100
etilmoqda. O zbek olimlari, shoirlari tomonidan ham odob axloq masalalariga bag'ishlangan ko'pgina
asarlar nashr qilinyapti.
Mazkur adabiyotlarda inson tug'ilganidan tortib to bandalikni bajo keltirganigacha amal qilishi
kerak bo'lgan qoidalar, maslaxatlar o'z aksini topgan. Masalan, birgina shariat qoidalarining o'zida
musulmonlar amal qilishi zarur bo'lgan 934 ta talab mavjud. SHular orasida insopparvarlik insonni
hurmat qilish va ulug'lashga qaratilgan g'oyalar alohida e'tiborga sazovordir.
SHarq falsafasi va islom ta'limotida rahm-shafqat, muruvvat, odamiylik kabi fazilatlar doimo
ulug'lanib, madx etilib kelingan. Odamiylik—bu
kishining boshqa odamlarga, urug'-aymog'iga
mexr-shafqat ko'rsatishi, yaxshilik qilishini, insonparvarlik munosabatlarida bo'lishini taqozo
etadigan fazilatdir.
YUsuf Xos Hojib odamiylikni quyidagicha madh etadi:
• Senga kim qilarkan odamgarchilik,
• Javob ber unga sen qilib yaxshilik.
• Vafoga vafodor kishilik haqqi,
•
Vafo qil, odil bo 'I, jam olmangulik.
Alisher Navoiy odamiylikning asl maqsadini shunday ta'riflaydi:
• Odami er sang demagil odami,
• Onikim yuq xalq g'amidin g'ami.
Kimki xalqqa qanday muomalada bo'Isa xalq ham unga shunday muomalada bo'ladi, «sen
xalqqa qancha aralashsang xalq ham senga shuncha yondashadi», degan naqllar bejiz tug'ilmagan.
«Ey aziz, - deydi Muhammad Jabalrudiy, - xalg'ingga doimo yaxshilik qil, g'ilgan yaxshiliging
ulardan senga qaytadi. Hech kimsaga qasddan yomonlik qilma y, kimki yomonlik qilsa qilgan
yomonligi, shubxasiz, o'ziga qaytadi».
Barhrdar
ibn Maxmud aytganidek, arjumandlik bayrog'ini ko'taruvchilar va sarbalandlik
nog'orasini chaluvchilar qanday kishilarki, ular halqning tinchligini va osoyishtaligini o' ylaydilar va
kecha-kunduz shu haqda fikr qiladilar, barcha kishilarni o'z ukalaridek ko'radilar, birovning dil
shishasini g'azab
toshi bilan sindirmaydilar, adovat va jafo tikanini bechoralik saxrosida yurgan
yalanoyoqlar oyog'i ostiga tashlamaydilar.
Xalq bilan hamnafas, hamdard bo'lish, unga yaxshi kunlarda ham, boshiga musibat tushgan
qorong'i kunlarda ham sadoqatli bo'lib, astoydil xizmat qilish mumkin — musulmon farzandi uchun
eng
katta baxt xisoblanib, kelgan, «YAxshi hayot va o'zoq yashash uchun, xalqning duosi va
shodligidan yaxshiroq posbon va qo'riqlovchi yuq» deydi, Barxurdor ibn Maxmud.
Xalqparvarlik — barcha insonlarga mexr oqibatli bo'lish, ulami hurmat izzat qilish bilan
chegaralanadigan munosabatlargina emas, albatta. Halqparvarlik —
eng awalo har bir inson
tomonidan boshqalarga nafi tegadigan amaliy harakatdir. SHu nuqtai nazardan yondashadigan
bo'lsak masalan, moddiy ne'matlar ishlab chiqaruvchi har bir mehnatkash uchun halqparvarlik — bu
mehnat unumdorligini oshirib xalqimiz uchun zarur bo'lgan iste'mol maxsulotlarini sifatli va o'z
vaqtida etkazib berish demakdir.
YOzuvchilar, ziyolilar uchun xalqparvarlik o'z asarlarida xalqning mehnati, hayoti, orzu
umidlarini badiiy obrazlarda aks ettirib, ularning ichki dunyosini boyitish, ma'naviy
barkamolligi,
dunyoqarashini shakllantirishga ko'maklashishdan iborat, deb bilmog'imiz lozim.
Olimlarimiz uchun xalqparvarlik xalqimizning farovon hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan
narsalarni ishlab chiqarishni ilmiy asoslab berish, kishilaming ongi, ilmiy dunyoqarashini
shakllantirish demakdir.
Davlat arboblari uchun halqparvarlik — bu eng awalo har bir insonning huquq va erkinliklarini
ximoya qilish, ularning extiyojini qondirish, bzrcha ijtimoiy kafolatlarini ado etish, ijtimoiy-siyosiy
barqarorlik, osoyishtalik, milliy totuvlikni ta'miniash demakdir. Insonparvarlik, xalqparvarlik ayni
vaqtda vatanparvarlik hamdir.
Dostları ilə paylaş: