Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi


-MAVZU: Moddiy - iqtisodiy qadriyatlar, inson hayoti va ul arni jamiyat



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

8-MAVZU:
Moddiy - iqtisodiy qadriyatlar, inson hayoti va ul arni jamiyat
taraqqiyotiga ta’siri
Reja: 
1. Moddiy-iqtisodiy qadriyatlar tizimi. 
2. Geografik muhit tushinchasi. Geografik muhit inson va jamiyat mavjudligining zaruriy 
sharti sifatida. 
3. Tabiiy resurslar va ulaming jamiyat taraqqiyotiga ta'siri. Ikkinchi tabiat (sun'iy tabiat) - 
moddiy qadriyat sifatida. 
4. Mustaqillik va moddiy-iqtisodiy qadriyatlar. 
5. Mulk - iqtisodiy qadriyatlar negizi ekanligi. Davlat mulki va xususiy mulkning 
uyg'unligi masalasi. 
Ma'lumki, jahon xo'jaligiga kirishda bozor iqtisodiyotini shakllantirish va rivojlantirish muxim 
omil bo Tib hisoblanadi. SHunday ekan, hozirgi vaqtda bozor iqtisodiyoti talablariga to'liq javob bera 
oladigan davlatlararo iqtisodiy munosabatlami yo'lga qo'yish katta ahamiyat kasb etadi. 
Mamlakatimizda mustaqillik e'lon qilingandan kyoyin ilgor davlatlarning tajribasini, 
shuningdek Respublikamizning o'ziga xos xususiyatlarini, halqimizning aql-zakovati, urf-odat, 
an'analari, turmush tarzini hisobga olgan holda millatimizga xos iqtisodiy islohotlar yo'li belgilab 
olindi. 
«Biz tanlab olgan yo'l, — deydi I. Karimov,—ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyotini 
shakllantirishga qaratilgandir. 
Aynan shunday yo'l o'zbekistonliklaming munosib turmush kechirishi uchun kafolat bo'la 
oladi, milliy an'analar va madaniyatining rivojlanishini, ma'naviy, axloqiy qadriyatlarining qayta 
tiklanishini ta'minlaydi» 
Ushbu yo'lni amalga oshirishda Birinchi Prezidentimiz I.Karimov asarlarida atroflicha ilmiy 


62 
ishlab chiqilgan beshta muhim va mashhur tamoyil asos qilib olindi. Davlat 1) iqtisodiyotni 
mafkuradan batamom holi qilish; 2) murakkab qilish davrida davlatning o'zi bosh islohotchi bo'lishi 
zarur; 3) butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog'i zarur; 4) fuqarolarni 
ximoyalashga qaratilgan kuchli chora- tadbirlarni amalga oshirish; 5) bozor iqtisodiyotiga 
bosqichma-bosqich o'tish. 
Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan izchil tub iqtisodiy o'zgarishlar biz tanlab olgan 
yo'limizning tug'ri ekanligidan dalolat beradi. Respublikamiz bozor munosabatlarini qaror toptirgan 
holda iqtisodiy islohotlar yo'lidan dadil qadam tashlamoqda. 
Islohotlar natijasida iqtisodiyotimizda ko'zga ko'rinarli ijobiy o'zgarishlar sodir bo'moqda. Ayni 
kunda dastlabki yillarda yuzaga kelgan ishlab chiqarish sur'atlari pasayishining oldini olish
bilan bir 
qatorda, ayrim sohalarda o'sish, yuksalish boshlandi. 2005 yilga kelib, iqtisodiyotning barqaror 
o'sishi ta'minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning 
ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi. YA'ni, yalpi ichki mahsulot 7,7 %ga o'sdi. Jumladan: 
sanoat ishlab chiqarish hajmi -9,4 %, ist'emol mollari ishlab chiqarish - 13, 4%ga, sanoat tovarlari 
ishlab chiqarish- 18,6%ga o'sdi. 
Iqtisodiy islohotlami amalga oshirishda o'rta kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 
muxim ahamiyat kasb etadi. 2005 yilda mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tarmoq 
ko'lami hamda hajmi salmoqli darajada o'sdi. Kichik biznes korxonalari soni o'tgan yilda 14 %ga 
ко'pay di. 
O'zbekiston tabiiy resurslarga nihoyat darajada boy, nisbatan yuqori iqtisodiy va ishlab 
chiqarish-texnika qudratiga ega. Mamlakatimiz korxonalarida, ilmiy hamda ilmiy-ishlab chiqarish, 
loyiha konstruktorlik va boshqa tashkilotlarda asosan yuqori malakali, bilimdon mutaxassislar 
mehnat qiladi. 
Mana shunday qudratga ega bo'lgan mehnatkash xalqimiz o'tmishda ancha nochor kun kechirib 
keldi. Buning sababi shundaki, Respublika iqtisodiyoti sobiq SSSR yagona iqtisodiy tarmog'ining 
ajralmas qismi deb xisoblanib faqat xom-ashyo etkazib beradigan o'lkaga aylanib qolgan edi. 
Xalqimiz ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo'lgan iste'mol mollari boshqa respublikalardan 
keltirib berilardi. Natijada respublikamiz Markazga to'liq qaram bo'lib qolgan edi. 
Hayot shuni ko'rsatdiki, faqat xom-ashyo etishtiruvchi va sotuvchining kosasi oqarmaydi, u 
surunkali nochorlik ka giriftor bo'ladi. SHuni hisobga olgan holda, respublikamiz o'ziniig barcha 
imkoniyatlari va rezervlarini to'g'ri hisobga olib chiqib, O'zbekistonning iqtisodiy va siyosiy 
mustaqilligini ta'miniash imkonini beruvchi tuzilmani vujudga keltirishni, o'zimizning mustaqil 
iqtisodiy sistemamizni yaratishni asosiy maqsad kilib quydi. 
Endilikda tabiiy qadriyatlarimizdan ayovsiz foydalanishga, atrof-muxitga ziyon etkazilishiga 
yo'l qo'ymaslik O'zbekiston iqtisodiyotining bir tomonlama— xom- asheviy yunalishiga qat'iy 
bardam berish Respublika ichki siyosatining eng muqim strategiyasi hisoblanadn. 
«Xalq xo'jaligining xom-ashyoviy yo'nalishini bartaraf etish, — deydi I. Karimov, — 
Respublikamiz iqtisodiyotining barqaror va jo'shqin rivojlanishini ta'miniash imkonini beradi, ish 
bilan ta'minlanmagan ishchi kuchlarini ishlab chiqarishga jalb etishga, kadrlarning kasb-korlik 
savodini oshirishga, maqsulotlami keltirish va chetga chiqarishni mutanosiblashtirishga 
ko'maklashadi, eng asosiysi— O'zbekistonning mustaqilligi, uning xalqi turmush darajasining o'sishi 
uchun ishonchli kafolatlar yaratadi»
4.
 
Mazkur siyosatni amalga oshirish niyatida hozirgi kunda xukumatimiz Respublikaning 
iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, import xajmlarini kamaytirish va eksportga mo'ljallangan 
ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga qaratilgai siyosatni muntazam ravishda amalga oshirmoqda. 
endilikda biz xorijdan keladigan sarmoyalarga qaram bulib o'tirmasdan o'z ichki imkoniyatlarimizni 
ishga solib iqtisodiyotni rivojlantirishimiz darkor. 
SHuningdek, hozir ustuvorlik tarmoqlarini, ya'ni neft’ va gaz sanoati, elektenergetika, 
mashinasozlik va kimyo sanoatini tezkorlik bsh:an rivojlantirilib, tarmoqlar va mintaqalararo 
nomutanosiblikni qisqartirishga e'tibor kuchaytirilmoqda. 
Tabiiy, moddiy kadriyatlarimizdan unumli foydalanishda mulkiy munosabatlarni tubdan 
o'zgartirish katta ahamiyat kasb etadi. SHuni e’tiborga olgan holda Respublikamizda mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarib, uni haqiqiy egalari qo'liga berishni tezlashtirish, tadbirkorlik uchun keng yo'l 


63 
ochib berish va mulkdorda mulk egasi xissiyotini tarbiyalashga qaratilgan ishlar rivoj topmoqda. 
Bunda o'rta- kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish qo'l kelayotir. «Xususiy tadbirkorlik va 
tashabbusni qo'llab-quwatlash haqida»gi qonunning qabul qilinishi, «Biznes fond» amaliy aloqalar 
markazi, «Madad» sug'urta jamiyatining to'zilishi kichik tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga 
xizmat qilmoqda. 
Iqtisodiy islohotlami amalga oshirishda tayyor maxsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, uning 
sifati va raqobatbardoshligini jahon bozori talablari darajasiga etkazish katta ahamiyat kasb etadi. 
Bunda iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan tarkibiy strukturaviy o'zgarishlar qo'l kelmoqda. 
O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda qishloqda tub islohotlar o'tkazish, qishloq xo'jaligini 
taraqiy qildirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish muhim omil bo'lib 
hisoblanadi. Bu soxada ham keyingi vaqtda ancha ijobiy o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Birinchidan, 
xukumatimiz qishloq xo'jaligida band bo'lgan ortiqcha ishchi kuchlarini boshqa sohalarga jalb 
etishga harakat kilayotgan bo'Isa, ikkinchidan, qishloq joylariga sanoatni olib borish va keng joriy 
etish, kichik va o'rtacha korxonalami kurish, yangi ish joylarini yaratish ishlari avj olib bormokda. 
Hozirgi kunda qishloq xo'jaligida xizmat ko'rsatish tarmog'ini keng rivojlantirish, kichik biznesga, 
xususiy tadbirkorlikka keng yo'l ochib berish — iqtisodiy islohotlami muvaffaqiyatli o'tkazishning 
asosiy garovi bo'lib turibdi. 
SHuningdek, «bugungi kunda makroiqtisodietni barqarorlashtirish bilan bir qatorda milliy 
valyutani mustahkamlash, uning joriy va to'liq almashadigan bo'lishiga erishish... bizning asosiy 
vazifamizdir» Bu borada, birinchidan, aholining ehtiyojlarini qondiradigan va xorijdan keltirilayottan 
mollar bilan raqobat qila oladigan o'z maxsulotlarimizni ishlab chiqarishimiz kerak bo'Isa, 
ikkinchidan, eksport qilinadigan mollarni ko'paytirib, valyuta zahiralarini to'ldirishga, uchinchidan, 
yonilg'i energiya manbalarini, ko'pgina uskuna va oziq-ovqat maxsulotlarini chetdan sotib olishni 
kamaytirish, ularni o'zimizda ishlab chiqarishni ta'minlashga asosiy e'tibor qaratilmog'i lozim. 
YUqorida aytilgan va boshg'a qilayotgan ishlar iqtisodiyotimizni tarkibiy jihatdan yangilab, 
uning samaradorligini oshirib, xalqimiz turmush tarzini yanada yuksaltirishga keng imkoniyat ochib 
beradi. Birinchi Prezidentimiz ta'kidlaganidek: «Tuzilmalarni qaytadan yangilamasdan turib, o'z 
iqtisodiyotimiz va ishlab chiqarish kuchlarimizga suyanmasdan turib, biz iqtisodiy mustaqillikka 
erisha olmaymiz, mehnatning xalqaro taqsimotidagi o'z munosib o'rnimizga, binobarin, xalqimizning 
munosib turmushi uchun zarur shart-sharoitga ega bo'la olmaymiz» 
SHunga ham alohida e'tibor berish kerakki, yangi iqtisodiy to'zilmalarni joriy etishda tijorat 
banklari tizimi, sug'o'rta kompaniyalari, auditorlik xizmatlari, zamonaviy kommunikatsiyalarning 
zarur tizimlarini jadallik bilan shakllantirish muxim o'rin tutadi. Mazkur masalalarni xal qilishda ham 
davlatimizning o'zi bosh- qosh bulmoqda. 
Mintaqaviy va jahon iqtisodiyotiga qushilishda davlatlararo munosabatlami, jumladan, 
Markaziy Osiyo va Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi bilan iqtisodiy aloqalami mustahkamlash, tabiiy, 
moddiy qadriyatlarimizni birga baham ko'rish katta ahamiyat kasb etadi. 
Mustaqil Davlatlar Hamdo' stligini tashkil qiluvchi mamlakatlar bilan bevosita va ko'p 
tomonlama munosabatlami rivojlantirish — O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor 
yunalishlaridan biridir. (U zbekistan Hamdo'stlik g'oyasini qo'llab-quvvatladi, uning tashkilotchilari 
tarkibiga kirdi, barcha qatnashchilarning teng huquqliligi asosida uni mustahkamlash va 
rivojlantirishga o'z hissasini qo'shib kelmoqda. 
SHuni aloxdda qayd etish joizki, (U zbekistan MDHdagi sheriklari bilan o'z munosabatlarini 
ko'p tomonlama davlatlararo va xukumatlararo shartnomalar hamda bitimlar doirasida ham, 
shuningdek to'g'ridan-to'g'ri ikki tomonlama muloqotlar, o'zaro manfaatli savdo iqtisodiy, ilmiy 
texnikaviy va madaniy aloqalami o'matish tarafdoridir. 
Ana shunga kat'iy amal kilib, Respublikamiz o'zimizga qo'shni Markaziy Osiyo davlatlari bilan 
iqtisodiy aloqalami yanada rivojlantirish sohasida ko'p ishlarni amalga oshirmoqda. 
Ma'lumki, Markaziy Osiyo Respublikalarining tarixi, madaniyati, turmush tarzi va boshqa 
jihatlari bir-biriga nihoyatda o'xshash. Ulaming hozirgi kundagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ekologik 
muammolari ko'p jihatdan bir xildir. Mazkur Respublikalarning iktisodiyoti bir-biri bilan tutashib 
ketgan va ular bir-biriga o'zining ta'sirini o'tkazib turibdi. 
Hozirgi kunda yuqorida ko'rsatilgan Markaziy Osiyo davlatlari urtasida yagona iqtisodiy 
makon to'g'risidagi shartnoma ham o'z samarasini bera boshladi. Almati shahrida mazkur bitimda 


64 
qatnashuvchi mamlakatlarning vakillaridan iborat. Davlatlararo ijroiya qumitasi to'zildi. Toshkentda 
mintaqa bank Markazi o'z ishini boshlab yubordi. Uch davlatning iqtisodiyotida uyrunlashtirishga 
qaratilgan dasturlar ishlab chikildi. Ayni paytda, kommunikatsiyalarni qurish bo'yicha qo'shma 
loyihalarni amalga oshirishga kirishildi. O'zbekiston — Qozog'iston — Kirg'iziston iqtisodiy 
hamkorligi qo'shma loyihasi ochiq va muntazam ravishda aniq g'oyalar bilan to'lib bormoqda. 
1995 yilning dekabrida Jambul uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda integratsiya jarayonlarining 
borishini tartibga soladigan umumiy Markaziy Osiyo organlarini — jumladan, Bosh vazirlar 
kengashi, kabi — barpo etish to'g'risida qat'iy kelishib olindi. SHuningdek Qozog'iston, Qirg'iziston 
va O'zbekiston BMTning zahira kuchlari sifatida umumiy tinchlikni saqlovchi batal’onni to'zish 
to'g'risidagi bitimga imzo chekdilar. Jambul uchrashuvi Markaziy Osiyodagi uch Respublikaning 
davlatlararo munosabatlari hamjihatligini yanada kuchaytirdi. 
Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy, madaniy- ma'naviy aloqalar 
qanchalik chuqur va tez mustaqkamlansa mazkur mamlakatlarda islohotlar shunchalik tez amalga 
oshadi, halqlarimizning farovon yashashiga keng imkoniyatlar ochiladi. Markaziy Osiyo 
Respublikalari yaxlit energetika, transport, irrigatsiya tarmokugari, suv va gaz ta'minoti tizimidan 
birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega. SHuningdeq ular mineral xom-ashyo resurslarini va qishloq 
xo'jaligi maxsulotini qayta ishlash sohasida mintaqaviy kooperatsiyani yo'lga qo'yishdan, Orol 
bo'yidagi ekologiya faloqati oqibatlarini bartaraf etish, Orol dengizini qutqarish kabi tadbirlarni 
birgalikda amalga oshirishdan manfaatlidirlar. 
Markaziy Osiyo Respublikalari behisob tabiiy boylikka ega. Biz bu boylikni birgalikda 
o'zlashtirishimiz, iqtisodiy, ma'naviy va insoniy salohiyatlarimizni yanayam jipslashtirish yo'lidan 
borishimiz maqsadga muvofikdir. «Eng awalo, iqtisodiy mustakilligimizni ta'minlaydigan 
sanoatning butun negizini rivojlantirish, boy xom-ashyo, moddiy resurslarimiz asosida tayyor 
maxsulot olishga qaratilgan yuksak texnologik loyihalarni, kishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirish — mamlakatlarimiz oldida turgan muxim vazifadir»
7.
 
Markaziy O rta Osiyo mustaqil davlatlarining samarali hamkorligi chegaradosh mamlakatlar, 
awalo musulmon SHarqi mamlakatlari — Turkiya, eron, Pokiston, Saudiya Arabistoni va boshqalar 
bilan o'zaro munosabatlarini chuqurlashtirishga qulay zamin yaratilmoqda. 
Ashgabat uchrashuvida Markaziy Osiyo Respublikalari bilan eron, Pokiston, Turkiya davlatlari 
Transosiyo temir yo'l magistralini birgalikda qurish to'g'risida axdlashib oldilar. Bu loyihani amalga 
oshirish O'zbekistonning jahon okeaniga, xalqaro savdo markazlariga chiqish yo'lini ochadi, tashqi 
iqtisodiy faoliyat yo'nalnshlarini tanlashda harakat erkinligini ancha oshiradi. 
O'zbekiston Mustaqil Davlatlar Xamdo'stligi doirasida Rossiya, Ukraina, Belarus’, Moldova va 
boshqa mamlakatlar bilan, jumladan Boltikbo'yi Respublikalari bilan ikki tomonlama tashqi siyosiy, 
savdo iqtisodiy, fan va texnika sohalariga oid shartnomalar va bitimlarni imzoladi va ularni izchil 
ravishda bajarib kelmoqda. 
MDX mamlakatlari bilan iqtisodiy munosabatlarning tarkibi va shakli tubdan o'zgarib 
bormoqda. Mustaqil Davlatlar Hamdo' stligidagi ko'pgina mamlakatlar bilan savdo to'lov sohasida 
O'zbekiston ijobiy sal’doga egadir. 
O'zbekiston MDXdagi davlatlar, awalo Rossiya bilan o'zaro manfaatli siyosatni izchil amalga 
oshirmoqda. O'zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o'rtasida do'stlik va hamkorlik 
to'g'risidagi shartnomaning tuzilganligi siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi munosabatlami 
yanada rivojlantirishda kudratli omil bo'lib xizmat qiladi, har ikkala mustaqil davlat xalqlarining tub 
manfaatlariga mos keladi. 
Jahon xo'jaligiga ko'shilishda tabiiy moddiy qadriyatlarimizning vositachilik 
roli Jahon hamjamiyatiga qo'shilishda milliy va umuminsoniy qadriyatlrimnzni bir- biriga 
yaqinlashtirishda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish katta o'rin tutadi. Birinchi Prezidentimiz 
ta'kidlaganidek, biz turli mamlakatlar iqtisodiyotini o'ziga xos taraqqiyotini katta diqqat e'tibor bilan 
o'rganamiz, jahon amaliyoti va jahon taraqqiyotida to'plangan eng yaxshi tajribalarni o'zimizda 
qo'Hanishni or bilmaymiz, aksincha, bunday yo'nalishni har jihatdan rag'batlantiramiz». 
SHu ma'noda, o'zimiz tanlagan yo'lning eng awaldayoq AQSH, YAponiya, Buyuk Britaniya, 
Germaniya, Frantsiya kabi iqtisodiy jihtdan rivoj topgan mamlakatlar tajribasiga murojaat etganmiz, 
boshqa davlatlar tajribasini ham o'zlashtirganimiz bejiz emas. 
Ayni shu mamlakatlar tajribasidan foydalanib biz davlatchiligimiz qaddini tikiash va iqtisodiy 


65 
islohotlami amalga oshirish imkonini beradigan yo'lni topdik. 
Biz bundan keyin ham xorijiy mamlakatlarda davlatchilik siyosat va iqtisodiyot sohalarida ro'y 
berayotgan yangi ijobiy o'zgarishlarni qunt bilan o'rganamiz va bundan o'zimizga kerakli xulosalar 
chiqaramiz. 
Respublikamizda yangi muassasalami barpo etish borasida xorijiy sarmoyalami jalb etish 
uchun zarur bo'lgan tashkilot va muassasalar tuzish bo'yicha bir qancha tadbirlar amalga oshirildi. 
SHuningdek, xorijiy sarmoyalar uchun imtiyozli soliq joriy etilgan. 
O'zbekiston investitsiyalarni o'zaro ximoya qilish to'g'risida Germaniya, Turkiya, Misr, 
Indoneziya, Malayziya, Pokiston, Finlandiya, Korey a, AQSH, Frantsiya bilan bitimlar imzoladi, 
boshqa bir qancha mamlakatlar bilan ham shunday bitimlar to' zishga hozirlik ко' rilmoqda. 
O'zbekiston 
xukumati 
Kanada, 
Xitoy 
Xalq 
Respublikasi, 
Turkiya, 
Gollandiya, 
SHvetsariyaning banklari va firmalar bilan 1,5 milliard AQSH dollariga yaqin summada 
hukumatlararo 40 tadan ortiq yirik kredit bitimlari tuzildi va hozir bu bitimlarga amal qilinmokda. 
1994 yildan boshlab respublikaga 640 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kreditlari 
berish to'g'risida xalqaro moliya muassasalari va xorijiy sarmoyadorlar bilan tuzilgan bitimlar amal 
qila boshladi, shundan salkam 300 million dollar aniq ob'ektlami kreditlashga rasmiylashtirildi. 
CHunonchi, Toshkentda Xalqaro savdo ko'rgazma kompleksi, Xorazm viloyatnda shakar zavodi 
qurila boshladi. Amerikaning «N'yumont Mayning» kompaniyasi bilan birgalikda qurilayotgan oltin 
qazib oladigan qo'shma korxona inshootlari faoliyat ko'rsatmoqda. 
Xorijiy hamkorlik ishtiroki bilan Respublikamizda «O'zdeuavto» va «O'zdeuelektroniks» 
(Koreya Respublikasi), «O'zitalmotor» (Italiya), «O'zBAT» (Buyuk Britaniya) xissadorlik 
birlashmalari, Xorazm xissadorlik ishlab chiqarish birlashmasi (Germaniyaning «Mersedes Bens» 
firmasi bilan birgalikda), to'qimachilik korxonalari va boshqa qo'shma ishlab chiqarish inshootlarini 
barpo etishga oid loyihalar amalga oshirila boshladi. Germaniya va Koreya Respublikalarining 
firmalari ishtirokida respublikaning telefon tarmog'ini zamonaviy usulda yangilashga kirishildi. 
YUqorida aytilgan ishlarning hammasi mamlakatimizimizda ochiq iqtisodiyotni vujudga 
keltirib, jahon iqtisodiy hamkorligiga qo'shilishda katta ahamiyat kasb etishi shak-shubhasizdir. 
Biz belgilab olgan va o'tkazayotgan islohotlar yo'li etakchi xalqaro iqtisodiy va moliyaviy 
tashkilotlar, jahon jamoatchiligi, jahondagi iqtisodiy rivojlangan eng yirik mamlakatlar tomonidan 
keng qo'llab quwatlanmoqda. Bu tanlagan yo'limiz to'g'riligiga bozor munosabatlariga o'tishning 
o'ziga xos modelini amalga oshirishimizdagi muvaffaqiyatga ishonch uyg'otmoqda» 
O'zbekiston Konstitutsiyasida mamlakatimiz xalqaro munosabatlarning mustaqil sub'ekti 
tarzida tashqi siyosatni o'z manfaatlarini ko'zlab belgilashi, xalqaro tashkilotlarga, yalpi xavfsizlik 
tizimlariga, davlatlararo tuzilmalarga kirish huquqiga ega ekanligi mustahkamlab quyilgan. SHunga 
amal qilib, hozirgi vaqtda O'zbekiston Respublikasi ko'p tomonlama xalqaro iqtisodiy hamkorlik 
tashkilotlari faoliyatiga qatnashmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotning iqtisodiy muassasalari, 
Jahon banki, Xalqaro Valyuta Fondi, (XVF) Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga 
ko'maklashuvchi tashkilot, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti kabi va 
boshqa obro'-e'tiborli xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga azo bo'lib kirdi ham da u, faol 
siyosat o'tkaza boshladi. 
O'z navbatida, ko'pgina halqaro tashkilotlar — BMT, XVF, Jahon banki, Evropa tiklanish va 
taraqqiyot banki, Evropa Ittifoqi Komissiyasi va boshqa tashkilotlar respublikamizda o'zlarining 
mintaqaviy vakolatxonalarini ochdi va o'zbekistonlik sheriklar faol hamkorlik qilmokda. 
Masalan, Halqaro Valyuta Fondi mutaxassislari ishtirokida O'zbekiston iqtisodiyotini chuqur 
isloh qilish maqsadida muntazam o'zgarishlar dasturi ishlab chiqildi va uni amalga oshirish uchun 74 
million AQSH dollari miqdorida dastlabki mablaq ajratildi. 
SHuningdek, Jahon banki bilan birgalikda O'zbekistonga milliy valyutamizni mustahkamlash, 
tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish va to'lov balansi qo'llab- quwatlash, iqtisodiyotning tarkibini 
o'zgartirish va korxonalar darajasida islohotlami amalga oshirish, davlat tasarrufidan chiqarilgan 
korxonalarni va yangi vujudga kelgan nodavlat tuzilmalami xususiylashtirishdan keyingi davrda 
qo'llab-quwatlash hamda ularga ko'maklashish uchun 160 million AQSH dollari miqdorida tiklanish 
qarzi berish to'g'risidagi masala puxta ishlab chiqildi va bitim imzolandi. 
XVF Jahon banki, Xadqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida ishlab chiqilgan respublikada 
kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga ko'maklashuvchi bir qancha loyihalar, shuningdek 


66 
iqtisodiyotning eng manfaatli sohalaridagi loyihalami moliyaviy jihatdan ta'miniash dasturi amalga 
oshirilmokda. Bularning hammasi O'zbekistonning jahon iqtisodiyoti tizimiga qo'shilishiga iqtisodiy 
zamin yaratmoqda. 
Jumxuriyatimizga xorijiy sarmoyalarni keng jalb etish uchun jamiyatimizda maqbul xukuqiy 
va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratib qo'yilgan. Hoziming o'zidayoq xorijiy kapital ishtirokida 
avtomobil, rangli metallar, neft’ maxsulotlari ishlab chiqarish bo'yicha yirik korxonalar bunyod 
qilinmoqda, kommunikatsiya va aloqa tizimlari qayta kurilmoqda, yangidan barpo etilmoqda. «Bu 
mablag'lar iqtisodiyotimiz tuzilmasida ijobiy o'zgarishlar yuz berishiga ko'maklashadi. erishilgan 
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, iqtisodiy islohotlaming muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani hamda 
respublikamizning kelajagini yuksak baholagan xorijiy sarmoyalar va sarmoya ajratadigan davlatlar 
hoziming o'zidayoq iqtisodiyotimizga har yili taxminan bir yarim milliard dollardan ortiq sarmoya 
sarflash istagini bildirishmoqda. 
Tashqi aloqalarni kengaytirish maqsadida tashqi iqtisodiy aloqalarni isloh qilish, boshqarish 
tizmini o'zgartirish, tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy negizlarini barpo qilish sohalarida ham 
katta ishlar amalga oshirildi. Natijada 2006 yilda xorijiy mamlakatlarga maxsulot eksporti ко'pay di, 
ularning anchagina qismi Turkiya, Bel’giya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Gollandiya, Pol’sha, 
Koreya Respublikasi, Indeneziya, Malayziya kabi mamlakatlarga yuborilmokda. Respublikamizda 
xorijiy sannoyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar tobora ko'paymokda hozirgi vaqtda 
ularning soni 1450 tadan oshdi, nuqul xorijiy sarmoya bilan ishlovchi korxonalar 110 taga etdi. 1995 
yilning boshida O'zbekistonda dunyoning 25 mamlakatiga qarashli xorijiy firma, bank va 
kompaniyalarining 116 ta vakolatxonasi ishlab turibdi. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 
dunyoning |30 | yirik bankida vakillik hisobini ochgan. 
Ma'lumki, 1991 yili dekabrida Markaziy Osiyo davlatlarining Aslig'abat uchrashuvida 
Tajan—Saraxs temir yo'lini birgalikda qurish xaqida qapop qabul ilingan edi. Ana shu qaror asosida 
o'zbekistonlik yo'lsozlar ham bu muxim qurilishga o'zlarining munosib xissalarini qo'shdilar. 1996 
yili mayida mazkur Jm| |o'l| isliga tushdi, Turkmaniston va eron temir yo'l (uzunligi 300 km,) Saraxs 
sliahrida bir-biri bilan tutashdi. MDH mamlakatlari, Markaziy Osiyo respublikalari temir yo'l 
vositasida Fors ko'rfazi bilan bog'landilar. Ayni paytda Trans Osiyo— Pekin—Stambul yo'nalislii 
paydo bo'ldi. U Urumchi, Do'stlik Almati, Toshkent, CHorjo'y, Saraxs, Mashxad va Tehron 
shaharlaridan o'tadi.
YAngi yo'lning ochilishi eng awalo Markaziy Osiyo Respublikalari uchun muxim ahamiyatga 
ega. Bu mamlakatlarda kechayotgan iqtisodiy islohotlar bozor munosabatlarining shakllanishi keng 
savdo aloqalarini taqozo etadi. Dastlabki paytda yiliga bir million tonna yukni o'tkazadigan xalqaro 
Saraxs stantsiyasi keyinchalik 5 million tonna yukni jo'natish imkoniyatiga ega bo'ladi. 
SHuningdek Mashhad—Saraxs—Tajan yo'lining ochilishi tantanalari bo'lib o'tgan 
uchrashuvlarda O'zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Gruziya o'rtasida temir уо' 1 faoliyatini 
muvofiqlashtirish haqida shartnoma hamda tranzit yuk tashishni tartibga solish sohasida hamkorlik 
bo'yicha bitim imzolandi. endilikda O'zbekistan Qora dengiz portlari orqali xorijiy savdo miqyosiii 
yanada kengaytirish imkoniyatiga ega bo'lmoqda. 
1996 yil 14 may kuni Ashg abat sliahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a zo davlatlar 
boshliqlarining IV-chi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ma'lumki, eKO, Turkiya, eron va Pokiston tomonidan 
1985 yilda ta'sis etilgan. Undan maqsad mintaqa davlatlari o'rtasida o'zaro hamkorlikni yanada 
kengaytirish, iqtisodiy aloqalar sohasidagi qiyinchiliklami bartaraf etish, birinchi navbatda, yo'llar 
barpo etish edi. 1992 yilda bu tashkilotga boshqa Markaziy Osiyo davlatlari qatori O'zbekiston ham a 
zo bo'ldi. 
EKO 1995 yilda mintaqa davlatlari o'rtasida transport aloqasini rivojlantirish o n yilligini e'lon 
qilgan edi. Ana shu reja asosida eKO a zo mamlakatlarni bir-biri bilan bog'laydigan o'nlab yo'llar 
loyixalashtirilmoqda. O'zbekiston bu loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etadi. Natijada 
O'zbekiston Afg'oniston va Pokiston hududidan o'tadigan yaqin yo'l orqali ochsh dengizga chiqish va 
savdo-sotiq qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. 
1996 yilning iyun’ oyida Latviya Respublikasi bilan imzolangan bitimga binoan O'zbekiston 
o'z yuklarini Boltiq dengizi orqali Evropa mamlakatlariga chiqarish imkoniyatlarini qo'lga kiritdi. 
Birinchi Prezidentimizning Gruziya, Ozarbayjon, Ruminiyaga qilgan tashrifi jarayonida imzolangan 
hujjatlar ham O'zbekiston iqtisodiyoti jahon hamjamiyatiga qo'shilishida muhil bo'lib xizmat qilishi 


67 
shak- shubhasizdir. 
1996 yilning 20—23 iyunida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentimizi Italiyaga 
tashrif buyurib, Evropa bilan O'zbekiston Respublikasi o'rtasidagi sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi 
bitimga imzo chekdi. 
Evropa hamjamiyati komissiyasi Birinchi Prezidentimizi Jak Santer mazkur bitimni imzolash 
marosimida so'zlagan nutqida, bitim Markaziy Osiyoda muxim barqarorlikni qo'llab-quwatlashga 
qaratilgan birgalikdagi harakatlaming yangi miqyoslarini belgilab berishi, siyosiy muloqatlar, har 
tomonlama fikr almashishlarni faollashtirishga imkon yaratishi, bugungi kunda ancha past darajada 
turgan savdoni rivojlantirish va sarmoya xajmini oshirish uchun maqbul huquqiy asosni barpo etishi 
xususida to'xtalib, ta'kidlagan ediki, «bitim iqtisodiyotning turli sohalaridagi aloqalarimizni 
rivojlantirishga ko'maklashadigan hamkorlik uchun keng istiqbollar ochib beradi. Bu biz uchun 
hamkorligimizni kengaytirish va uning turli-tuman shakllarini topish borasida birgalikda amalga 
oshiradigan ishlarimizning muhim yo'nalishi hisoblanadi». 
O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga, uniig iqtisodiy xo'jaliklariga qo'shilishida Birinchi 
Prezidentimiz I.Karimovning 1996 yil 23—28 iyunida AQSHga qilgan amaliy tashrifi, AQSH 
Birinchi Prezidentimizi Bill Klinton bilan uchrashuvi, AQSHning ishbilarmonlari, kompaniya va 
firmalari bilan tuzgan shartnomalar katta ahamiyatga egadir. 
Bugungi kunda mamlakatimizda 200 ga yaqin AQSH kompaniya va firmalari faoliyat 
ko'rsatayapti. Ular orasida «Kargil interprayzes», «Interkonsepts», «Baytmal injinering», «Aig 
trayding grupp», «FMS korporeyshn», «Ji ey Vi», «Proktr end gembl», «Agrotek», «N’yumont 
mayning» kabi firma va kompaniyalar bor. 
Tashrif chorida AQSH ishbilarmonlari bilan bir qancha xujjatlar imzolandi. Jumladan, 
«O'zbekneft’ gaz» milliy korporatsiyasi, OPIK «Inron oyl end gaz kompani» o'rtasida Buxoro 
viloyatida gaz konlarini o'zlashtirish bo'yicha sug'urta kafolatlari xaqida imzolangan protokol 
Amerika xususiy sarmoyalarni qo'llab- quwatlash korporatsiyasining bu maqsadlar uchun 400 
million dollar ajratishini ko'zdatutadi. «O'zbekneftgaz», OPIK va «Teksako» kompaniyasi o'rtasida 
imzolangan xujjat esa Farg'onada moylash materiallari ishlab chiqaruvchi qo'shma korxona tuzish, 
uni sug' urtalash xususidadir. 
AQSH savdo va taraqqiyot agentligi (ASTA) direktori Jozef Grandmeyson O'zbekiston Tashqi 
iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida birgalikda 
aviatexnika ishlab chiqarish loyihasining texnik iqtisodiy asoslarini tayyorlash uchun 1 million dollar 
grant beg'araz mablag' ajratish xaqidagi xujjatga hamda ASTA bilan O'zbekiston Tashqi iqtisodiy 
aloqalar vazirligi o'rtasida o'zaro foydali sarmoya imkoniyatlari xaqidagi anglashmalar 
memorandumiga imzo chekdi. 
SHuningdek «Keys» kompaniyasi bilan O'zbekiston banklari assotsiyasi o'rtasida 
«O'zkeysagrolizing» qishloq xo'jaligi korxonalariga lizing xizmati ko'rsatish bo'yicha qo'shma 
korxona tuzish xaqidagi protokol, O'zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki bilan «Bank of 
Amerika» o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi memorandum ham imzolandi. 
Tennissi shtati gubernatori bilan uchrashuv chog'ida O'zbekiston, Amerika texnika instituti va 
janubiy shtatlar energetika kengashi o'rtasida anglashmalar protokoli imzolandi. Bu xujjat 
O'zbekiston davlat avtomobillarini siqilgan gazda ishlashga moslashtiradigan «Gazmotors» qo'shma 
korxonasini, mamlakatimiz hududida 400 ga yaqn gaz quyish stantsiyalari tarmog'ini yaratadigan 
«Gazkompressor» qo'shma korxonasini tuzishni ko'zda tutadi. Mana shu ikki loyiha bo'yicha 
O'zbekiston iqtisodiyotiga 102 million dollar sarmoya kiritilishi rejalashtirilgan. Bu o'z navbatida 
mamlakatimizda energetika resurslaridan oqilona foydalanishga, atrof-muxit tozaligini ta'minlashga 
imkon yaratadi. 
X’yustonlik ishbilarmonlar bilan «O'zbekneftgaz» milliy korporatsiyasi va «Teksako» 
kompaniyasi o'rtasida qo'shma korxona ta'sis etish haqidagi shartnoma, shuningdek 
«O'zbekneft’gaz» bilan «Inron oyl end gaz» korporatsiyasi o'rtasida gaz konlarini qidirib topish va 
qazib olish bo'yicha qo'shma korxona tuzish shartlari xaqidagi shartnoma imzolandi. 
O'zbekiston geologiya va mineral resurslar davlat qo'mitasi bilan «N’yumont mayning» 
korporatsiyasi o'rtasida mamlakatimiz sharqida oltin konlarini qidirish va tadqiq etish bo'yicha 
qo'shma korxona tashkil etish xaqidagi hamda O'zbekiston geologiya va mineral resurslar davlat 
qo'mitasi «N’yumont mayning» korporatsiyasi va «Mitsui» korporatsiyasi o'rtasida «Qizilol masoy» 


68 
va «Kuchbuloq» konlarini birgalikda qazish to'g'risidagi bitim imzolandi. 
SHuni g'ypyp bilan aytish mumkinki, jumxuriyatimizda (izchil ravishda) islohotlarni 
bosqichma-bosqich amalga oshirishda erishilgan dastlabki muvaffaqiyatlar mamlakatimiz bilan 
jahondagi turli davlatlar, jumladan Amerika Qo'shma SHtatlari o'rtasidagi munosabatlarning yanada 
rivojlanishida muxim omil bo'lib xizmat qilmoqda. 
YUqorida aytilganlardan yaqqol ko'rinib turibdiki, davlatimizning boy tabiiy, iqtisodiy 
qadriyatlari jahon hamjamiyatiga qo'shilishining muxim vositasidir. Tabiiy boyliklarimizni avaylab 
asrash, ulardan oqilona foydalanish — milliy istiqlolimiz va istiqbolimizning iqtisodiy asosini tashkil 
etadi.Iqtisodiyot va siyosatning o'zaro aloqadorligi 
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlaming muxim xususiyati iqtisodiyotning 
mafkuradan batamom holi ravishda rivojlanishidir. «Iqtisodiyot,— deb yozadi I.A.Karimov, — 
siyosatdan ustun turmog'i, uning ichki mazmunini tashkil qilmog'i lozim. Aynan iqtisodiyot, uni 
yanada rivojlantirish muammolari hozirgi siyosatimizning asosiy mazmunidir» 
Mazkur tamoyil ikdisodiyotni tubdan isloh qilishning nazariy asosi sifatida bejiz e'tirof 
qilingani yuq. Ma'lumki, eski ma'muriy buyruqbozlik tuzumi xukmronlik qilib turgan vaqtlarda, 
KPSS mafkurasining bevosita ta'siri ostida jamiyatimizda «siyosat iqtisodiyotga nisbatan ustivor rol’ 
o'ynaydi, chunki uning mavjudligi, rivojlanishini istiqboli siyosiy xokimiyat tomonidan belgilanadi», 
degan soxta g'oya keng ildiz otib kelgan edi. Natijada jamiyatda vujud a kelgan barcha iqtisodiy 
muammolar, ularning katta kichikligidan qat'iy nazar, KPSS MKning siyosiy byurosi, s'ezd va 
plenumlar tomonidan berilgan ko'rsatmalarga muvofiq xal qilinardi. Iqtisodiy taraqqiyotning ob'ektiv 
qonunlarini nazar pisand qilmasdan, faqatgina siyosiy ehtiyojlar, qiziqishlardan kelib chiqib qabul 
qilingan KPSS xukjatlariga muvofiq xalqimiz milliy daromadining salmoqli qismi chet-ellardagi 
siyosiy partiyalar, milliy harakatlar, sotsialistik mamlakatlarga baynalmilal yordam sifatida ajratilib 
berilardi. Natijada qanchadan qancha mablag'larimiz shamoldek ko'kka uchib ketardi. 
Ichki siyosat yuritishda ham mana shunday axvol ko'zga tashlanardi. Ishlab chiqarish 
kuchlarining joylashishi, ularning rivojlanishi, xom-ashyolar bilan ta'minlanishi, ishlab chiqilgan 
mahsulotlarni qasrda, kim va qancha iste'mol qilishi, ularning narx-navolari ham siyosiy ko'rsatmalar 
asosida qat'iy ravishda belgilab qo'yilardi. Xo'jalik ishlarini mana shunday usulda olib borish 
iqtisodiy jihatdan foydalimi yoki zararlimi—buning siyosat yurituvchi raxbarlar uchun ahamiyati 
yuq edi. 
Iqtisodiyot qonunlari bilan xisoblashmay yurgizilgan siyosat oqibatida ijtimoiy ziddiyatlarni 
keskinlashtirib jamiyatda iqtisodiy va siyosiy inqiroz vujudga keldi. 
Mana shunday axvol sobiq SSSRning barcha respublikalarida sodir bo'lganidek bizning 
jumxuriyatimizni ham chetlab o'tmadi. Jamiyatimiz iqtisodiyoti bir tomonlama rivojlanib, 
respublikamiz asosan xom-ashyo etkazib beradigan o'lkaga aylanib qolgani hammamizga ma lum, 
eng achinarlisi shundaki, zaxmatkash halqimizning mehnat va ko'p mashaqqatlar bilan etishtirilgan 
xom-ashyolari Rossiya va boshqa respublikalarga arzon narx bilan olib ketilardi, u erda qayta ishlov 
berilib tayyor iste'mol mollari ishlab chiqilardi va ularning muayyan qismi qimmatbahoda 
Respublikamizga sotilardi. Bunga paxta xom-ashyosidan Rossiya, Boltiqbuyi Respublikalarida qayta 
ishlab chiqilgan kiyim-kechak paxta yog i, shrot va boshqa iste'mol mollari misol bo'la oladi. 
Xuddi shuningdek, qishloq xo'jaligining boshqa mahsulotlari, jumladan, poliz va sabzavot, 
uzum, mevalar ham arzon narxda markazning ko'rsatmasi bilan Moskva, Sibir’ va boshqa joylarga 
olib ketilardi. Mahalliy aholining mazkur maxsulotlarga bo'lgan ehtiyojlari zsa Vengriya, Bolgariya 
va boshqa chet-mamlakatlardan olib kelingan konservalar, vino, meva hisobidan qondirilardi. 
Respublikada chiqariladigan gaz, qimmatbaxo qazilmalar, uran rudalari ham Rossiyaga 
xom-ashyo tarzida olib ketilardi. O'z navbatida Respublikamizning issiqlik energiyasi, yokilg'i va 
boshqa narsalarga bo'lgan ehtiyojlari Sibir’ va boshqa joylardan qimmatbahoda keltirilgan ko'mir 
hisobidan ta'minlanardi. Respublikamiz xom-ashyosi talon-toroj qilinib, ishlab chiqarilgan tayyor 
mahsulotlar hisobidan olingan sof daromad boshqalaming hamyoniga tushardi. 
Mazkur iste'mol mollarini respublikamizning o'zida ishlab chiqsa bo'lardi, bunga barcha 
imkoniyatlar mavjud edi. Zero, mamlakatimizimiz boy xom ashyoga ega, malakali va zahmatkash 
ishchilarimiz bor. Nega shunday qilinmadi? Gap shundaki, markazdagi siyosatchilarni O'zbekiston 
xalqining faro von yashashi qiziktirmas edi, ular jamiyatimiz iqtisodiyotini o'z qo'lida jilovlab, 
o'lkamizning boyligidan istagancha foydalanib, xalqimizni batamom markazga qaram qilib 


69 
qo'yishdan manfaatdor edi. Bunga xukmron siyosiy tuzum va siyosatchilar astoydil xizmat qilib 
kelishdi. 
Istiqlol sharofati bilan bunday adolatsizlikka chek qo'yildi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
jamiyatimiz bundan buyon siyosat va siyosatchilarning ikdisodiyotga qo'pol ravishda aralashishiga 
yo'l qo'ymaydi. «Ichki iqtisodiy strategiya, - deydi I.Karimov, - har qanday siyosiy mafkura ta'siridan 
butunlay holi bulishi kerak. O'tgan yillar iqtisodiyoti o'ta siyosiylashtirib yuborilgan edi. Iqtisodiy 
maqbullikdan siyosiy kon’yunkuraviy manfaatlarning ustun kelishi sobiq Ittifoq xalq xo'jaligini 
parokandalik yoqasiga, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlaming jiddiy buzilishiga, ishlab chiqarishniig 
texnika jihatdan qoloqligiga olib keldi. Iqtisodiyot faqat unga xos bo'lgan ichki qonuniyatlar asosida 
rivojlanmogi darkor. Bizning vazifamiz ularni yaxshi tushunib etishdan va o'z xalqimiz manfaatlari 
yo'lida moxirona qo'llashdan iboratdir» 
Nafaqat siyosat, balki davlatning ham xo'jalik faoliyatiga bevosita aralashuvidan voz kechish 
— bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotning xususiyatidir. Buni biz qancha tez anglab etsak 
islohotlar shuncha tez amalga oshadi. 
Zamonaviy iqtisodiyot ishlarini yuritish buyruqbozlik bilan o'z xukmini o'tkazish, tazyiq qilish 
kabi usullarga tamomila ziddir. Iqtisodiyot o'z ichki konuniyatlariga ega, ana shu qonuniyatlarni 
chuqur bilib olib, o'z xatti- harakatlarimizni shularga mos ravishda qilsakkina oldimizga qo'ygan 
maqsadlarga erishishimiz mumkin. Aks holda iqtisodiyot sohasida ijobiy o'zgarishlaming yuzaga 
kelishi amrimaholdir. 
Bozor iqtisodiyotiga xos qonuniyatlarni o'rganishda iqtisodiy o'quvni ta'sis etish, marketing, 
audit, bank moliya ishlarini yuritish muammolariga bag'ishlangan har xil seminarlar, simpozium, 
kengashlar o'tkazish muvofiqdir. Keyingi yillarda mana shu masalalarga Respublikamiz raxbariyati 
katta ahamiyat beryapti. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda mazkur yo'nalish 
bo'yicha turli xil ishlar qilinib, mulk egalarining iqtisodiy saviyalari kundan kunga ortib bormoqda. 
By esa o'z navbatida iqtisodiyo timizning yuksalishiga ijobiy hissa qo'shmoqda. 
Iqtisodiyot bilan siyosatning aloqadorligi ustida gap ketganda shuni esdan chiqarmaslik 
kerakki, siyosat qo'pqirrali tushuncha bo'lib, u iqtisodiyot bilan bevosi ta va bilvosita bog'langan 
bo'ladi. Iqtisodiyot bilan bevosita bog'langan siyosatning ichki mazmuni to'la to'kis iqtisodiyot 
talablari, ehtiyojlari, qonuniyatlari bilan belgilanadi. Respublikamizda shiddat bilan ro'y berayotgan 
iqtisodiy islohotlar, ko'p ukladli iqtisodiyotga o'tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarib uni xaqikiy 
egalari qo'liga berishni tezlashtirish, tadbirkorlik uchun keng yo'l ochib berish, kichik va o'rta 
korxonalami rivojlantirish, ularga imkoniyat va imtiyozlar yaratib berish, kichik texnologiyani joriy 
etish, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, uning sifati hamda raqobatbardoshligini jahon 
bozori talablari darajasiga etkazish maksadida iqtisodiyotda tarkibiy strukturaviy o'zgarishlami 
amalga oshirish, qishloqda tub isloxotlar o'tkazish, qishlok xo'jaligini taraqqiy qildirish, qishloq 
xo'jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish, shu bilan 
bir qatorda milliy valyutani mustaqkamlash, uning joriy to'la almashadigan bo'lishiga erishish, bank 
moliya, kredit tizimlarini takomillashtirish, ularni jahon talablar darajasiga ko'tarish, to'lovlami 
tartibga solish, ustuvor tarmoqlami tezkorlik bilan rivojlantirish, import xajmlarini kamaytirish va 
eksportga mo'ljallangan ishlab chiqarishni rivojlantirish kabilar hozirgi kunda xukumatimiz iqtisodiy 
siyosatining asosiy yo'nalishlarini tashkil etadi. 
Bundan yaqqol ko'rinib turibdiki, iqtisodiyot siyosatning mazmunini belgilaydi va unga 
nisbatan ustuvor turadi. Mana shu ma'noda iqtisodiyot mafkuradan batamom holi bo'lishi kerak 
degan g'oyaning hozirgi kunda keng ildiz otgani bejiz emas. Lekin siyosat iqtisodiyot bilan 
chegaralanib qolmaydi, u davlat, siyosiy partiyalar, siyosiy tashkilotlarning ko'pqirrali faoliyatining 
majmui, yigindisidan iborat bo'lgan xatti- harakatdir. SHunday ekan, siyosat iqtisodiyotga oid 
masalalar bilan cheklanmaydi. Masalan, inson huquqi va erkinliklarini ximoya qilish, jamiyatda 
demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, milliy va millatlararo munosabatlarni takomillashtirish, 
ta'lim-tarbiya masalalari, milliy merosimiz, tariximiz, urf-odat va an'analarimizni, ma'naviyat va 
xaloliylikni tikiash, o'zbek tilining davlat tili maqomini izchil va tulik ruyobga chiqarish, Respublika 
xududida yashovchi barcha xalqlarning madaniyati va tillarini hurmatlash, xurfikrlik vijdon va din 
erkinligi qoidalarini qaror toptirish, ijtimoiy adolatni ta'miniash, onalik va bolalikni muxofaza qilish, 
yangi demokratik ta'lim kontseptsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, ijodning barcha turlarini 
rivojlantirish, fuqarolar tinchligi va huquq tartibotini qaror toptirish qabilar davlatimizning ijtimoiy, 


70 
ma'naviy soxadagi ichki siyosatini tashkil etadi. 
SHuningdek o'zining milliy davlat manfaatlarini har tomonlama hisobga olish, xalqaro 
maydonda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, mojarolami tinch yo'l bilan xal etish, yadroviy 
qurol mintaqa bo'lib qolish, tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik inson huquqlari 
to'g'risidagi, birinchi bo'lib xujum qilmaslik xaqidagi, nizoli masalalarni xal etishda kuch ishlatishdan 
voz kechish to'g'risidagi hujjatlarni tan olish va ularga rioya qilish, Respublikaning tashqi siyosatini 
teng xuquku va fuqaro manfaatdorlik boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik barcha 
tinchliksevar davlatlar bilan keng tashqi aloqalami o'matish, xalqaro huquq me'yorlari ustuvorligini 
tan olish kabilar esa — O'zbekistonning tashqi siyosatini amalga oshirishda asosiy negiz qilib 
olingan. 
Demak, mafkura va uning shakli bo'lmish siyosat jamiyatning ustqurmasi sifatida bazis — 
iqtisodiyot bilan ham bevosita, ham bilvosita bog'langandir. 
Jamiyatimizning iqtisodiy taraqqiyotiga tegishli muammolar siyosat bilan bevosita bog'liq 
bo'Isa, uning boshqa sohalariga (ijtimoiy, ma'naviy va xokazolar) oid bo'lgan siyosat iqtisodiyot bilan 
bilvosita bog'liqdir. Iqtisodiyotni mafkuradan batamom holi qilish kerak degan g'oya, iqtisodietga 
bevosita taalluqli bo'lgan siyosatgagina daxllidir. Iqtisodiyotdan boshqa sohalarga tegishli bo'lgan 
siyosat mafkuraning ifodasi sifatida nisbiy mustaqillikka ega. SHuning uchun ham uni bevosita 
iqtisodiyotga bog'lab tavsiflash noto'g'ridir. Aks holda iqtisodiy determenizmga, ya'ni ijtimoiy 
hodisalarning asosini birdan bir iqtisodiyot tashkil etadi, deb jamiyat taraqqiyotini bir tomonlama 
tushuntirishga olib keladigan xatolarga yo'l ochilishi hech gap emas. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin