Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

Qadriyat turlari: 
• Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog' liq bo' lgan qadriyatlar. 
• An'analar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo'ladigan axloqiy qadriyatlar. 
• Insonning aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat malakalari va 
ko'nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste'dodlarida namoyon bo'ladigan 
qadriyatlar. 
• Odamlar o'rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, hayrihohlik, hamjihatlikka asoslangan 
munosabatlarda namoyon bo'ladigan qadriyatlar. 
• Kishilaming yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog'lik bo'lgan qadriyatlar. 
• Qadriyatlarni xilma-xil shakl va turlarga ajratib o'rganish mumkin: 
• Umuminsoniy qadriyatlar. 
• Mintaqaviy qadriyatlar. 
• Milliy qadriyatlar. 
• Diniy qadriyatlar. 
Milliy g'oya va ma'naviy qadriyatlaming uzviy bog'liqligi. Milliy ma'naviy qadriyatlar - ijobiy 
axloqiy sifatlarni takomil-lashtirish, davlat va millat rivojiga to'g'anoq bo'ladigan salbiy illatlami 
bartaraf etish omilidir. Milliy g'oya va ma'naviy qadriyatlar orasida uzviy aloqadorlik, o'zaro ta'sir 
mavjud bo'lib, bu quyidagilarda o'z ifodasini topadi: 
Milliy qadriyatlar milliy g'oya uchun ma'naviy negiz, manba bo'lib xizmat qiladi. 
Milliy g'oya qadriyatlarni boyitish, yanada yuksak bosqichga ko'tarish, odamlar ongi va qalbiga 
milliy qadriyatlarni singdirish omili bo'lib hisoblanadi. 
Milliy g'oya xalqning tub manfaatlari nuqtai nazaridan mavjud ma'naviy qadriyatlarga baho 


76 
beradi, ijobiy jihatlarni rivojlantirish, salbiy holatlarni inkor etishning ma'naviy mezoni bo'lib 
maydonga chiqadi. 
Ma'naviyat, qadriyatlar va milliy g'oya - jamiyat hayotining juda murakkab va serqirra, o'zaro 
uzviy aloqadorlikda bo'lgan sohalaridir. SHaxs hayotida, umuman insoniyat taraqqiyotida, millat va 
davlat taraqqiyotining ma lum davrlarida ma'naviyat va milliy g'oya eng dolzarb, hal qiluvchi omil 
bo'lib maydogan chiqadi. Demak, qadriyatlarning xilma-xil shakllari mavjud: moddiy va ma'naviy, 
milliy, mintaqaviy, umumbashariy qadriyatlar jamiyat hayotining sohalari bo'yicha: iqtisodiy, 
ijtimoiy, siyosiy, madaniy, qadriyatlar, ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, 
huquqiy va boshqa qadriyatlar. 
Moddiy qadriyatlar haqiqiy qadriyatlaming namoyon bo'lish vosita-laridir (masalan, hayotda 
kerak bo'ladigan turli buyumlar). Insoniyat tarixi unga xizmat qiladigan, o'zi yaratgan, suyanadigan 
va qo'llab-quwatlaydigan qadriyatlar dunyosining kengayishi, boyish va takomillashish tarixidir. 
Insoniyat o'zining kundalik mehnati bilan yaratayotgan sun'iy narsalar dunyosida yashaydi. Biz 
yaratayotgan ushbu moddiy va ma'naviy boyliklar olamining gultoji, sarasi qadriyatlardir. Milliy 
g'oyaga asoslangan qadriyat-lar va qadriyat mezonlari kishilarga, ulaming xulq-atvorini tartibga 
solish va to'g'ri yo'naltirishga xizmat qiladi. Bunday o'ziga xos boshqarish-ning samaradorligi 
kishilarimizning milliy g'oya bilan bog'liq qadriyatlar olamini bilishga bog'liq. 
Hozirgi zamonda ilg'or davlatlar hayotining demokratik tamoyillari ham inson qadrini 
nechog'li yuksaklikka ko'tarishi bilan baholanadi. Mamlakatimizdagi tub o'zgarishlar, islohotlaming 
mohiyati ham ana shu tamoyildan kelib chiqadi. Bu tamoyilni amalga oshirishda milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligiga asoslangan yangicha dunyoqarash, sog'lom tafakkurning 
shakllanishi katta ahamiyatga ega. 
Odamlar ongida milliy g'oyaga asoslangan mustaqillik, ma'naviy va axloqiy qadriyatlami 
rivojlantirish, xalqning milliy ruhini uyg'otish va tikiash jamiyat barqaror rivojlanishining muhim 
sharti va kafolatidir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o'zining «O'zbekiston XXI asr 
bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida milliy g'oya 
bilan bog'liq bo'lgan ma'naviy qadriyatlar va milliy o'zlikni anglashning tiklanishi xususida batafsil 
ma'lumotlar bergan. 
Xalqning madaniy qadriyatlari, ma'naviy merosi ming yillar mobaynida SHarq xalqlari uchun 
qudratli ma'naviyat manbai bo'lib xizmat qilgan. Uzoq yillar davomida totalitar tuzumga qaramay 
o'zbek xalqining madaniy qadriyatlari, an'analari saqlanib qolindi. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko'p asrlar davomida yaratilgan 
bebaho ma'naviy, madaniy merosimiz davlat siyosatining muhim vazifalaridan biri bo'lib kelmoqda. 
Ma'naviy qadriyatlarning tiklanishi, milliy o'zlikni anglashi murakkab sharoitda - eski imperiya 
tuzumi barbod bo'lgan va yangi ijtimoiy munosabatlar qaror topayotgan bir sharoitda yuz berdi. 
Dastlabki paytlarda bir asrdan ziyod totalitar tuzumga qaramay milliy g' oyaga asoslangan 
ma'naviyat «Inkorni - inkor» sifatida kechdi. Awalgi tuzum qadriyatlarini inkor etishning o'zi siyosiy 
va madaniy ekstremizm xavfini tug'dirardi. SHuningdek, orqaga betartib qaytish jamiyatni yangilash 
zaruriyatini inkor etishga olib kelishi mumkin. Ana shu inkor etish jarayonida ekstremistik ruhdagi 
muxolifat vujudga keladi. U ma'naviyatga qarshi muxolifat bo'lishi mumkin. 
Jangari millatchilik, diniy murosasizlik va «o'zimniki» bo'lmagan hamma narsaga nafrat bilan 
qaraydi. SHu boisdan bulami har tomonlama hisobga olgan holda ma'naviy tiklanishning ijobiy, 
bunyodkorlik, bir - birini to'ldiradigan siyosiy, iqtisodiy va madaniy dasturlar ishlab chiqish, amalga 
oshirishni zarur qilib qo'ydi. 
Milliy o'zlikni anglash aynan ma'naviy qadriyatlami o'zlashtirish, o'z xalqining tarixi, madaniy 
merosini o'rganish, bugungi holati va ertangi istiqbolini aniq tasawur etishdan boshlanadi. 
Milliy ma'naviy qadriyatlar ko'p asrlik tarixga ega. O'zbekistondagi tarixiy obidalar, madaniy 
yodgorliklar yo urf-odat va marosimlarni tahlil qilish, bulaming paydo bo'lishi juda qadim 
zamonlarga borib taqalishini ko'rsatadi. Masalan, «Avesto» bundan 2700 yil muqaddam 12 ming mol 
terisiga oltin xarflar bilan bitilgan bu asar paydo bo'lishi uchun undan awal ham kamida necha ming 
yillik davr o'tganligi, teran hayotiy tajriba va hikmatlar to'planganligi, shubhasiz. Bu asar yuksak 
madaniy hayot, falsafa va fan, hottotlik va mushtariylik rivojlanishi natijasida yaratilganligi uchun 
ham shu paytgacha o'z qimmatini yo'qotmadi. 
Davrlar o'tishi bilan milliy ma'naviy qadriyatlar ham o'zgarib, rivojlanib, yangilanib, boyib 


77 
boradi. Zamon ruhiga va taraqqiyot talablariga mos kelmay qolgan me'yor va talablar inkor etiladi. 
YAngicha tasawur va yondashuvlar, fazilat va odatlar hayotga kirib keladi. 
XXI asr boshiga kelib axborot texnologiyalari tufayli globallashuv jarayoni yangi bosqichga 
ko'tarildi. Bu sharoitda milliy qadriyatlarga chetdan bo'ladigan ta'sir beqiyos darajada zo'rayadi. Bu 
ta'sir, bir tomondan, milliy madaniyatlaming boyishi, qadriyatlarning qayta baholanishi va 
yuksalishiga, ikkinchi tomondan esa, millatning ruhiyati va qadriyatiga yot bo'lgan odat va 
harakatlarning kirib kelishiga sabab bo'ladi. 
Islom Karimov «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida» asarida xalqning madaniy qadriyatlari, 
madaniy merosi ming yillar mobaynida SHarq xalqlari uchun qudratli ma'naviy kuch bo'lganligiga 
alohida e'tibor berdi. 
Bunda 1) sobiq mafkura tazyiqini; 2) ma'naviy va madaniy merosni tikiash O'zbekiston davlati 
siyosatida muhim vazifa sifatida belgilab olinganligini chuqur o'rganish, yoshlarni unga e'tiborini 
jalb etish muhim. 
Jamiyatda ma'naviy qadriyatlarni tiklashga milliy g'oya jarayoni sifatida qarashda quyidagi 
jihatlarga e'tibor berish lozim: 
Xalqimiz istiqbol tufayli siyosiy mustaqillikni qo'lga kirit-ganligi. 
O'z taqdirini o'zi belgilashning chinakam egasi bo'lganligi. 
O'zining ma'naviy-tarixiy ildizlarini o'rganish imkoniyati yuzaga kelganligi, ammo uning juda 
murakkab jarayonlarda amalga oshirilayot-ganligi. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida «siyosiy, madaniy ekstremizm xavfi» tug'ilishi 
mumkinligining hisobga olinganligi respublikada mustaqillikni saqlab qolishda, barqarorlikni ta' 
minlashdagi ahamiyatini chuqurroq, atroflicha, aniq misollar yordamida yoritish o' zining amaliy 
ahamiyatiga ega. 
1994 yil 23 aprelda O'zbekiston Birinchi Prezidentimizining «Respublika «Ma'naviyat va 
ma'rifat» jamoatchilik markazini tashkil etish to'g'risi-da»gi Farmoni, 1996 yil 9 sentyabrda esa 
«Ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik markazi faoliyatini takomillashtirish va uning samarador-ligini 
oshirish to'g'risida»gi Farmoni va boshqa manbalarda quyidagi qadriyatlar haqida gapiriladi: 
Vatan - eng oliy makon, u menikidir. 
Eng oliy qadriyat - inson. 
Mulkning eng oliy shakli - intellektual mulk va inson faoliyati-ning eng oliy turi - intellektual 
mehnat. 
Vaqt eng oliy boylik. 
Umuminsoniy qadriyatlar. 
Moddiy qadriyatlar. 
Milliy qadriyatlar. 
Tabiiy qadriyatlar. 
Iqtisodiy qadriyatlar. 
Ijtimoiy - siyosiy qadriyatlar. 
Ma'naviy qadriyatlar. 
Axloqiy qadriyatlar. 
Diniy qadriyatlar. 
Oilaviy qadriyatlar. 
Demokratik qadriyatlar va h.k. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o'tgan 15 yil mobaynida o'zbek xalqining ma'naviy- 
axloqiy negizlarini asoslab berdi: 
Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik. 
Xalqimiz ma'naviy merosini mustahkamlash, rivojlantirish. 
Insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi. 
Vatanparvarlik. O'zbekiston tanlagan ustuvor qadriyatlar: 1 .Demokratik qadriyatlar 
Erkin bozor iqtisodiyotini barpo etish 
3.SHaxsning huquq va erkinliklarini ta'miniash 
Milliy ma'naviy meros, qadriyatlaming tarkibi. Milliy ma'naviy meros va qadriyatlar 
tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo'lib, uning tarkibi quyidagilardan tashkil topgan: 
Tarixiy meros va tarixiy xotira. 


78 
Madaniy yodgorliklar, osori-atiqalar, qadimiy qo'lyozmalar. 
Ilm-fan yutuqlari va falsafiy tafakkur durdonalari. 
San'at va milliy adabiyot. 
Axloqiy fazilatlar. 
Diniy qadriyatlar. 
Urf-odat, an'ana va marosimlar. 
Ma'rifat, ta'lim-tarbiya va hokazolar. 
Milliy ma'naviy qadriyatlarning ana shu har bir ko'rinishi muhim ahamiyatga ega. Bularning 
har birini misollar tariqasida chuqur tushuntirib berish mumkin. 
Demak, milliy ma'naviy qadriyatlarning har bir tarkibiy qismi xalqning mustaqilligini 
mustahkamlash va kelajagini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. 
Milliy istiqlol g'oyasining amal qilish tamoyillari quyidagilardan iborat: 
Insonparvarlik tamoyili. 
Vijdon erkinligi. 
Fikrlar rang-barangligini qaror toptirish - demokratik jamiyat barpo etishning asosiy sharti. 
Umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi tamoyili. 
Milliy qadriyatlarga sodiqlik. 
SHaxs qadriyatlari, inson ma'naviy olami bilan bog'liqligi. 
Oila - jamiyatning muqaddas uyi, eng asosiy tarbiya maskani. 
Jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlash-tirish. 
Hayotni erkinlashtirish. 
SHaxs erkinligiga tayanadi. 
Mustaqillik tufayli milliy-ma'naviy tiklanishga imkoniyat yuzaga keldi. Birinchi Prezidentimiz 
I.A.Karimov “ma'naviy o'nglanishni amalga oshirmasdan iqtisodiy o'nglanish mumkin emas”ligini 
aytib, “ma'naviyat xalqni, millatni millat qiladigan kuch-qudratdir” degandi. SHu sabab mustaqillik 
yillarda johon tsivilizatsiyasiga salmoqli hissa qo'shgan buyuk allamalarning merosini yangidan 
ijodiy o'zlashtirish o'ayotiy ehtiyojga aylandi. Imom Buxoriy, at. Termiziy, B.Naqshband, Ahmad 
YAssaviy, al-Xorazmiy, Farg'oniy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Ulug'bek, Navoiy kabi buyuk 
zotlar merosini o'rganio' demokratik jamiyatning milliy ma'naviy negizlarini tashkil qiladi. Birinchi 
Prezidentimiz I.A.Karimov 1992 yilda yozgan “O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li” 
asarida O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy- ahloqiy negizlarini ko'rsatib bergan edi: 
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, 
xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, 
insonning o'z imkoniyatlarin erkin namoyon qilish, 
vatanparvarlik. 
Bu tushunchalar bir-biri bilan uzviy bog' liq bo' lib, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik 
jamiyatini qurishda muhim vazifa va manba hisoblanadi. 2002 yil 29 avgusta Oliy Majlis 
9-sessiyasida Birinchi Prezidentimiz islom Karimov “O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni 
yanada chuqurlash-tirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari” 
ma'ruzasida jamiyatni ma'naviy yangilash lozimligi tushunchasini mohiyatan ochib bergan. “Barcha 
islohotlarning bosh yo'nalishi va samaradorligi pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va 
mezonidir” deb bu masalaga alohida e'tibor qaratgan edi. Inson manfaatlarini amalga oshirish uchun 
zarur sharoit, imkoniyat yaratish orqali demokratik jamiyatni barpo etish mumkin. Birinchi 
Prezidentimiz bu masalaga diqqat berib, “Buyuk ajdodlarimizning beqiyos ma'naviy merosi ming 
yillik tariximiz va madaniyatimizga asoslangan ma'naviy hayotimizni tiklay boshladik. Dinimiz, 
tilimizga qaytdik, milliy urf- odatlarimiz va an'analarimiz, xullas inson ma'naviyatiga daxldor barcha 
boyliklarimiz qaytadan qad rostlamoqda”. M.Gandining fikricha, “Insoniyat - bu yagona, bo'linmas 
oila, uning har bir a'zosi sodir qilgan jinoyat uchun har birimiz javobgarmiz” degan edi. Ma'naviyat 
mavhum tushuncha emas. U millat bilan, milliy tafakkur bilan, millatning tarixi, asrlar davomida 
to'plangan bilim va tajribasi, tushunchalari, tasawurlari bilan bog'liq. Mamlaka-timizda kechayotgan 
demokratik o'zgarishlar jamiyat ma'naviy yangilashiga bog'liqligini faqat o'zbek millati ma'naviyati 
bilan bog'lash, baholash adolatdan emas. 
Barkamol shaxs - demokratik jamiyat tushunchasidir. Ma'naviy barkamol inson haqadagi 
ijtimoiy-siyosiy qarashlar, falsafiy fikrlar tarixda kecha paydo bo' lgan emas. Uning tarixiy ildizlari 


79 
SHarq mutafakkirlari ijodiy, falsafiy ta'limotlariga borib taqaladi. SHu sabab “Biz sog'lom avlodni 
tarbiyalab, voyaga etkazishimiz kerak. Sog'lom kishi deganda faqat jismoniy sog'lomlikni emas, 
balki sharqona axloq-odob va umumbashariy g'oyalar ruhida kamol topgan insonga ta'rif berib, ongi 
yuksak, mustaqil fikrli, xulq-atovori bilan ibratli, bilimli, ma'rifatli kishini tushunishini bay on etdiyu 
shu boisdan ham jamiyatning ma'naviy yangilanishi demokratik jamiyat barpo etish omilidir. 
Milliy-ma' naviy negizlarni bilish uchun tarixni, milliy o'zlikni anglash ham zarur, chunki, xalq 
ma'naviyatning asosidir. 
A.Karimov milliy istiqlol mafkurasi kontseptsiyasining asosiy tamoyillariga bag'ishlab ilmiy 
va ijodiy jamoatchilik vakillari bilan 2000 yil 6 apreldagi uchrushuvda so'zladi. Nutq jamiyatimiz 
hayotidagi eng muhim masalalardan biri milliy mafkura xususida bo'ldi. Bugungi kunda nafaqat 
iqtisodiy hayotimizda, balki, ongu tafakkurimizda ham yangilanish o'zgarish jarayoni kechmoqda. 
Pirovard maqsadimiz bo'lgan ozod va obod, erkin va farovon hayot qurishdagi intilishlarimizda biz 
uchun ruhiy-ma' naviy kuch-quwat manbai, ilmiy asos - bu milliy g'oya, milliy mafkuradir. Fikr bor 
joyda baxs bo'ladi, baxs bor joyda haqiqat yuzaga keladi. Milliy g'oya, milliy mafkura 
ma'no-mohiyati, biz uchun juda zarur va kerakligini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin: 
O'z kelajagini qurmoqchi bo'lgan har qanday davlat o'z milliy g'oyasiga suyanishi va tayanishi 
zarur. Davlat tizimi, uni boshqarishdagi siyosat aniq mafkura asosiga qurilmog'i lozim. Oldin g'oya 
paydo bo'ladi. Odamlarimizni olijanob maqsad atrofida birlashtirishimiz zarur. Ongni, tafakkumi 
o'zgartirmisdan turib, biz ko'zlagan oliy maqsadga erishib bo'lmaydi. 
Biz totalitar tuzumdan erkin va ozod tuzumga o'tish sharoitida yashamoqdamiz. SHu davrda 
maqsadimiz aniq bo'lishi kerak. Maqsadga puxta ishlangan mafkura asosida etishish mumkin. 
YOshlarimizni qanday g'oya negizida tarbiyalaymiz, qanday mafkura va tafakkur ular uchun 
qurol bo'lib xizmat qiladi? 
Hech qanday g'oyaviy bo'shliqqa yo'l qo'ymasligimiz kerak. eng ta'sirchan kurash awalo
mafkura maydonlarida olib borilmoqda. Lekin hali suyagi qotmagan yoshlarimiz soxta g' oyalar 
orqasidan ergashib ketmoqda. 
Milliy g'oya millatning o'zligini anglashga, qadriyatlarni tiklashga xizmat qilmog'i kerak 
Milliy mafkuramiz: a) milliy qadriyatlarga va b) umuminsoniy qadriyatlarga tayanishi zarur. 
Milliy mafkura hech qanday shaklda davlat mafkurasi maqomiga ko'tarilmasligi kerak. 
“Foyaga qarshi faqat g'oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish, 
olishish mumkin.” Ozod bo'lsang ozod bo'l, erkin bo'lsang erkin bo'l, mustaqil bo'lsang mustaqil bo'l. 
O zbek millati oqko'ngil millat. Milliy mafkura o'zlikni anglashga xizmat qiladi. O'zlikni anglash o'z 
tarixini bilishdir. Tarixini bilish nasl-nasabini anglashdir. Milliy g'oya birlashtiruvchi kuch, qanot 
bo'lishi shart. 
Milliy g'oya ma'naviy negizida umuminsoniy qadriyatlar va milliy 
xususiyatlarning e'tirof etilishi. 
Umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi - barcha xalqlar uchun ijobiy ahamiyat kasb etuvchi, 
insoniyatning umumiy manfaatiga mos keluvchi moddiy va madaniy hodisalar, mezonlar, qadrli 
jihatlaming ustuvor bo'lishiga tayangan g'oyalar asosidagi faoliyat qadriyatlardir. Har bir odam jinsi, 
irqi, millati, yoshi, kasbi, e'tiqodidan qat'iy nazar awalambor bashar farzandi, insondir. SHu umumiy 
mohiyat barcha odamlar, millatlar uchun birday ahamiyatli va qadrli bo' lgan predmet, hodisa, 
jarayon, munosabatlarni farqlashga imkon beradi. 
Umuminsoniy qadriyatlar insoniyat tarixining yaxlitligini ifoda-laydi, u davrlar o'tishi va 
ijtimoiy hayotning o'zgarishi bilan bir qatorda takomillashib, rivojlanib, tobora ko'proq xalqlarni, 
millatlami, inson-lami yaqinlashtiruvchi, birlashtiruvchi va kamol toptiruvchi kuchga aylanib boradi. 
Insonparvarlik va ijtimoiy adolat, erkinlik va ozodlik, barqa-rorlik va farovonlik, ezgulik va 
taraqqiyotga bo'lgan intilish umuminsoniy qadritlarning muhim jihatlaridir. 
Umuminsoniy va milliy qadriyatlar uzviy bog'liq va ta'sirlashuvda o'zaro boyib boradi. 
Umuminsoniy ahamiyat kasb etgan milliy qadriyatlar barcha xalqlar uchun muhim qadriyatga 
aylanadi. SHu jihatdan, umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlardan mazmunan kengdir, kelib 
chiqishi bo'yicha barcha odamzodga tegishlidir. Hech bir millatning boshqa xalqlardan ajral-gan 
holda rivojlana olmasligi, ayniqsa, hozirgi davrda biror xalqning yakka o'zi jahon tsivilizatsiyasidan 
alohida holda taraqqiy etmasligi ma lum. 
Umuminsoniylik milliy va shaxsiy qadriyatlar orqali namoyon bo'ladi. Umuminsoniylikning 


80 
ustuvorligi - bu, har bir inson baxtli-saodatli, ozod va erkin bo'lishi, jamiyatda amalga oshirilayotgan 
barcha ishlar, o'zgarish va islohotlar inson manfaatlariga xizmat qilishi lozim, degan qarashga 
asoslanadi. Ana shu sababdan ham, inson erkinligi, uning haq-huquqlarini ta'miniash, qonun 
ustuvorligi, demokratiya, fikrlar rang-barangligi va ijtimoiy plyuraizmga erishish umuminsoniy 
qadriyatlar ustuvorligiga amal qilish sifatida qaralmoqda. Bugungi kunda jahon davlatlarning ichki 
va tashqi siyosatida ana shu tamoyillarga amal qilinishi - umuminsoniylikning ustuvorligi g'oyasiga 
tayanish, bu g'oyani amalga oshirish sifatida baholanmoqda. 
Har bir millatning mavqei uning insoniyat taraqqiyotiga qo'shgan hissasi bilan o'lchanadi. 
Milliy va umuminsoniy qadriyatlami qarama-qarshi qo'yish milliy hudbinlik yoki xalqaro nizolarga 
olib kelishi, natijada, butun insoniyat tsivilizatsiyasi rivojiga to'siq bo'lishi mumkin. SHuning uchun, 
umuminsoniy ahamiyat kasb etgan qadriyatlami qaerda va qachon shakllangan, qanday millat 
vakillari yaratganidan qat'iy nazar ehtirom bilan tan olish hamda qabul etish taraqqiyotga xizmat 
qiladi. Mustaqil respublikamizda milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligiga, xalqimizning 
jahon hamjamiyati bilan birga rivojlanish yo'lidan borishiga alohida e'tibor berilayotgani ham 
shundan. 
Demak, milliy istiqlol g'oyasi quyidagi umuminsoniy qadriyatlami e'tirof etadi va o'ziga 
singdirib oladi: 
Qonun ustuvorligi. 
Insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta'miniash. 
Turli millat vakillarini, ulaming madaniyatini va qadriyatlarini hurmat qilish, ular bilan 
hamkorlik qilish, do' stlik va yaxshi qo' shnichilik. 
Dinlararo bag'rikenglik. 
Dunyoviy bilimlarga intilish, ma'rifatparvarlik. 
Turli xalqlaming ilg'or tajribasini, insoniyat madaniyati yutuqlarini o'rganish va egallab olish. 
Inson - eng oliy qadriyat. 
Vatan - eng oliy qadriyat va h.k. 
Milliy qadriyatlar - millat uchun muhim ahamiyat kasb etadigan, etnik jihat va xususiyatlar 
bilan bog'liq bo'lgan qadriyatlar shakllidir. Dunyoda o'ziga xos qadriyatlari bo' lmagan millat yo' q. 
Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma'naviyati hamda madaniyati bilan uzviy bog'liq 
holda namoyon bo'ladi. O'zbekiston mustaqillikka erishishi tufayli milliy qadriyatlarga e'tibor 
kuchaydi. Zero, milliy qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma'naviy 
asoslardan biri. Xalqimizning asrlardan-asrlarga meros tarzida kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq 
tarixiy jarayonda shakllangan. Ular ona yurtga ehtirom, avlodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga 
hurmat, hayo, andisha kabi xususiyatlaming ustuvorligi, boshqa xalqlamikiga o'xshamaydigan 
urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar va an'analar bilan tavsiflanadi. 
Ma'lumki, qadriyatlar muayyan sharoitlarda shakllanadi. SHu sababli ular mahalliy, milliy, 
mintaqaviy shakllar va umuminsoniy shakl mazmunda mavjud bo'ladi. Mahalliy qadriyatlaming eng 
etuklari va milliy manfaatlarga, moslari asta-sekin saralanib, umummilliy darajaga ko'tariladi. Milliy 
muhit qadriyatlami yaratish va saralashning asosiy manbaidir: u milliy qadriyatlaming eng 
yaxshilarini voyaga etkazib, jahon miqyosiga olib chiqadi. 
Milliy qadriyatlar - milliy g'oyaning ma'naviy negizi. Milliy g'oya - millat tafakkurining 
mahsuli, ijtimoiy ongning yuqori darajadagi shakli, xalq falsafasining o'zagidir. Turli xalqlaming 
milliy g'oyasi ularning maqsad-muddaolarini, orzu-umidi va ishonch-e'tiqodini ifodalaydi, ayni 
paytda, muayyan tamoyil va negizlarga asoslanib rivojlanadi. Tarixdan ma'lumki, o'tkinchi manfaat 
va g'aliz niyatlarga tayangan, o'zga xalqlar va yurtlarga tajovuz qilishni, bosqinchilikni ko'zlagan 
yovuz g'oya va mafkuralar millat va davlatlarni tanazzulga duchor etgan. Faqat ezgu g'oyalar va 
yuksak qadriyatlar negizida shakllangan milliy g'oyalar xalqlami taraqqiyotga eltgan. 
O'zbekiston xalqining milliy istiqlol g'oyasi umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayanadi. 
Bularning biri ikkinchisini inkor etmaydi. 
Milliy qadriyatlar quyidagilardan iborat: 
Xalqimiz hayotida jamoa bo'lib yashash ruhining ustuvorligi. 
Xalq ongida ustuvor bo'lgan fikr - do'st va yaxshi qo'shni bo'lib, tinchlik va totuvlikda, 
yaqindan hamkorlikda yashash. 
Oila, mahalla, el - yurt, Vatan tushunchalarini muqaddas bilish. 


81 
Ota-ona, mahalla jamoalariga, rahbarlarga yuksak hurmat - e'tibor, butun jamiyatni hurmat 
qilish. 
Millatning o'lmas ruhi, millat ma'naviyatining hayotbaxsh manbai sifatida ona tiliga muhabbat, 
uni sevish. 
Kattalarga - hurmat-ehtirom, kichiklarga izzat, hurmat, degan e'tiqodga amal qilish. 
Ayol zotiga ehtirom ya'ni, muhabbat, go'zallik va nafosat timsoli, abadiy hayot ramzi bo'lgan 
ayolni qadrlash. 
Sabr-toqat, va mehnatsevarlik. 
Halollik, mehr-oqibat va hokazo. 
Bu tamoyil va qadriyatlar O'zbekiston hududida istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning o'z 
milliy qadriyatlarini asrab - avaylashi, kelajak avlodlarga etkazishi uchun to'la imkoniyatlar 
yaratilishini ifodalaydi. O'tmishdagi bobolarimiz qoldirgan meros, madaniy boyliklar, mumtoz 
qadriyatlami hurmat qilish, ularni o'rganish, ular zamiridagi bu tamoyilning asosiy jihatlaridir. Har 
bir millatning tili, qadriyatlari, urf- odatlari, an'analarini hurmat qilishni ta'miniash milliy istiqlol 
mafkurasining amal qilishida umuminsoniy andozalar namoyon bo'lishi uchun asoslar yaratadi. 
Demak, o' zbek xalqining milliy xususiyatlarida: 
Oila - muqaddas tushuncha. Oila qurish - o'ta mas'uliyatli ish. «Oila - eskilik unsuri emas». U 
muqaddas, oilada millat kelajagi mujassam. YOshlarni tarbiyalashda, kamolga etkazish, ilm-hunar 
berish, uyli-joyli qilish - aksariyat oilalarning eng oliy maqsadidir... 
Mahalla - o'z-o'zini boshqarishning o'zbek xalqi yaratgan eng katta yutug'i, oqilona shaklidir. 
Mahalla - tarbiya maskani, har bir oilaga tayanch va suyanch ekanligi ko'pchilikka ayon. 
Qo'ni-qo'shnichilik munosabatlari uzoq tarixga ega bo'lib, asrlar davomida bu borada muayyan 
qadriyatlar shakllangan. «YOn qo'shnim - jon qo'shnim», «Xovli olma - qo' shni ol», «Uzoqdagi 
qarindoshdan yaqindagi qo' shni afzal» va h.k. 
Keksalarga hurmat - inson hayotiy tajribasi davomida shakl-langan qadriyat. Jonli tabiatda 
hayot uchun kurash qonuniyati mavjud. Nasi qoldirish, yagi avlodga mehr qo'yish, uni oyoqqa 
turg'azish jon fido qilish hollari aksariyat hayvonlarda kuzatiladi. Ammo, qariyalami e'zozlash, 
keksalarga ehtirom, mehr-muruwat ko'rsatish - insoniy fazilatdir. Bularsiz milliy g'oyamizni tasavvur 
eta olmaymiz. «Keksani qopda saqla, o'ligini hafta saqla»... 
Ayol zotiga ehtirom - insoniyatning yarmidan ko'pini tashkil etadigan xotin- qizlarga bo'lgan 
munosabatning eng yuqori cho'qqisidir. Demokratiyaning eng muhim yutug'i - har ikki jinsning teng 
huquqli va erkin bo'lishini ta'minlashdir... 
Onaga bo'lgan hurmat va sadoqat - eng oliy qadriyatdir. SHuning uchun Vatanga, milliy tilga 
nisbat berilganda ona nomi qo'shiladi. Milliy istiqlol g'oyasi onalar uchun, jamiyatdagi barcha ayollar 
uchun faro von hayot, go'zal turmush yaratishni maqsad qilib, xotin-qizlaming erkinligi va o'z 
qadr-qimmatini anglab etishiga, o'z salohiyat va imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga sharoit 
yaratishni bosh g'oyasida mujassamlashtirgan. 
Demak, milliy qadriyatlar insonning inson sifatida o'zini anglashi, o'z-o'zini himoya qila olishi, 
erishgan zafar yo'li va mag'lubiyatlari, sitamli damlarining yodnomalaridir. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin