 
qabul qilinishi mumkin. Faqat ular bilan teng huquqi, o'zaro manfaatli munosabatlar o'matilishi 
mumkin»
.
Ma'lumki, umumjahon xavfsizligi mintaqaviy xavfsizlikka erishishdan, muayyan mintaqadagi 
konkret davlatlaming hamjihatligi va birgalikdagi harakatidan boshlanadigan jarayondir. SHuni 
e'tiborga olgan holda, O'zbekiston rahbariyati BMT ishlab chiqqan qarorlarga muvofiq 
Afg'onistondagi mojarolami bartaraf etish uchun quyidagi. tadbirlarni muntazam ravishda amalga 
oshirish zarurligini qayd etib kelmoqda. Bular: mojaroni bosqichma-bosqich bartaraf qilish, 
muzokara jarayonida barcha manfaatdor tomonlaming ishtirok etishi; o'zaro yon berish va oqilona 
o'zaro kelishuv asosida nuqtai nazarlami bir-biriga yaqinlashtirish; bu jarayonda BMT, Evropa 
Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, Islom konferentsiyasi tashkiloti va boshqa halqaro 
tashkilotlarning xomiyligi va faol ishtirok etishi; mamlakat hududiy yaxlitligining saqlanishi; qanday 
shaklda bo'lmasin, tashqaridan tazyiq yoki aralashuvga yo'l qo'yib bo'lmasligi; Afg'onistonga 
qurol-yarog' etkazib berishni qat'iy taqiqlab qo'yish zarurligi. 
Bugun Afg'onistonda giyohvand moddalar ishlab chiqish ortib borayotgani dunyo 
hamjamiyatida katta havotir uyg'otmoqda. Birok, bu illatga qarshi faqat giyohvand moddalar ishlab 
chiqarilayotgan xudud atrofida “xavfsizlik zonasi”ni tashkil etish, jazolash va ma'muriy 
chora-talbirlarni kuchaytirish bilangina kurashishning kifoya qilmaydi. Ushbu muammoni xal qilish 
uchun, birinchi navbatda, Afg'oniston iqtisodiyotini chuqur trkibiy o' zgartirish, aholini tinch va 
bunyodkorlik mehnati bilan band etish orqlai hal qilish mumkin va lozim. 
Markaziy Osiyo mintaqasida hozirgi vaqtda turli siyosiy, iqtisodiy, harbiy, transportga va 
ekologiyaga oid muammolar to'planib qolgan. Mintaqaviy mojarolar, diniy ekstremizm va 
fundamentalizm, buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik etnik va millatlararo 
ziddiyatlar, korruptsiya va jinoyatchilik maxalliychilik va urug'-aymoqchilik munosabatlari, 
ekologik muammolar xavfsiz- likka tahdid ko'rsatib turibdi. 


126 
Mazkur muammolarning salbiy oqibatlaridan holi bo'lishda mintaqada jug'rofiy- siyosiy 
muvozanatni va barqarorlikni saqlab qolish katta ahamiyatni kasb etadi. Bu esa, o'z navbatida, yalpi 
xavfsizlikni ta'miniash muammolarini xal qilishga qo'shilgan salmoqli hissa bo'ladi. Biz «yangi ming 
yillikka yo'l ochib borar ekanmiz, hammaga do'stlik va hamkorlik qo'lini cho'zamiz. Xavfsizlik 
barqarorlik va sobitqadam rivojlanish degan so'zlar buning ramzidir. CHunki, aynan shu 
tushunchalar har bir mamlakatning, har bir xalqning tinchligi, farovonligi, ravnaqi uchun mustahkam 
poydevor yaratadi. Sayyoramizda jug'rofiy-siyosiy muvozanatning ajralmas sharti bo'lib qoladi. Bu 
har bir insonga kelajakka dadil va ishonch bilan qapam huquqini beradi»
l.
Millatlararo totuvlik — osoyishtalik va tinchlik garovi 
Respublikamiz rahbariyatining mintaqamizda barqarorlik tinchlik, millatlararo totuvlikni 
qapop toptirish borasida faol harakat qilib kelayotganibejiz emas, albatta. Hozirgi o'ta murakkab va 
ziddiyatli jarayonda hukumatimiz tomonidan uzoqni ko'zlab olib borilayotgan insonparvarlik siyosati 
tufayli jamiyatimizda osoyishtalik tinchlik va totuvlik fuqarolarning kundalik turmush tarziga 
aylanib ketgan. Buni biz millatlararo munosabatlarni takkomillashtirish sohasida qilinayotgan 
harakatlardan yaqqol ko'rishimiz mumkin. 
Ma'lumki, nnsonning baxt-saodati, kelajak hayoti millatlararo munosabatlar bilan o'zviy 
bog'liq. Bu ayniqsa, ko'p millatli davlatlar, jumladan, O'zbekiston Respublikasi uchun katta ahamiyat 
kasb etadi. Hozir mamlakatimizda yuzdan ziyod millat va elat vakillari yashaydi. 
Ma'lumki, millat ijtimoiy etnik birlikning murakkab shakllari jumlasiga kiradi. Ibtidoiy jamoa 
tuzumida odamlar millat va elatga emas, balki urug' va qabilalarga bo'limb yashagan, xo'jalik hayoti 
ham qabila va urug'g' doirasidan chiqa olmagan. Urug'ning a'zosini boshqa kishilardan ajratib 
turadigan asosiy belgi ulaming kelib chiqishidagi birlik, qon-qardoshlik edi. 
Kishilar birligining urug' va qabilaga nisbatan ancha yirik yuqori, doimiyroq shakli bo'lgan 
elatlar sinfiy jamiyatlar mahsuli bo'lib, ibtidoiy jamoa munosabatlarining emirilishi, jamiyatning 
sinflarga bo'linishi, davlatning paydo bo'lishi bilan kelib chikdi. elatlar ham qon-qardoshligi, tili va 
madaniyati bir xil bo'lgan bir territoriyada yashaydigan kishilar jamoasidan tashkil topgandir. elat 
kishilar birligining o'zidan oldingi shakllariga nisbatan yuqori turi bo'lsa-da, uning ham iqtisodiy 
zamini mustahkam emas edi. Feodal mahdudlik o'zaro urushlar natijasida mamlakatlar va xalqlar 
o'rtasidagi savdo aloqalari izdan chiqar, iqtisodiy munosabatlarga putur etar, madaniy aloqalar, o'zaro 
bordi-keldilarga raxna solinardi. Iqtisodiy taraqqiyot kishilaming tarixan barqaror birligini millatning 
vujudga kelishi uchun asos bo'ldi. Garchi o'rta asrlarda turli xalqlar, elatlarda millatning tashkil 
topishi uchun til va hududiy birlik kabi shart-sharoitlar vujudga kelgan, madaniy birlik elementlari 
birmuncha rivojlangan bo'lsa-da, iqtisodiy hayot birligi hali paydo bo'lgan emas edi. Mamlakatning 
har xil nohiyalari, viloyatlari, o'lkalari o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar mustahkamlanmasdan turib 
kishilarning millatga uyushuvi mumkin emas. 
Tarix sahnasida paydo bo'lgan burjua tuzumi feodalizmga xos bo'lgan tarqoqlik va biqiqlikka 
xotima berdi, iqtisodiy aloqalarni kengaytirdi, milliy davlatning vujudga kelishiga sabab bo'ldi, may 
da mahalliy bozorlarni qo'shib yiriklashtirib, ulkan milliy bozorlarga, keyinchalik jahon bozoriga 
aylantirdi, ishlab chiqarish vositalarini markazlashtirdi. SHu tariqa zarur bo'lgan iqtisodiy 
shart-sharoit imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Millat kapitalizm davrida vujudga keldi. 
Millat kishilarning tarixan tashkil topganligi bo'lib, u xo'jalik til, madaniyat, milliy ruhiyat 
xususiyatlarining yagonaligi bilan ajralib turadi. Til, hudud, iqtisodiy turmush, madaniyatdagi 
umumiylik, bular millatning eng muhim belgilaridir. 
Millatning til, hudud, iqtisodiy turmush va madaniyat jihatidan birligi undan oldin vujudga 
kelgan urug', qabila va elatlarning birligidan tubdan farq qiladi. Millatning iqtisodiy va siyosiy 
jihatdan birlashishi elatlarning og'zaki ijodi va yozma adabiy tilning rivojlanishi asosida yagona 
milliy tilning paydo bulishiga olib keladi. Millatning tarixiy taraqqiyot xususiyatlari, uning iqtisodiy 
tuzumi, odat an’analari, yashash muhiti uning ma'naviy qiyofasi ta'sir etadi. U yoki bu millatga 
mansub bo'lgan kishilarning o'ziga xos milliy xususiyati va psihologiyasi milliy tili va madaniyati 
bo'ladi. Til millatning eng muhim belgilaridan biridir. 
Dunyoning turli mamlakatlarida hozir o'zining turmush tarzi, tili, tarixi, madaniyati, 
urf-odatlari, pivojlanish darajasiga ko ra bir-biridan farq qiladigan qariyb ikki ming turli halqlar va 
millatlar yashamoqda. Ulaming qariyb 1600 tasi Osiyo va Afrika mamlakatlarida, qariyb 100 tasi 
rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda, qariyb 250 tasi sobiq sotsialistik mamlakatlarda yashaydi, 


127 
Mustaqil davlatlar soni hozir qariyb 190 tani tashkil etadi. Er yuzida 101 milliondan ortiq kishidan 
tashkil topgan millatlar ham shuningdek ming va xatto yuz kishidan iborat bo' lgan qabilalar va etnik 
guruhlar ham borligini aytmasdan o'tib bo'lmaydi. 
Hozirgi davrda sobiq Ittifoq hududida ijtimoiy, milliy va millatlararo munosabatlar masalasida 
ilgari aslo kutilmagan salbiy hodisalar, juda ham o'tkir va qaltis muammolar, kuchli to'qnashuv va 
mojarolar tez-tez ro'y berib turganligi ham hech kimga sir emas. 
Milliy va millatlararo munosabatlar masalasida bo'lib turgan keskinliklar va ziddiyatlar oddiy 
bir anglashilmovchilik natijasi emas. Uning muayyan sabablari bor, albatta. Milliy va millatlararo 
munosabatlar masalasi sohasida mavjud bo'lgan muammolami xal qilish omili ularni keltirib 
chiqargan, chuqurlashtirib yuborgan sabablarni aniqlash va bartaraf etish yo'llarini belgilashdan, 
ularni yangicha siyosiy va falsafiy tafakkur asosida nazariy. jihatdan idrok etishdan iboratdir. 
Milliy va millatlararo munosabatlarga oid shunday muammolar va vazifalar borki, ularni ilgari 
qo'llanilgan eski vositalar, usullar bilan hal etib bo'lmaydi. Hayot milliy masalaga yangicha 
yondashishni, siyqa usullardan qat’iyan voz kechishni kun tartibiga qo'ymoqda. 
Milliy masalaning hozirgi davr talablariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan, ijodiy boyitilgan 
eng muhim nazariy qoida va xulosalari hayotga qanday tatbiq etilayotganligini o'rganish, ularni ilmiy 
tahlil etish katta amaliy siyosiy va ma'rifiy tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. 
Milliy qadriyatlarni tikiash va ulardan samarali foydalanish milliy manfaatlar va milliy 
qiziqishlar bilan uzviy bog'liqdir. Milliy manfaaat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy hayotni har 
tomonlama, teran qamrab oladi. Boshqacha aytganda, xaqqoniy milliy manfaatlar—bu muayyan 
millat vakillarining talab va ehtiyojlari yig'indisidan iboratdir. Ammo milliy manfaatlar va ishlar 
boshqa mintaqa vakillarining manfaatlariga zid bo'lmasligi kerak Asl manfaatlar bir guruh milliy 
ekstremistlar, millatchilik shovinistik buyuk davlatchilik dardiga mubtalo bo'lgan kimsalar emas, 
balki mehnatkashlar ommasi ifoda etadi. 
Millatlar va milliy manfaatlar, milliy xis-tuyg'ular mavjud ekan, milliy munosabatlar ham kun 
sayin e'tibor berishni talab qiladigan masaladir, u umumiylik munosabatlarini hisobga olgan holda o'z 
vaqtida va ijobiy xal etib borishni talab etadi. Millatlaming manfaatlariga to'g'ri munosabatda bo'lish 
va ana shu zaminda ixtiloflar chiqaradigan har qanday imkoniyatlarga chek qo' yuvchi sharoitlarni 
yaratib beradi. Tajriba shuni ko'rsatdiki, turli millatlaming manfaatlariga jiddiy e'tibor berilgandagina 
ixtiloflarga sabab bo'ladigan zamin yo'qoladi: o'zaro ishonchsizlik, har qanday fisqu-fasod xavfi 
yo'qoladi. 
Ba'zi hollarda milliy manfaatlar g'oyaviy-siyosiy mazmuniga ko ra bir- biridan farq qilishi 
mumkin. SHuning uchun ham ko'p millatli davlatimiz xalqlarining sog'lom milliy manfaatlarini 
doimiy ravishda topib, o'rganib, ularni yo'llarini izlamog'imiz lozim. Lekin bir yoqlama xarakterdagi, 
mamlakat birligini mustahkamlashga xizmat qilmaydigan o'ta shaxsiy, tor «milliy manfaatlar» 
atrofida o'ralashib qolish to'g'ri emas. 
Bir millatning manfaatlari boshqa millat, elatlarning manfaatlaridan, talab va ehtiyojlaridan 
ajratilmagan holda o'rganilishi lozim. Jamiyat hayotini demokratiyalashtirish, oshkoralikni 
chuqurlashtirish sharoitida, nazokatnn saqlagan holda, barcha millatlar va elatlarning o'ziga 
xosligi-yu, manfaat, qiziqishlarini kamsitmasdan, doimo xalqlar do'stligini mustahkamlash, yoshlarni 
baynalmilallik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo' llarini qidirmoq kerak. 
Milliy manfaatlarni nazar-pisand qilmaslik cheklab qo'ying xunuk ijtimoiy-siyosiy oqibatlarga 
olib kelishi mumkin. Bunga Tog'li Qorabog', Gruziya, Ukraina, Kavkazorti mamlakatimizlarida, 
Tojikistonda va boshqa joylarda ro'y bergan va berayotgan ko'ngilsiz voqealar misol bo'la oladi. Bu 
voqealar milliy qadriyatlar negizida turgan muammolarni oqilona hal etish lozimligini yana bir bor 
tasdiqlaydi, millatchilik va shovinistik kay fiyatlari qo'zralishiga aslo yo'l qo'yib bo'lmasligini 
ko'rsatadi. 
Milliy qadriyatlar keng ma'noda mamlakatning barcha aholisini tashkil etuvchi turli ijtimoiy 
sinflar, millatlar va elatlaming manfaat va qiziqishlarini ifodalaydi. Demak, har bir o'lka, muxtoriyat 
yoki mustaqil davlat shaklidagi mamlakatimizlar tarkibida bir necha millatlar va elatlar borki, 
ularning barchasiga xos bo'lgan, yaxlit tarzda. amal qiladigan manfaat va qiziqishlar yuzaga keladi. 
Umummanfaat zaminida yuzaga kelgan munosabatlar asosli ravishda ularning barchasiga xos bo'lgan 
umumiy qadriyatlaming shakllanishiga asos bo'ladi. SHu nuqtai nazardan aytish mumkinki, 
umummilliy manfaatlar mazmun va mohiyati jihatdan milliy qadriyatlarga qaraganda keng va 


128 
chuqurroqdir. Bundan ko'rinib turibdiki, umummilliy manfaatlar milliy manfaatlardan farqli o'laroq, 
alohida yoki bir guruhdagi kishilami emas, balki mamlakatimizdagi barcha mavjud millat, elat va 
xalqlar maqsad va intilishlarining yaxlitligi, umumiyligini ifodalaydi. 
Umummilliy manfaatlar butun holda namoyon bo'Isa, milliy manfaatlar ana shu butunning 
bo'lagi shaklida namoyon bo'ladi. Umumiylikni alohidalikdan, alohidalikni umumiylikdan ajratib 
bo'hnaganidek, 
milliy manfaatlarni ham 
umumilliy manfaatlardan ajratib qarash mumkin emas. Zero, umummilliy manfaatlar, milliy 
manfaatlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Milliy va umummilliy manfaatlar bir-biri bilan uzviy 
bog'liqdir. SHuning uchun ulami bir- biridan ajratib, bir-biriga qarama- qarshi qo'yib bo'lmaydi. 
Haqiqiy baynalminal inson bo'lmoq uchun faqat o'z millatining manfaatinigina o'ylash kerak emas, 
balki uni umumisoniy manfaatlar bilan uyg'un holda ko ra bilmoq kerak. 
Ko'pmillatli mamlakatimiz taraqqiyotining tarixiy, tajribasi umummilliy manfaatlar bilan 
milliy manfaatlarni bir-biriga uyg'unlashtirishning bir qancha printsiplarini yaqqol ko'rsatish 
imkoniyatini beradi. Bu printsiplardan eng asosiysi—umumdavlat, umummilliy manfaatlarni 
cheklash, kamsitish emas, balki umumiyatning manfaatiga asoslanish, ozchilikning manfaatini 
ko'pchilik manfaatlaridan ustun qo'ymaslik demakdir. 
Haqiqiy baynalmilallik faqat milliy, hududiy mamlakatimiz manfaatlarini teran 
anglashdangina iborat emas, balki umummilliy yangilanish vazifalarini ado etish yo'lida 
mamlakatimizdagi barcha hududlarning imkoniyatlaridan to'la-to'kis foydalanishni ham taqozo etadi. 
Milliy va umummilliy manfaatlarni yakka-yakka, alohida-alohida holda emas, balki o'zaro bog'liq 
holda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Turli xududlarda yashab kelayotgan xalqlar millatidan 
qat'i nazar, hamma joylarda va hamma vaqt o'zlarishshg rang barang milliy ehtiyojlarini qondira 
olishlari darkor. Bu munosabat xududiy muxtoriyatga ega bo'hnagan xalqlarga ham tegishlidir, 
ularning milliy manfaatlarini ham oqilona ximoya qilish zarur. 
Qardosh mamlakatimizlarda yashayotgan millat va elatlarning talab va ehtiyojlarini har 
tomonlama o'rganish, ularni qondirish yo'lyRrini izlash hamda mamlakatimizning umumiy 
manfaatiga muvofiqgashtirish nisbatan katta ahamichtga egadir. 
Keng ma'nodagi millii qadriyatlar asosida turuvchi umummilliy danfaatlar, yuqorida 
ta'kSHdlaganimizdek shunday umummilliB munosabatlarni namoyon etadiki, bularga quyidagi 
talablarni kiritish mumkin: 
• mamlakatda yashovchi barcha kishilaming, millati va istiqomat joyidan qat'i nazar teng 
huquqliligi va erkin rivojlanishini ta'miniash; 
• halqlaming o'z taqdirini o'zi belgilashi, milliy qadr-qimmatni qaror toptirish: ona tilini va 
madaniyatini, halq urf-odat va an'analarini rivojlantirish huquqi berilishi. mustaqil davlatlar ko'p 
millatli, halqlarining hamdo'stligini mustaqkamlash, shu jumxuriyatlar tarkibidagi hamma turdagi 
muxtoriyatlarning ham mustaqilligini amalda tA' ’inlash: 
• kaasonli halqlaming, milliy guruhlarning manfaatlari va qiziqtirishlarina ximoya qilish$ ular 
turmushiming an'anaviy shakllariga ehtiyotkorlik balan munjsabatda bilish, qatag'onga uchraganva 
zo'rberib so'chirilgan halqlaming huquqlarini tikiash, zo'ravonlik harakatlari oqibatlarini bartaraf 
etish; 
• aholining 
nohaqlikdan ко'chishining oldini olish, 
• qochoqlar uchun huquqiy maqomlar joriy etish, ularga zaruriy yordam berish; 
• milliy ekstremizm, shovinizm, irqchilik diskriminatsiyaning har qanday ko'rinishiga qarshi 
kurashish; 
• ko'pmillatli davlatning umummilliy xavfsizligini ta'miniash va qo'riqlash, 
YUqorida ko'rsatib o'tilgan munosabatlaming barchasi aynan hayotimiz mezonidan kelib 
chiqayotgan xaqqoniy talablardir. Bularga o'z navbatida, e'tibor bermaslik salbiy ijtimoiy oqibatlarga 
olib kelishi muqarrar. Biroq muammolami xal qilish jarayonida faqat muayyan jumxuriyatdagi u yoki 
bu millat va elating talab va ehtiyojlariga zo'r berish, milliy mahudlikka, xudbin manfaatlarga asir 
bo'lib qolish ham yaramaydi. CHunki bu hoi muayyan mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va 
ma'naviy ravnaqiga xissa qo'shmaydi, aksincha, salbiy ta'sir etadi, milliy xis- tuyg'ulaming junbushga 
kelishiga sabab bo'ladi. Milliy va umuminsonyy manfaatlarning moxiyatini belgilash, himoya qilish 
chogida yo'l qo'yilgan shoshma- shosharlik o'ylamasdan tashlangan har bir qaFam og'ir qalb 
jarohatlariga olib kelishi mumkinligini yoddan chiqarmaslik kerak. Ma'lumki, O'zbekistan ahjlisining 


129 
etnik tarkiSid o'zbeklar ustun mavqeni egallabdi. SHu bilan bir qatorda respublikamiz hududida o'z 
madaniyati va an'analariga ega bo'lgan yuzdan ziyod millat vakillari ham yashab turibdi. 
«O'zbekistonning milliy madaniy jihatdan g'oyat rang-barangligi milliy o'zligini anglash va ma'naviy 
kayta tiklanishning kuchayib borishi bilan uzviy birgalikda jamiyatni yangilash, uni ochiq jamiyatga 
aylantirish uchunqu4ratli omil bo'lib xazmat qiladi va respublikamizning jahon hamjamiyatiga 
qo'shilish uchun qulay sharoitlami vujudga keltiradl». 
Milliy munosabatlar ijtimoiy munosabatlaming ajralmas qisdidir. SHuning uchun ham milliy 
va millatlararo munosabatlarda ijtimoiy hayotimizning iqtisodiy- siyosiy, madaniy-ma' naviy va 
boshqa sohalarida ro'y berayotgan o'zgarishlar, qiyinchiliklar, ziddiyatlar o'z aksini topmay 
qolmaydi. Har qanday rivojlanishga ziddiyatlar xosdir. Binobarin, ular milliy munosabatlar rivoji 
uchun ham muqarrardir. 
eng muxim, ziddiyat ularni doimo yuzaga keltirib turadigan jihatlami ko ra bilish, hayot o'rtaga 
qo'yayotgan savollarga o'z vaqtida to'g'ri javob topib berish zarur. Afsuski, o'tmishda biz milliy 
siyosatning ulkan yutuqlari haqida keragidan ortiqcha darajada gapirdik ammo mazkur sohadagi 
jiddiy kamchiliklar, buzilishlar, xatolar, muammolar haqida lom-mim demadik. YUtuqlarimizga 
ortiqcha baxo berdik kamchiliklar, xatoliklar, jiddiy qiyinchiliklami ко'rib ko'rmaslikka oldin, real 
voqelikdan ancha yiroqlashib ketdik, qorani oq qilib tasvirladik milliy masaladagi echimlarini 
kutayotgan muammolar, ro'y bergan va gazak olib borayotgan salbiy xodisalar xususida 
indamaslikni, hamma narsani bezab, benuqson qilib tasvirlashni o'zimiz uchun odat qilib oldik. 
Milliy masalada, millatlararo munosabatlarda, iqtisod va ekologiyada, til masalalarida, paxta yakka 
xokimligi, ijtimoiy masalalar, aholini oziq-ovqat, uy-joy bilan ta'miniash, tibbiy xizmat ko'rsatish, 
milliy kadrlami o'stirish, yosh bolalar o'rtasida kuchayib borayotgan bevaqt o'lim va 6oshqa eng 
dolzarb muammolar xaddan uzoq yillar davomida indamasdan, dardimizni ichimizga yutib keldik. 
Turg'unlik yillarida nashr etilgan ilmiy ishlarda, yoqlangan dissertatsiyalarda, ayrim sobiq 
raxbarlaming balandparvoz nutqlarida milliy munosabatlarda hech qanday muammo yo'qligi, bo'lishi 
ham mumkin emasligi haqida zo'r berib gapirildi, bu sohadagi yutuqlar bir yoqlama, faqat yaxshi 
tomonlardangina bayon etildi va bo'rttirildi, real haqiqat buzib ko'rsatildi. Ayrim jumxuriyatlar va 
muxtor tuzilmalarning ham, milliy guruhlarning ham ijtimoiy iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti, 
ehtiyojlari etarli ravishda hisobga olinmadi. Millatlar va elatlar taraqqiyotining o'zi o'rtaga qo'ygan 
birtalay keskin masalalar o'z vaqtida hal etilmadi. Bu esa ijtimoiy norozilikka olib kelib, ba'zan 
mojaroli tus oldi. Milliy xudbinlik va kibr-havo, tayyoriga ayyorlik kayfiyatlari va mahalliychilik 
ko'rinishlari sodir bo'lib qoldi. O n yillar davomida yig'ilib qolgan salbiy hodisalar uzoq vaqtgacha 
e'tiborga olinmadi. Buning natijasida bunday ko'ngilsiz hodisalar ro'y berdiki, bu narsa nafaqat sobiq 
sho'rolar jamiyati kishilarini, balki jahon xalqlarini ham tashvishga solmoqda. Sobiq Ittifoqning 
tugab ketishi, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjonda, CHechenistonda va boshqa jumxuriyatlarda ro'y 
berib turgan voqealar va jarayonlar shular jumlasidandir. 
Sobiq Ittifoq hududining gox u, gox bu erida ro'y berayotgan bugungi ijtimoiy etnik mojarolar 
buning yaqqol misolidir. Uzoq yillar davomida zo'r berib aytilganidek agar sobiq Ittifoqda milliy 
masala bilan bog'liq bo'lgan muammolar to'la va o'zini kesil hal etilganida, ming minglab odamlar 
qatag'onlik qurboni bo'lmaganida, koshki bir qatop xato-kamchiliklarga, jinoyatlarga yo'l 
qo'yilmaganidagi, keyingi yillarda bir qancha mingta qilarida noxush hodisalar bo'lmagan, qon 
to'kilmagan, qurbonlar berilmagan bo'lardi. 
Nisbatan xiyla jonlanib qolgan millatchilik milliy kalondimog'lik milliy xudbinlik ekstremizm 
ko'rinishlari, ma lum ma'noda, aynan o'sha eski xatolardan oziqlandi, deyish mumkin. Kishilami 
darg'azab qilgan salbiy hodisalarning tug'ilishiga faqat shaxsga sig'inish yillarida mamlakatlararo 
munosabatlarni belgilash, baynalmilal tarbiyani yo'lga qo'yish chog'ida ro'y bergan juda katta xatolar, 
kamchiliklargina emas, balki keyingi yillarda milliy masalaga yondashish borasida yo'l qo'yilgan 
jiddiy nuqsonlar ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi. Xatolar yig'ilib-yig'ilib, gazak olib, oxiri, 
yuqorida aytib o'tilgan, milliy zamindagi ko'ngilsiz hodisalarga sharoit yaratdi. 
Milliy va millatlararo munosabatlar masalasida yo'l quyilgan xato va kamchiliklar qanday 
salbiy oqibatlarga olib kelganligini, nimalarda namoyon bula yotganligini bilish, milliy masalada 
kelajakda bunday vaziyatlar takrorlanishiga yo'l qo'ymaslik uchun ulami keltirib chiqargan va 
rivojlantirib yuborgan sabablarni keng va atroflicha idrok qilish maqsadga muvofiqdir. 
SHuni e'tiborga olish kerakki, milliy va millatlararo munosabatlarga bevosita daxldor bo'lgan 


130 
juda ko'plab muammolar birdaniga, favqulodda, bir ikki yil ichida emas, balki uzoq yillar mobaynida 
sekin-astalik bilan paydo bo'lib, rivojlanib, oqibatda o'ta keskinlashib ketgan bir paytda qayta qurish 
bu sohadagi qator muammolar va ziddiyatlarni yuzaga qalqitib chiqardi. 
Hozirgi kunning asosiy vazifasi milliy masalada o'tmishda ro'y bergan nuqson va 
kamchiliklami sanab o'tishdangina iborat bo'lmay, balki bugungi kunning vazifalari va kelajak 
xaqida ilmiy asosda aniq-ravshan, fikr yuritishdir. Faqat orqaga qarab oldinga yurish mumkin emas, 
shunday qilinsa birinchi to'siqdayoq qoqilib qolish mumkin. Biz turmushning xatolar haqida ko'p 
o'yladik ma lum chora-tadbirlar ko'rdik ham. endigi vazifa hozirgi kun haqida boshqotirishdir. Agar 
shunday qilinmasa, ko'p imkoniyatlardan foydalana olmaymiz, mayda-chuyda masalalar doirasida 
o'ralashib qolib, muhim voqealar, vazifalami bilish, ulardan foydalanish va amalga oshirish 
imkoniyatlarini qo'ldan boy beramiz. 
Jumxuriyatimizda keyingi vaqtda ro'y bergan tarixiy voqealar, jumladan, (U zbekistan 
Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risida Qonun qabul qilinishi, uning 160 dan ortiq xorijiy 
mamlakatlar tomonidan tan olinishi, hayotimizning hamma sohasida amalga oshirilayotgan 
o'zgarishlar milliy va millatlararo munosabatlarni takomillashtirish uchun qulay shart-sharoitlarni 
vujudga keltirmoqda. SHulardan to'liq foydalangan holda, milliy va millatlararo munosabatlar 
sohasidagi barcha mavjud kamchiliklami zudlik bilan tuzatish hammamizning oldimizdagi dolzarb 
vazifadir. 
Milliy muammolar to'g'risida gap borganda, davlat mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy, 
siyosiy va ma'naviy inqirozdan chiqish ham, milliy qadr- qimmat, qimmat va o'zlikni anglashnn qaror 
toptirish ham, ekologiya, tabiatni muxofaza qilish ham, til va ma'naviy merosni saqlash ham o'ziga 
xos ahamiyat kasb etadi. Milliy va millatlararo munosabatlarga doir muammolaming hammasi o'zaro 
bog'liq. SHuning uchun ham ularni o'zaro ajratib xal etib bo'lmaydi. Odamlarning kayfiyati, 
jamiyatdagi ma'naviy siyosiy iqlim ko'p jihatdan ana shu muammolami ijobiy xal etishga bog'liq. 
O'z milliy davlati xududlaridan chetda yashovchi kishilaming manfaatlarini hisobga olish 
o'tmishda izdan chiqqanligi millatlararo munosabatlar chigallashuvining sabablaridan biridir. U yoki 
bu millatga mansub kishilarniig maifaatlari kamsitilishi, e'tiborga olinmasligi milliy alamzadalik va 
mojarolarga olib kela boshladi. Bunday ko'ngilsiz hodisalarning oldini olish uchun o'z milliy davlati 
xududidan tashqarida yashayotgan har xil millat va elat vakillarinint adolatli talab va istaklarini 
zaruriy ravishda inobatga olish va qondirish lozim. Hayot milliy guruhlaming davlat hokimiyatdagi 
vakilligini, ona tilida ta'lim olish, milliy madaniyatni, urf-odat, an'analarini rivojlantirish va boshqa 
huquqlarini yanada aniqroq belgilab quyishni kun tartibiga qo'ydi. 
Hozirgi paytda O'zbekiston Respublikasida 1 milliondan ziyod qozoqlar, qariyb 300 ming qrim 
tatarlari, 500 ming koreys, 700 ming tojik yashaydi. Ulaming turli-tuman ehtiyojlarini qondirish 
uchun qator chora-tadbirlar qo'rilmoqda. Aholming ona-tilida ta'lim olish borasidagi ehtiyojlari 
to'laroq qondirilmokda. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, madaniy va ma'naviy boyliklarni 
taqsimlash masalalarida ijtimoiy adolat printsiplariga asoslanilayapti. Milliy tilda ro'znomalar, 
kitoblar nashr etilmoqda. Ko'pchilik millatlarning ehtiyojlarini hisobga olib, televizion ko'rsatuv va 
radio eshittirishlar kengaytirilmoqda, milliy madaniyat markazlari ta' sis etilmoqda. Boshqa 
millatlarning vakillari davlat hokimiyati, ijtimoiy ishlarga jalb qilinmoqda. Uylaymizki, bunday 
tadbirlar millatlararo munosabatlami yanada takomilashtirishda ijobiy rol’ o'ynaydi. 
Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi majlisidagi ma'ro'zasida 
«O'zbekistonning asr boshida» degan uzoq muddatga mo'ljallangan, keng qamrovli rivojlanish 
dasturini ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etish zarurligini qayd qilib, «bu dasturda har bir fuqaro, 
har bir vatandoshimizning bugungi va kelajak manfaatlari o'z ifodasini topishi lozim», deb ko'rsatdi. 
Bunday dasturni izchillik bilan amalga tatbiq etish milliy va millatlararo munosabatlarni yanada 
uyg'unlashtirib, jamiyatimiz barqarorligini ta'minlashga katta zamin bo'lishi shak- shubhasizdir. 
Milliy siyosatga taalluqli, har bir millat va elatning manfaatlariga, kishilaming milliy 
tuyg'ulariga daxldor bo'lgan hamma ishlarda ayniqsa xushyor va sergak bo'lish, ayni chog'da qanday 
libosdaligidan qat'inazar, milliy cheklanganlik va manmanlik millatchilik va shovinizm 
ko'rinishlariga qarshi kurash olib borishni hech qachon esdan chiqarib bo'lmaydi. 
Milliy manmanlik milliy maxdudlik milliy maqtonchiqlik bizning g'oyat buyuk boyligimiz 
bo'lgan baynalalmilalchilik tuyg'ularimizga tamomila yot. Milliy tuyg'ular juda nozikdir. Biror 
millatni ortikcha maqtash, uning tarixi, madaniyatini ideallashtirish boshqa millat vakillarining milliy 


131 
tuyg'ulariga birmuncha tegib ketadi. Bu milliy tuyg'ular millatchilik tuyg'ulariga aylanib ketishi 
mumkin. Milliy madaniyat tarixini xaddan tashqari ideallashtirib yuborish ham o'z navbatida, 
shovinistik kayfiyatlarning kuchayishiga yordam berishi mumkin. 
Kamsonli millatlar madaniyatiga, milliy xususiyat va an'analariga katta millatlarning 
yondashuvidagi buyuk davlatchilik kayfiyatlari millatchilik tuyg'ularining kuchayishiga ta'sir 
ko'rsatadi. U yoki bu jumxuriyat xududida yashayotgan kam sonli millatlarning tiliga, ularni o'z tilida 
o'qitishga, ro'znoma va kitoblar nashr qilishga, ish yuritishga nihoyat darajada extiyotkorlik bilan 
yondashish kerak. Buni e'tiborga olmaslik milliy adovatga, alamzadalik va xokazolarga olib kelishi 
turgan gap. 
Insoniy muiosabatlar millat tanlamaydi. Jumxuriyatimizning oddiy mehnatkashlariga milliy 
manmanlik mutlaqo yotdir. Ular biror millatni ko'klarga ko'tarishga ham, odamlarni millati eski diniy 
e'tiqodiga ko ra qarama-qarshi qo'yishga ham hech qachon ehtiyoj sezmaydilar. Ularning asosiy 
shiori xalol yashash va mehnat qilish, atrofdagilar bilan chinakam insoniy munosabat o'rnatishdan 
iboratdir. Oddiy insonlarni milliy xudbinlik kabi salbiy tushunchalar bilan zaharlashni, ularni bexuda 
bezovta qilishni aslo oqlab bo'lmaydi. Millatchilik shovinizm, milliy maxdudlik milliy 
kalondimog'lik shaxsni ma'naviy va axloqiy jihatdan emiradi, jamiyatni iqtisodiy va ijtimoiy 
qashshoqlikka olib keladi. 
Millatchilik va shovinistik munosabatlar natijasida, va boshqa sabablarga ko'ra hozirgi paytda 
sobiq Ittifoq Mamlakatimizlarida turli mamlakatlarga mansub bo'lgan 60 million kishi o'z xududidan 
tashqarida yashaydi. Bu narsa, albatta, qator muammolaming turilishiga sabab bo'lmoqda. Hozirgi 
paytda ana shu muammolarni xal etishga qaratilgan ishlar olib bormoqda. Milliy munosabatlarni 
yanada takomillashtirish to'g'risida so'z yuritilar ekan, mazkur masalaga taalluqli bo'lgan yana bir 
muhim narsani aniqlab olishimiz lozim. O'tmishda milliy munosabatlarga xos ikkita tendentsiya 
mavjud, ularning birinchisi millat va elatlaming gullab- yashnashini tashkil qilsa, ikkinchisi ularning 
o'zaro inoqlashuvini tashkil etadi, degan fikr mavjud bo'lib, ikkinchi tendentsiyani birinchisnga 
nisbatan ustun deb hisoblanardi. Endilikda, milliy munosabatlardagi ikki tendentsiya xaqidagi 
masalaga hozirgi sharoitni hisobga olib yangidan yondashishimiz zarur bo'lib turibdi. Fikrimizcha, 
milliy munosabatlar rivojlanishdagi tendentsiyalarning birinchisi jamiyatimizdagi barcha millat va 
elatlarning erkin va har tomonla rivojlanishi bo'Isa, ikkinchisini ular o'rtasidagi qardoshlarcha do'stlik 
va hamkorlikni rivojlantirish va yanada mustahkamlash, desak haqiqatga mos tushadi. 
Bunday yondashish, barcha millat va elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy 
rivojlanishini ta'miniash bilan birgalikda ular o'rtasidagi do'stlik va hamkorlikni mustahkamlashga 
imkoniyat ochib beradi. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin