Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi


-MAVZU: Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar demokratik printsiplarni joriy qildirish



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

 
10-MAVZU: Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar demokratik printsiplarni joriy qildirish 
asoslari. 
Reja: 
1. Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar tizimi. 
2. Demokratiya - siyosiy qadriyatlar sifatida. O'zbekistonda demokratik prinsiplami joriy 
qilinishi va muammolari. 
3. Huquq va erkinlik shaxs qadriyatlari sifatida. 
4. Totalitar tuzum sharoitida mahalliy aholi erkinliklari va huquqlarini poymol qilinishi. 
5. Barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlik - jahon hamjamiyatiga yo'l ochuvchi 
ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar ekanligi 
6. «Fuqarolik jamiyati» tushunchasi va uni o'rnatish masalalari. 
Jamiyat taraqqiyotida, inson hayotida ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar alohida o'rin tutadi. 
Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar ichida barqarorlik, tinchlik, totuvlik alohida ahamiyat kasb etadi. 
Erkinlik, tenglik, birodarlik insoniyat tomonidan hamisha e'zozlab, qadrlangan. Insonning 
erkinligi, uning shon-shuxrati va qadr-qimmati jamiyatimizning oliy qadriyatlaridir. O'zbekistonda 
boshqa millat va xalqqa nisbatan do'stlik, birodarlik munosabatida bo'lish - bu o'zbek xalqi va milliy 
ruhiyatining ajralmas fazilatidir. 
Mamlakatimizda demokratik institutlar faoliyatini yo'lga qo'yish va fuqarolik jamiyati 
asoslarini shakllantirish uzoq muddatli jarayondir. Demokratik g'oyalami shunchaki bayon qilib
yuqoridan joriy va tatbiq etish bilan odamlar ongida tub o'zgarishlar qilib bo'lmaydi. Birinchi 
Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, «Demokratiya jamiyatning qadriyatiga, har bir 
insonning boyligiga aylanmog'i kerak. Bu esa bir zumda bo'ladigan ish emas. Xalqning 
madaniyatidan joy ololmagan demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi ham bo'la olmaydi. Bu 
tayyorgarlik ko'rish va demokratiya tamoyillarini o'zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli 
jarayondir». 
SHu boisdan ham demokratiyani ustuvor qadriyat sifatida o'rganish, ijtimoiy hayotga joriy 
etish, bir tomondan jahon xalqlari demokratiya an'analarini puxta o'rganish va o'zlashtirishni, 
ikkinchi tomondan ajdod-larimizning adolatli jamiyat barpo etish borasidagi qarashlarini bugungi 
kunga joriy etishni taqozo etadi. 
Har bir jamiyat, davlat o'zi uchun mos demokratik taraqqiyot yo'lini tanlaydi. O'zbekiston ham 
o'zi uchun maqbul demokratik taraqqiyot yo'lini tanlab oldi. Bugungi kunda SHarqning ham o'ziga 
xos davlatchilik an'analari, boshqaruv tizimi, idora usullari, hokimiyat tarmoqlari bo'lgani, bu borada 


92 
u Farbdan sira ham kam emasligi barchaga ayon bo'lib qoldi. Xususan, SHarq demokratiyasining bir 
qator ustuvor jihatlari mavjud: 1) Foyaviy-falsafiy asosda shakllangan insonparvarlik 
(ajdodlari-mizning bu boradagi boy ma'naviy merosi) negizida siyosiy madaniyat shakllangan. 2) 
SHarq falsafasining muhim jihatlaridan biri - «me'yor» tushunchasi aslida demokratik me'yorga 
asoslangan siyosiy madaniyatdir. 3) SHarqda odamlarning hokimiyatga va siyosiy munosabatlarga: 
saylov tizimi, davlatchilik, siyosiy harakatlar, jamoatchilik fikri, ommaviy axborot vositalari - 
bularning barchasi SHarqda o'z xususiyatlariga ega. SHarqda jamoatchilik fikri ham keng 
rivojlangan. 
Umuman, demokratiya qadimdan dunyoning turli mintaqalarida turlicha yo'nalishda rivojlanib 
borgan. Demokratiyaning shakllari: 
SHarqona demokratiya (o'zida milliy umumbashariy, mahalliy xususiyatlarni birlashtirgan, 
o'ziga xos ko'rinish). 
Siyosiy 
demokratiya 
(jamiyat 
siyosiy 
tizimini 
xalqqa 
yaqinlash-tirish, 
siyosiy 
adolatsizliklarning oldini olish). 
Ijtimoiy demokratiya (bugungi davr demokratik islohotlar jarayo-niga e'tibor) ko'rinishlari 
mavjud bo'lib kelgan. 
Demokratiya (yunon - xalq xokimiyati) - xalq hokimiyatchiligi, siyosiy plyuralizm, fuqarolar 
erkinligi va tengligi, inson xuquqlari singari konstitutsiyaviy printsiplami e'tirof etishga 
asoslangandavlat tuzilishi shakli. 
Demokratiya va uning mezonlari. Umumiy tarzda demokratiya deganda hammaning 
manfaatlari yo'lida ko'pchilikning hokimiyati va ozchilikning irodasini hurmat qilish tushuni-ladi. 
Batafsil tahlil qilinganda esa demokratiya - xalqning o'z erkinligi va mustaqilligiga qarashlari ham, 
o'zboshimchalik bilan cheklashlar va shu yo'sindagi harakatlardan himoya qilish ham, fuqarolaming 
o'z-o'zini bosh-qarish shakli ham ekanligi bo'ladi. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin